239
chiqib moliyaviy qoplash huquqiga ega bo‗ladi. Ekvivalentlik qoidasidan
tashqari sug‗urta tamoyili birdamlik va qayta taqsimlanish elementlarini
o‗z tarkibiga oladi. Shaxsiy (xususiy) va ijtimoiy sug‗urta o‗rtasidagi
farqlar sug‗urtalash tamoyili harakatiga ma‘lum o‗zgarishlar kiritadi.
Shaxsiy sug‗urtalashda sug‗urta badallari har bir sug‗urtalangan kishiga
riskni kirib kelish ehtimoli bilan bog‗liq holda hisoblanadi, sug‗urta
to‗lovlari esa individual ekvivalentlik tamoyiliga muvofiq sug‗urta
badallari hajmiga bog‗liq bo‗ladi. Ijtimoiy sug‗urtalash asosida
individual sug‗urtalashning modifikatsiyalashgan tamoyili yotadi, ya‘ni
ijtimoiy sug‗urta badallari har bir sug‗urtalanuvchi (yoshi yoki oilaviy
holatiga bog‗liq emas) risk ehtimolidan kelib chiqib hisoblanmaydi.
Ijtimoiy sug‗urta shaxsiy sug‗urtadan farqli ravishda avval to‗langan
badallar bilan bevosita bog‗liq emas. Ijtimoiy sug‗urtaning ijtimoiy
ahamiyatga egaligi ijtimoiy himoya tizimida
majburiy ishtirokni taqozo
etadi. Ijtimoiy sug‗urtaning muhim farqli jihati birdamlik kafolati orqali
moliya jihatdan kam ta‘minlangan aholi foydasiga qayta taqsimlaydi.
Ijtimoiy sug‗urtani moliyalashtirish ish beruvchilar va ishchilar badallari
bilan birgalikda davlatning dotatsiyalari yoki kreditlari hisobidan amalga
oshiriladi. Ijtimoiy sug‗urtalash tamoyili Germaniya, Fransiya, Italiya,
Avstriya ijtimoiy himoya tizimida uch tomonlama, ishchilar, ish
beruvchilar va davlat (Germaniya, Avstriya) yoki ustun darajada ish
beruvchilar va davlat hisobidan (Fransiya, Italiya) moliyalashtiriladi.
2.
Ta‘minlash ta‘moyili. Ta‘minlash tamoyilida
ijtimoiy xizmatlar
davlat xizmatchilari va urush qurbonlari asosida byudjetni soliq
tushumlari hisobidan moliyalashtiradi. Ushbu tamoyil asosida davlatning
ijtimoiy siyosat dasturlari, o‗rta va oliy ta‘lim tizimi moliyalashtiriladi.
Ushbu ijtimoiy xizmat oluvchilar odatda badallar to‗lamaydilar va ushbu
huquqni davlatga ko‗rsatgan alohida xizmatlari uchun oladilar (davlat
xizmatchilari).
Byudjet
mablag‗lari hisobidan
moliyalashtirish
iqtisodiyotning samaradorligi va byudjetning holatiga bevosita bog‗liq
bo‗lib, davlat moliyasiga qo‗shimcha yuk bo‗ladi hamda sug‗urtalash
tamoyilini qo‗llab bo‗lmaydigan risklarga nisbatan kafolat qo‗llanila
olmaydigan
holatlarda
foydalaniladi.
Ta‘minlash
tamoyili
unifikatsiyalashgan baza ijtimoiy xizmatlari mavjud bo‗lgan ijtimoiy
himoya tizimlarida yetakchi bo‗ladi va davlatning barcha fuqorolari
tomonidan foydalaniladi. Ushbu tizimlar Skandinaviya mamlakatlari va
Buyuk Britaniyada amal qiladi.
3.
Birgalikda amal qilish tamoyili.
Ushbu tamoyilga muvofiq
ijtimoiy xizmatdan kambag‗allik holatidan mustaqil chiqa olmaydigan
240
har bir muhtoj shaxs foydalanishi mumkin. Mazkur tamoyil ijtimoiy
ehtiyojni umumiy soliqlar hisobidan qondira olishni ko‗zda tutadi va
davlat byudjeti holatiga bog‗liq bo‗ladi. Ijtimoiy dasturlarni birgalikda
amal qilish xususiyati shundaki har bir benefitsiarni muhtojlik holatini
tekshirish zarur bo‗ladi.
Ijtimoiy davlatning markaziy elementi hisoblangan ijtimoiy himoya
tizimida har bir tamoyillarning ayrim tizimlarda tutgan o‗rni
turlicha
bo‗ladi. Jumladan, sug‗urta tamoyiliga bozorga yo‗naltirilgan liberal
bozor iqtisodiyoti hukmron bo‗lgan mamlakatlarda ko‗proq ustuvorlik
beriladi. Aksariyat Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida sug‗urta tamoyili
hukmron hisoblanadi. Shuningdek, ko‗plab Yevropa Ittifoqi
mamlakatlarida ijtimoiy himoya tizimi aralash
tamoyillarga asoslangan
holda faoliyat ko‗rsatadi.
4.
Ijtimoiy himoya tizimiining muhim tamoyillaridan biri ijtimoiy
birdamlik hisoblanadi va u ijtimoiy himoya tizimining barcha
qatnashchilari uchun o‗zaro yordamni ko‗zda tutadi. Ushbu tamoyilning
uch elementini farqlash lozim. Birinchi element ijtimoiy birdamlik bir xil
badallar to‗lagan holda turli risklarni birlashtirishni ko‗zda tutadi.
Ikkinchi element ijtimoiy birdamlik intertemporal qayta taqsimlash
modeli, ya‘ni ijtimoiy himoya tizimi qatnashchilari hisoblangan yosh
mehnatga layoqatli aholi qatlamidan mehnat qobiliyatiga ega bo‗lmagan
qariyalarga qayta taqsimlash uchun zarur bo‗lgan avlodlar shartnomasi
bilan bog‗liq. Uchinchi element uni interpersonal qayta taqsimlashning
asosi hisoblanadi.
Quyidagilar manzilli ijtimoiy himoyaning vazifalari hisoblanadi:
- jamiyatda adolatli aloqalar rivojlanishini qo‗llab-quvvatlash,
ijtimoiy himoya tizimini yaratish;
- farovon yashash tarzini oshirish;
- o‗ziga xos daromadlar siyosati olib borish.
Ijtimoiy himoyaning tamoyillari:
1.
Ijtimoiy sug‗urta
2.
Ijtimoiy ta‘minot
3.
Ijtimoiy birdamlik
4.
Ijtimoiy yordam
Aholining kam ta‘minlangan qismi
deyilganda eng kam zarur
bo‗lgan iste‘mol andozalariga ega bo‗lmagan jamiyat a‘zolari
tushuniladi. Kam ta‘minlanganlik daromadlarning kundalik hayot
kechirishning eng kam byudjetidan ortishi, biroq eng kam iste‘mol
byudjetiga yetmasligi holatini ifodalaydi.
241
Aholini ijtimoiy himoyalashning manzilligini kuchaytirishda
ushbu mamlakatda yashovchi aholini guruhlashtirish katta ahamiyat kasb
etadi. Ba‘zi toifadagi ishchilarning nisbatan past darajada ish haqi olishi,
oila qaramog‗ida kam daromadli yoki umuman daromad olmaydigan
qismining mavjudligi aholi alohida olingan guruhlarining kam
ta‘minlanganligini keltirib chiqaradi.
Kam ta‘minlangan aholi mavjudligi – o‗tkir ijtimoiy muammo
bo‗lib, hamma mamlakatlar uchun xosdir. Bu esa doimo davlat tarafidan
mazkur muammoga e‘tibor berilishini va jamiyat tomonidan zudlik bilan
chora-tadbirlar ko‗rilishini talab qiladi.
Iqtisodiy rivojlanishning yuqori
darajasiga erishish barcha
sivilizatsiyalashgan davlat oldida muhim vazifa sifatida aholining
ijtimoiy guruhlarini, jumladan, past darajadagi moddiy ta‘minlanganlarni
himoyalashni o‗z oldiga qo‗yadi.
Bunday aholi guruhlarining mavjudligi, bir tomondan ijtimoiy-
siyosiy ziddiyatlarga sabab bo‗lsa, boshqa tarafdan ushbu masalaga
doimo e‘tibor berish va faol g‗amxo‗rlik qilish insonparvar jamiyat
ekanligidan darak beradi.
196
Do'stlaringiz bilan baham: