10.
Spinxemlend qonuni qachon va qayerda qabul qilingan?
a)
1795-yilda Angliyada;
b)
1832-yilda Angliyada;
c)
1834-yilda Germaniyada;
d)
1834-yilda Angliyada.
79
IV bob. IJTIMOIY SIYOSATNI TARTIBGA SOLISH
DASTAKLARI
4.1. Ijtimoiy ta‘minot tizimini boshqarish va nazorat qilishni isloh
etish.
4.2. Ijtimoiy ta‘minot tizimi faoliyatida hisobot berish mexanizmi.
4.3. Farovonlik davlati va ijtimoiy xizmatlar iste‘molchilari
o‗rtasidagi nisbat
4.4. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda markaziy va mahalliy
boshqaruv organlarining tutgan o‗rni.
4.5. Ijtimoiy siyosatning milliy modeli va jahon amaliyoti
4.6. Xalqaro tashkilotlar va global islohotlar.
4.1.
Ijtimoiy ta‟minot tizimini boshqarish va nazorat
qilishni isloh etish
Davlatning ko‗p sonli funksiyalarining tarkibiy qismlaridan biri
ijtimoiy siyosat funksiyasidir. Ijtimoiy siyosat deganda, aholining
barqaror va yuqori turmush darajasini ta‘minlash uchun davlat
tomonidan
amalga
oshiriladigan
chora-tadbirlarning
yig‗indisi
tushuniladi. Amaliyot ko‗rsatishicha, davlatning ijtimoiy siyosati
mamlakat rivojlanishining turli bosqichlarida o‗ziga xos xususiyatlarga
ega bo‗lgan va shu siyosatning natijalari ham turlicha bo‗ladi. Ijtimoiy
siyosatning umumiy xususiyatlari bilan birgalikda uning ustuvor
yo‗nalishlarini ajratishimiz mumkin:
1. Moddiy va ma‘naviy boyliklarni taqsimlanishida jamiyatda
ijtimoiy adolat tamoyili ta‘minlanishi zarur.
2. Oqilona demografik siyosat natijasida mehnat resurslaridan
ratsional foydalanish mumkin bo‗lsin.
3. Jamiyatning ratsional (samarali) ijtimoiy tarkibini tuzishda
davlatning ijtimoiy yo‗nalishining vazifasi turli manbalar orqali
aholining daromadlarini shakllantirish hisoblanadi.
Aholi daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi:
ish haqi;
byudjetdan tashqari maqsadli iste‘mol fondlari;
shaxsiy mulk daromadlari;
korxonalar daromadlari.
Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi o‗zaro bog‗liq va biri
ikkinchisini taqozo etadi. Bir tomondan iqtisodiyotda ijtimoiy
mumamolarni hal etishga asos solinsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy
80
omillar barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlashda muhim rol
o‗ynaydi. Ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarning o‗zaro bog‗liqligi pirovard
natijada jamiyat rivojlanishining bosh maqsadi aholi turmush darajasi,
farovonligining o‗sishi va sifatining yaxshilanishiga olib keladi.
Ijtimoiy ta‘minot tizimini boshqarish va nazorat qilish ijtimoiy
farovonlik davlatlarida muhim ahamiiyatga ega. Bozor munosabatlari
rivojlangan sari mamlakatlar hukumati tejamkor, samarali ijtimoiy
ta‘minot tizimini yaratishga harakat qilib, asosiy e‘tiborni ijtimoiy
ta‘minot xizmatlarini ko‗rsatish mexanizmini transformatsiyalashga va
ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish sifatini yaxshilashga harakat qiladi.
XX asrda Buyuk Britaniyada ijtimoiy ta‘minot tizimini ishlab
chiqishda, moddiy ne‘matlar va ijtimoiy xizmatlarni taqsimlashda davlat
tomonidan oqilona boshqarish tamoyillarining kasbiy boshqaruv
shakllari (shifokorlar, o‗qituvchilar, ijtimoiy xizmatchilar) bilan uzviy
bog‗liqlikda amalga oshirilgan. XX asrning oxirida ijtimoiy ta‘minotni
tartibga solishning Buyuk Britaniya modeli quyidagi omillar ta‘sirida
qator muammolarga uchradi: ijtimoiy ta‘minot xizmatlari xarajatlarining
ortib borishi; ko‗rsatilayotgan ijtimoiy xizmat samaradorligining pastligi;
malakali kadrlarning yetishmasligi; ijtimoiy ta‘minot tizimidagi
hisobotlarning shaffofligi va aniqligining yetishmasligi.
XXI asr bo‗sag‗asida Buyuk Britaniyada ijtimoiy ta‘minotni
boshqarish sohasida davlat ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish tizimida isloh
etish ustuvorlik qilganligini kuzatish mumkin. Ijtimoiy ta‘minotni
boshqarishdagi islohotlar ijtimoiy xizmatlarni tejamli va samarali
ko‗rsatish tizimini shakllantirishga qaratilgan. Islohotlarda ustuvorlik
bozor mexanizmlarini joriy etish (konkurslar asosida xizmatlar
ko‗rsatish, iste‘molchilar, ijtimoiy ta‘minot xizmatlarini ko‗rsatuvchilar
o‗rtasida sog‗lom raqobat muhitini shakllantirish)ga yo‗naltirilgan.
Ushbu tadbirlar ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, mijozlar
ehtiyoji o‗zgarishiga moslashishi va ushbu sohada innovatsiyalarni joriy
etishni kuchayishiga olib kelishi ko‗zda tutilgan. Ijtimoiy ta‘minot
sohasini isloh etish borasida qo‗llanilgan chora-tadbirlar natijasida amal
qilayotgan ijtimoiy ta‘minot tizimiga o‗zgartirishlar kiritish va yangi
tizimni amaliyotga joriy etish bilan bog‗liq xarajatlar jiddiy
tortishuvlarga sabab bo‗ldi.
Ijtimoiy ta‘minot tizimi boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan
islohot
doirasidagi
chora-tadbirlarni
amalga
oshirishda
qator
qiyinchiliklarga duch keldi. Ijtimoiy ta‘minot xizmatlari faol va mustaqil
fuqarolarga ko‗maklashishi, ushbu xizmatlardan foydalanuvchilar uchun
81
tanlash va nazorat huquqini ta‘minlashi, resurslarni adolatli taqsimlashi,
byudjet cheklovlari sharoitida xarajatlarni qisqartirishi lozim.
Jahon amaliyoti ko‗rsatishicha ijtimoy ta‘minotni boshqarishning
ustuvor yo‗nalishlari siyosiy, milliy yoki mahalliy darajada belgilab
olinadi. Ko‗pchilik hollarda bir nechta ustuvor yo‗nalishlar bir-birlari
bilan to‗qnash kelishadi. Bunday hollarda ijtimoiy ta‘minotni boshqarish
cheklangan resurslar va o‗sib, o‗zgarib borayotgan talab sharoitida bir-
biriga qarama-qarshi ustuvor yo‗nalishlardan birini tanlashni taqozo
etadilar. Xayriya tashkilotlari odatda ―kam xarajatlar sarflab ko‗proq
xizmat ko‗rsatish lozim‖ degan qoida bilan ish ko‗rishadi. Bu esa
resurslarni tejash va ko‗rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish
imkonini beradi.
Buyuk Britaniyada faoliyat yuritayotgan xayriya tashkilotlari
ijtimoiy ta‘minotni boshqarish sohasida quyidagi tanlash (mijoz tanlash),
talab va resurslarni boshqarish, mijozlar tomonidan qo‗yiladigan
talablarning o‗zgarishi bilan bog‗liq muammolarga duch kelishdi.
XXI asrda rivojlangan ijtimoiy ta‘minot tizimlarini boshqarish
sohasidagi ―muvafaqqiyat‖ga odatda: maxsus maktablar, kasalxonalar,
universitetlar bilan bog‗liq sohada erishadilar. Ushbu holat ijtimoiy
ta‘minot tashkilotlari o‗rtasida raqobat muhitini yaratdi va har bir
tashkilotning o‗z faoliyatini yaxshilash, resurslarini boshqarish va
mavqeini
raqobatchilar
hisobidan
oshirishni
rag‗batlantirishga
ko‗maklashdi.
Ushbu model raqobat afzalliklarini aniqlashga undaydi. Ijtimoiy
ta‘minot tashkilotlari o‗z mijozlarining afzallik jihatlaridan (jumladan
maktabga imtihon topshirayotganda yaxshi natija ko‗rsata oladigan
o‗quvchilar yoki ularning ota-onalarini tanlab olish) foydalanishga
intilishdi. Ular qimmatga tushadigan, xavf-xatarli va murakkab (og‗ir
vaznli, narkotiklar, sog‗lig‗i bilan bog‗liq muammolarga ega)
mijozlardan qochishga harakat qilishdi.
XXI asr boshlarida ijtimoiy ta‘minot tizimini boshqarishda quyidagi
yo‗nalishlar ustuvor bo‗lib qolishi kutilmoqda. Birinchidan, ijtimoiy
farovonlikni ta‘minlashda insonlarning mustaqil bo‗lishga harakat
qilishlari, davlat tomonidan ko‗rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarga tayanib
qolmaslikka intilishlarining kuchayishi. Ushbu holat 2008 yilda
boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida davlat
tomonidan bozorning iqtisodiy mexanizmi dastaklari yordamida ijtimoiy
ta‘minotga bog‗liqlik darajasini pasaytirishga yo‗naltirilgan siyosatida
o‗z ifodasini topdi. Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida asosiy
82
e‘tibor muayyan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari guruhlariga
sarflanayotgan davlat xarajatlarini pasaytirishga qaratilgan bo‗lib,
ularning yangi ish joylarini yaratish orqali mustaqil ravishda iqtisodiy
faoliyatga jalb etish hisoblanadi.
Ikkinchidan, ijtimoiy ta‘minot tizimini institutsional jihatdan nazorat
qilish miqyosini kamaytirish davlat nazorat tizimidan tashqarida yangi
institutlarning shakllanishiga olib keladi. Ushbu holat ta‘lim va sog‗liqni
saqlash tizimidagi islohotlarning dolzarbligini belgilab beradi. Shu bilan
birgalikda ushbu sohadagi ijtimoiy xizmatlar institutsional nazoratdan
chetda qolishi mumkin, degan xavf mavjud. Kishilar davlat ta‘lim
tizimidan tashqarida, davlat mablag‗lari hisobidan yangi maktablar yoki
sog‗liqni saqlash sohasida umumiy vrachlik amaliyotini tashkil etishi
mumkin. Bunday imkoniyatlarning mavjudligi ta‘lim yoki sog‗liqni
saqlash tizimlarini isloh etish g‗oyasini puchga chiqarishi, xayriya
tashkilotlarining keyinchalik yanada bo‗linib ketishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |