Ijtimoiy siyosat



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

“Ijtimoiy munosabatlar 
– guruhlar va jamoalar o‗rtasidagi 
uyg‗unlashuv munosabati (sinfiy, milliy, jamoaviy). Jamiyatda turli 
mavqega ega kishilar guruhlari o‗rtasidagi munosabat, unda barchaning 
birdek qatnashmasligi, ya‘ni
iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy hayotda, 
turmush tarzi, daromadlarining darajasi va manbalari, shaxsiy iste‘mol 
tuzilishini turli tarkibga egaligi, o‗zaro hamkorlik yoki nizo tavsifini 
olishi mumkin (mazkur guruhlarning manfaatlari mos kelishi yoki 
to‗qnashishi asosida). Ijtimoiy munosabatlar tavsifi va ular tizimidagi 
insonning o‗rni, ijtimoiy ong shakllanadigan va qayta shakllanadigan 
tamoyillar (tasavvurlar, bilimlar)ga bog‗liq. Shunday tamoyil sifatida 
zamonaviy jamiyatlarda «Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi» 


99 
qabul qilinadi, bunda insonning huquqi jamiyat uchun ajralmas va 
muqaddas deb tan olinadi‖. 
Ma‘lumki, xodimlarga o‗n besh ish kunidan kam bo‗lmagan muddat 
bilan yillik mehnat ta‘tili beriladi. Yillik mehnat ta‘tili birinchi ish yili 
uchun olti oy ishlagandan keyin beriladi. Ish yili mehnat shartnomasiga 
binoan ish boshlangan kundan e‘tiboran hisoblanadi.
Mehnat ta‘tili quyidagi xodimlarga ularning xohishi bo‗yicha olti oy 
o‗tmasdan oldin beriladi: 
- ayollarga homiladorlik va tug‗ish ta‘tili oldindan yoki undan keyin; 
- I va II guruh nogironlariga; 
- o‗n sakkiz yoshga to‗lmagan shaxslarga; 
- muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‗shatilgan va ishga 
joylashgan harbiy xizmatchilarga. 
Aholini ijtimoiy himoya qilishda ijtimoiy yordamning quyidagi 
turlari bilan ta‘minlanadi: 
- nafaqalar; 
- imtiyozlar, kafolatlar, afzalliklar; 
- ijtimoiy xizmatlar; 
- bir yo‗la (nomuntazam) beriladigan moddiy yordam. 
Quyidagilar ijtimoiy himoya ob‘ektlari hisoblanadi: 
- nafaqa yoshiga yetganlar; 
- nogironlar; 
- boquvchisini yo‗qotgan bolalar; 
- kam ta‘minlangan oilalar bolalari; 
- ishsizlar; 
- homilador ayollar va yosh bolalarga qarash bilan band bo‗lgan 
ishlamayotgan ayollar; 
- kasallik tufayli vaqtincha ishlamayotganlar; 
- o‗quvchi yoshlar; 
- mehnatga layoqatsizlarga qarash bilan band bo‗lgan ishlamayotgan 
mehnatga layoqatli fuqarolar. 
Pensionerlar – bular pensiya yoshiga yetganligi yoki nogironlik 
oqibatida mehnat qobiliyatini yo‗qotgan shaxslar, jumladan, 
boquvchisini yo‗qotgan bolalar (etimlar)dir. Shaxslarni ushbu qatlamini 
ijtimoiy himoyalash pensiya tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Ishsizlar – bular turli sabablar tufayli ishini yo‗qotgan va ishga 
joylashishi ishtiyoqi bo‗lgan 16 yoshdan boshlab to pensiya yoshigacha 
mehnat qobiliyatiga ega shaxslardir. Bunday shaxslarni ijtimoiy 
himoyalash ishsizlik bo‗yicha nafaqalar tizimi orqali amalga oshiriladi. 


100 
Kam ta‘minlangan oilalarning bolalari — bular oilani har bir 
a‘zosining umumiy daromadi rasmiy belgilangan tirikchilik qilish uchun 
zarur miqdordan kam bo‗lgan oilalardagi mehnat qilish yoshiga 
yetmagan bolalardir. Ularni ijtimoiy himoyalash nafaqa tizimi orqali 
amalga oshiriladi. 
Homilador ayollar – bular farzand tarbiyasi bilan band bo‗lgan 
tug‗ruq ta‘tilidagi ayollardir. Davlat aholining mazkur toifasini ijtimoiy 
himoyaga olgan va ularning farzandlari 2 yoshga yetgunga qadar 
nafaqalar bilan ta‘minlanadi. 
Inson – jinsi, yoshi, millati, e‘tiqodi va ijtimoiy kelib chiqishidan 
qat‘i nazar, har bir kishi uzoq va munosib umr kechirishi – ta‘lim olish, 
yaxshi kasb-hunar egallash, o‗z mehnati bilan o‗zining va yaqinlarining 
turmush farovonligini ta‘minlash, oilali va bola chaqali bo‗lishni orzu 
qiladi.
Ushbu tamoyildan kelib chiqqan holda, taraqqiyot va farovonlikka 
intilayotgan davlatning vazifasi har bir fuqarosiga to‗laqonli faoliyat 
yuritish uchun munosib shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. 
Sanab o‗tilgan qoida va tamoyillar O‗zbekiston Respublikasida 
ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik jamiyat 
qurishning o‗ziga xos modelida o‗zining ifodasini topgan. Bozor 
iqtisodiyotiga o‗tishning tamoyili etib inson farovonligi yo‗lida kuchli 
ijtimoiy yo‗naltirilgan siyosat yuritish, bunda aholini tarkibiy 
o‗zgarishlar tufayli ro‗y berishi mumkin bo‗lgan yo‗qotishlardan ijtimoiy 
himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Har tomonlama puxta o‗ylangan va tarixiy an‘analarimiz, 
xalqimizning o‗ziga xos dunyoqarashi, demografik rivojlanish 
jarayonlarini e‘tiborga olgan holda tanlangan ijtimoiy yo‗naltirilgan 
bozor 
iqtisodiyotiga 
ega 
demokratik 
jamiyat 
qurish 
modeli 
O‗zbekistonga kamroq ijtimoiy-iqtisodiy yo‗qotishlar evaziga bozor 
iqtisodiyotiga o‗tish davri qiyinchiliklarini yengish, makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta‘minlash asosida aholi turmush darajasini oshirish va 
turmush sifatini yaxshilash imkonini beradi. 
Ijtimoiy siyosatning aholini ijtimoiy ta‘minlash va davlat ijtimoiy 
kafolatlari kabi ustuvor yo‗nalishlarini farqlash mumkin. Ijtimoiy 
ta‘minot pensiya ta‘minoti, nafaqalar bilan ta‘minlash, aholining ayrim 
tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va 
ijtimoiy xizmat ko‗rsatishni o‗z ichiga oladi. Ikkinchi yo‗nalish esa 
jamiyatning bir me‘yorda rivojlanishi, sog‗liqni saqlash, ta‘lim, 


101 
madaniyat va sog‗lomlashtirish, jumladan, bilim olish, kasb tanlash, turar 
joyga ega bo‗lish kabi huquqlarini ta‘minlash bilan bog‗liq. 
Ijtimoiy ta‘minot davlat ijtimoiy sug‗urtasi, respublika byudjeti 
mablag‗lari, mahalliy byudjetlar mablag‗lari, xayriya tashkilotlari, 
jamoat tashkilotlari kabi tashkiliy-huquqiy shakllarda xususiy shaxslar 
faoliyati bilan bog‗liq holda rivojlandi. 
Mehnatkashlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini bir vaqt-ning o‗zida 
amal qiladigan va bir-birini to‗ldiruvchi to‗rtta quyidagi tizimga ajratish 
mumkin: davlat ijtimoiy ta‘minoti, davlat ijtimoiy sug‗urtasi, jamoa 
ijtimoiy sug‗urtasi va shaxsiy sug‗urta. 
Davlat ijtimoiy ta‘minoti aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj 
qatlamlariga pulli nafaqalar vositasida ko‗rsatiladigan yordamdir. 
Soliqlar va boshqa byudjet tushumlari hisobiga moliyalashtiriladigan 
ushbu yordam ularga belgilangan minimal turmush darajasini 
kafolatlaydi. 
Davlat ijtimoiy sug‗urtasi zarur turmush darajasini kafolatlaydi. U 
majburiy bo‗lib, ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug‗urta badallari, 
davlat tomonidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalashtiriladi. 
Jamoa sug‗urtasi yetarli turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy 
yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin, bunda ish beruvchilar 
va mehnatkashlarning sug‗urta badallari to‗lov manbalari bo‗lib xizmat 
qiladi. 
Shaxsiy sug‗urta farovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi, u 
ixtiyoriy ravishda, fuqarolarning sug‗urta badallari hisobiga amalga 
oshiriladi. 
Birinchi ikki quyi tizimning ish tamoyili – birdamlik, uchinchisiniki 
subsidiyalash, to‗rtinchi, ya‘ni shaxsiy sug‗urtaniki esa mutanosiblik 
tamoyilidir. Birdamlik tamoyili yordamni muhtojlik darajasiga qarab
fuqaro to‗lagan soliqlar va sug‗urta badallari miqdorini hisobga 
olmasdan taqsimlanishini ko‗zda tutadi. Subsidiyalash tamoyilida esa 
muhtojlik darajasiga qarab, ammo badallar miqdori va mos ravishda 
to‗lovlar miqdorini hisobga olgan holda yordam ko‗rsatiladi. 
Mutanosiblik tamoyili to‗langan sug‗urta badallariga proporsional 
miqdorda yordam ko‗rsatishni ko‗zda tutadi. 
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari ijtimoiy himoya qilishni 
quyidagi tamoyillari ham qo‗llaniladi: 
- umumiylik; 
- ochiqlik; 
- ko‗ptomonlamalik; 


102 
- ta‘minot turlarining xilma-xilligi; 
- muvofiqlik (ya‘ni ijtimoiy yordam miqdorini iqtisodiy taraqqiyot 
darajasiga mosligi). 
Davlat ijtimoiy ta‘minoti va sug‗urtasining quyidagi turlari mavjud: 
- davlat ijtimoiy sug‗urtasi bo‗yicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy 
nafaqalar; 
- davlat pensiya ta‘minoti; 
- qariyalar uylarida keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash 
va ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish; 
- nogironlarni protez-ortopedik buyumlar va harakatlanish vositalari 
bilan ta‘minlash; 
- bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga 
qarash va tarbiyalash; 
- nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish; 
- aholini sanatoriya-kurortlar va dori-darmonlar bilan ta‘minlash; 
- uylarda ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar 
ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik 
jamiyat barpo etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni 
amalga oshirish orqali ta‘minlash mumkin. Amaliyot tahlillari 
ko‗rsatishicha, har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy 
masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‗liq. Ijtimoiy masalalar 
mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga 
faol ta‘sir etadi. Shuning uchun ham har qanday jamiyatning ijtimoiy 
islohotlarni davomli amalga oshirib borishi hayotiy ehtiyojdir. Bozor 
islohotlari muayyan ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi va ushbu 
holat bir ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o‗tishda namoyon 
bo‗ladi. 
Mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiyotning erkinlashtirilishi 
pul muomalasi barqarorligini ta‘minlash, iste‘mol narxlarining keskin 
o‗sishiga barham berish, aholini ijtimoiy himoyalash va qo‗llab-
quvvatlashga qaratilgan choralarni aniq belgilash, jumladan, kishilar 
uchun shakllangan turmush tarzining buzilishi, ijtimoiy fe‘l-atvor, 
boqimandalik kayfiyatining o‗zgarishi kabi ijtimoiy muammolar ko‗lami 
yuzaga keladi. 
Ijtimoiy sohani isloh qilish quyidagilarga qaratiladi: 
- ijtimoiy ziddiyatlar keskinligini kamaytirish; 

odamlarning 
yangi 
turmush 
sharoitlariga 
moslashishini 
osonlashtirish; 


103 
- davlat byudjetdan tashqari maqsadli ijtimoiy iste‘mol fondlarini 
tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir a‘zosi foydalanishini 
kafolatlaydigan qonunlar qabul qilish; 
- davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‗urta fondini tashkil etish; 
- ko‗rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlar uchun davlat 
tomonidan beriladigan imtiyozlar; 
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan mahsulotlar va xizmatlar 
narxlaridagi farqlarni byudjet hisobidan qoplash; 
- ijtimoiy sohaning yetakchi tarmoqlari (ta‘lim, sog‗liqni saqlash, 
jismoniy tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasini qo‗llab-
quvvatlash va mustahkamlash; 
- mehnat jamoasi tomonidan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish 
tizimini takomillashtirishga doir shart-sharoitlar yaratish. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish