Ijtimoiy siyosat


himoya qilishga o„tishning zaruriyati va mohiyati



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

himoya qilishga o„tishning zaruriyati va mohiyati. 
Ijtimoiy 
himoya 
iqtisodiy 
adabiyotda 
nisbatan 
yangi 
va 
mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‗tishi bilan bog‗liq holda 
vujudga kelgan tushuncha hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotda ijtimoiy 
himoya, ijtimoiy ta‘minot, ijtimoiy sug‗urta va ijtimoiy yordam 
tushunchalari o‗rtasida jiddiy farqlar yo‗q. Ijtimoiy himoya tushunchasi 
keng ma‘nodagi tushuncha bo‗lib, tarkibiga ijtimoiy ta‘minot bilan 
bog‗liq kafolatlar bilan bir qatorda yollanma ishchilarning ish 
beruvchilar bilan bo‗ladigan munosabatlariga aloqador huquqlarining 
kafolatini o‗z ichiga oladi.
Ijtimoiy himoya 

bu huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy kafolatlarning 
yaxlit tizimini tashkil etadi, mehnatga layoqatli fuqarolarga shaxsiy 
mehnat hissasi va tadbirkorligi hisobiga o‗z turmush farovonligini 
oshirish, aholining mehnatga layoqatli bo‗lmagan va muhtoj qismiga 
davlat tomonidan to‗g‗ridan-to‗g‗ri beriladigan moddiy yordamlar va 
boshqa to‗lovlarni o‗z ichiga oladi. 
Ijtimoiy himoya tizimi – bu velfer (ta‘minot) dasturlari tizimi 
bo‗lib, muhtoj aholining kambag‗allik darajasiga ko‗ra ta‘minlanadigan 
nafaqalardan iboratdir. AQShdagi ijtimoiy himoya tizimiga – muhtoj 
aholi guruhlariga davlat tomonidan uy-joy berilishi, oziq-ovqat 
mahsulotlariga talonlar, ijtimoiy nafaqalar, jumladan, Medikeyd va 
boshqa dasturlar kiradi. 
Ijtimoiy himoya tizimi deganda individ va turli ijtimoiy guruhlarni 
turli ijtimoiy risklardan himoya qilishga qaratilgan turli tashkilot va 
chora-tadbirlar yig‗indisi tushuniladi. Ijtimoiy risklar o‗z navbatida 
ob‘ektiv ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar tufayli vujudga keladigan va ayrim 


225 
shaxs ixtiyoriga bog‗liq bo‗lmagan risklardan iborat. Ijtimoiy himoya 
tizimi vaqtinchalik yoki uzoq muddatli mehnat qobiliyatini yo‗qotish, 
baxtsiz hodisa, qarilik, ishsizlik, kasalligi tufayli rejalashtirilmagan 
xarajatlar, boquvchisini yo‗qotish bilan bog‗liq xarajatlarni qamrab oladi. 
Ijtimoiy himoya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: a) tibbiy sug‗urta, 
b) qarilik va o‗limni sug‗urtalash; v) ishlab chiqarishdagi baxtsiz 
hodisalardan sug‗urtalash; g) ishsizlikni sug‗urtalash; d) nogironlikni 
sug‗urtalash. Keng ma‘nodagi ijtimoiy himoya tizimi tarkibiga minimal 
ijtimoiy ta‘minot (ijtimoiy yordam) va uy-joy, ta‘lim va oila siyosati 
doirasidagi ijtimoiy transfertlar kiradi.
Davlat ijtimoiy himoya tizimining ob‘ektiv zaruriyati quyidagi 
omillar bilan bog‗liq:

hozirgi zamon industrial jamiyatining o‗ziga xos xususiyatlaridan 
biri jamiyat a‘zolarining aksariyat qismi ishchilardan iborat; 

hozirgi nuklear oila hajmining kichkinaligi bilan bog‗liq bo‗lib, u 
aholini ijtimoiy risklardan himoya qila olmaydi; 

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi soni ko‗pligidan cherkov, masjid, 
kommunal, jamoat tashkilotlari ularni to‗la ijtimoiy himoya qila 
olmaydilar; 

aksariyat aholi uchun individual sug‗urtalash yo‗li bilan ijtimoiy 
risklarni yuqori sug‗urta badallari asosida pasaytirish mumkin; 

ishsizlik va inflyatsiya kabi risklarni xususiy ijtimoiy dasturlar 
qamrab ololmaganligi. Shuning uchun davlatning ijtimoiy dasturlari 
davriy tebranishlarga qarshi tura oladigan yagona vosita hisoblanadi;

ijtimoiy risklarni majburiy sug‗urtalashning yo‗qligi sug‗urta 
qilinmagan shaxslar uchun iqtisodiy xarajatlar qilishga majbur etadi.
Jahon amaliyotida, aholini ijtimoiy himoya qilishning ikki modeli 
farqlanadi: 

ijtimoiy-demokratik 
yo‗naltirilgan davlat – daromadlarni 
umumlashtirishda yuqori rol o‗ynaydigan va umummilliy ijtimoiy 
boshqarish mexanizmiga asoslangan; 

yangi liberal – davlatning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga 
aralashuvi kamroq bo‗lgan.
Tanlab olingan yondashuvlarga ko‗ra quyidagi ijtimoiy himoya 
tizimlari farqlanadi: 

ijtimoiy jihatdan muhtoj jamiyat a‘zolari to‗g‗risida bosh 
qotiradigan va ijtimoiy xayriyaga asoslangan davlat tizimi; 


226 

jamiyatning har bir a‘zosi o‗zi va oilasi taqdiri uchun o‗zi ishlab 
topgan daromadlari, tadbirkorlik faoliyatidan daromadlari, mulk 
daromadlari va shaxsiy jamg‗armalaridan foydalangan holda o‗zining 
javobgarligiga asoslangan xususiy tizim; 
Ijtimoiy himoyaning bosh sub‘ekti davlat hisoblanadi. Ijtimoiy 
himoyaga muhtoj inson bir vaqtning o‗zida ijtimoiy himoyaning ob‘ekti 
va sub‘ekti hisoblanadi.
Ijtimoiy himoyaning ob‘ektlari muayyan ijtimoiy tashkilot, idora, 
tizim (ta‘lim, sog‗liqni saqlash, bandlik, mehnat, madaniyat, sport 
sog‗lomlashtirish komplekslari) lardan iborat. 
Ijtimoiy himoyaning shakllari quyidagilardan iborat: 

qonunchilik tomonidan belgilangan ijtimoiy kafolatlar va ularni 
tayanch standartlar va dasturlar asosida qondirish; 

aholi daromadlari va xarajatlarini tartibga solish; 

ijtimoiy sug‗urta; 

ijtimoiy hamkorlik; 

ijtimoiy xizmatlar; 

maqsadli ijtimoiy dasturlar.
XX asrning 90-yillarida ma‘muriy boshqaruvga asoslangan iqtisodiy 
tizimdan bozor tizimiga o‗tish, mamlakatdagi murakkab makroiqtisodiy 
holat, aholini barcha qatlamini yoppasiga ijtimoiy ta‘minlashga 
asoslangan ijtimoiy himoya tizimidan manzilli himoya qilishga o‗tish 
zaruriyatini vujudga keltirdi.
Bozor munosabatlarining rivojlanish jarayonida mamlakatda amal 
qilayotgan ijtimoiy himoya tizimiga makroiqtisodiy holat va demografik 
jarayonlarning ta‘siri kuchaydi. Iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishning dastlabki bosqichida aholi turmush darajasining pasayishi 
ayrim aholi guruhlari daromadlarining keskin tabaqalashuviga olib 
keladi. Yuqoridagi sabablarga ko‗ra kam ta‘minlangan oilalar, 
pensionerlar, nogironlar va boshqa aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj 
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor 
yo‗nalishiga aylanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi 
quyidagi talablarga javob berishi kerak: 

maqsadli; 

mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga mos; 

samarali; 

manzilli; 


227 

yaxshi boshqariladigan; 

aks informatsion ta‘sir ko‗rsatuvchi; 

kutilgan maqsadga kam xarajatlar bilan erishish imkonining 
mavjudligi; 

adolatli; 

xalqning urf-odatlari, madaniyati va an‘analari hisobga olingan 
bo‗lishi kerak.
Bu boradagi ustuvor vazifalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
maqsadlari tomonidan bayon qilingan. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish