Ijtimoiy siyosat


 Jahon amaliyotida aholining ijtimoiy himoya qilish



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

8.2. Jahon amaliyotida aholining ijtimoiy himoya qilish 
mexanizmi manzilliligini kuchaytirish dastaklari 
O‗zbekistondagi mavjud qonunchilikka muvofiq aholining ijtimoiy 
jihatdan muhtoj toifalariga quyidagi shaxslar kiritiladi: 

o‗zgalarning parvarishiga muhtoj bo‗lgan yolg‗iz yashovchi 
keksalar; 

I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar; 

muomalaga layoqatsiz va muomalaga layoqati cheklangan 
fuqarolar; 

ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar; 

ota-ona qaramog‗idan mahrum bo‗lgan bolalar. 
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar 
ko‗rsatishni tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‗z ichiga oladi: 

ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash; 

ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarning turmush holatini 
baholash; 

ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish 
va amalga oshirish; 

ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturlari monitoringini 
tashkil qilish. 
Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslar quyidagi uslublar asosida 
aniqlanadi: 

uyma-uy yurish jarayonida; 

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan ma‘lumotlar 
asosida; 

ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxs mustaqil ravishda murojaat 
etganda amalga oshiriladi. 


228 
Jahonning turli mamlakatlarida aholining kam ta‘minlanganligini 
aniqlash ko‗rsatkichlari tizimi umumiy bo‗lib, har bir mamlakat o‗z 
amaliyotida erishgan turmush darajasi bilan bog‗liq ravishda aniq tanlash 
mezonlaridan foydalanish lozim. 
Jahon amaliyotida kambag‗allik chegarasini aniqlashning ikki uslubi 
mavjud: birinchidan tovar va xizmatlarning iste‘mol savati – shaxsning 
fiziologik va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishning minimal yashash 
darajasini kafolatlaydi. Ikkinchidan, mamlakatdagi o‗rtacha jon boshiga 
to‗g‗ri keladigan daromad ko‗rsatkichiga asosan aniqlanadi.
Birinchi uslub, kambag‗alllik tushunchasini absolyut kategoriya 
sifatida tushunishga asoslangan. Kambag‗allik darajasi yashashning 
minimal standartlarini qondirishni ta‘minlaydigan o‗zgarmas hayotiy 
ne‘matlarning hajmi bilan aniqlanadi. Ushbu ko‗rsatkich turli jins, yosh 
va hayotiy faoliyatga (mehnatning og‗iriligi va intensivligi) ega 
kishilarning asosiy fiziologik ehtiyojlarini ekspert baholash orqali 
hisoblanadi.
Ushbu uslub kambag‗allikni fiziologik minimumdan past darajadagi 
daromadga ega oilalarga qo‗shimcha to‗lovlarni to‗lash orqali yo‗qotish 
imkonini beradi. Ushbu vazifani hal etishning hayotiyligi yashash uchun 
zarur bo‗lgan minimal vositalar savatchasini to‗g‗ri hisoblashga bog‗liq 
bo‗ladi.
Ikkinchi yondashuv kambag‗allikni nisbiy kategoriya sifatida 
qaraydi va jamiyatda erishilgan o‗rtacha turmush darajasiga nisbatan 
kam daromadga ega bo‗lgan oilalarni kambag‗allar qatoriga kiritadi. Shu 
maqsadda daromad va iste‘moli turlicha bo‗lgan ijtimoiy qatlamlar va 
daromadlarga ega bo‗lgan oilalarning turmush darajasiga oid statistik 
ma‘lumotlar tahlil etiladi.
1990-yilda 
Umumjahon 
Bankining 
bir 
guruh 
mustaqil 
tadqiqotchilari va xodimlari jahondagi kambag‗al aholi sonini dunyoning 
kambag‗al mamlakatlarida qabul qilingan standartlar asosida hisoblashni 
taklif etdi. Ular jahonning eng kambag‗al mamlakatlaridagi milliy 
kambag‗allik darajasini o‗rganib, ularni xarid-to‗lov qobiliyati pariteti 
(HTQP) asosida milliy kurslaridan foydalanib, yagona valyutaga 
o‗tkazdilar. Valyuta kurslari HTQP asosida hisoblanishi ushbu 
miqdordagi tovar va xizmatlar bahosining jahonning barcha 
mamlakatlaridagi ekvivalentini aniqlash imkonini beradi. Iqtisodchi 
olimlar ushbu darajalarni yagona valyutaga aylantirib hisoblashlari 
jarayonida olti kambag‗al mamlakatlarda kambag‗allik darajasi jon 
boshiga bir kunda 1 AQSh dollariga teng ekanligi aniqlandi. Ushbu 


229 
ko‗rsatkich ilk bor hisoblangan xalqaro kambag‗allik darajasi 
ko‗rsatkichi sifatida qabul qilindi. 1993 yildan boshlab jahonda yashash 
qiymatidagi farqlar o‗sa borgan sari ushbu o‗zgartirishlarni hisobga 
olgan holda kambag‗allikning global darajasi muntazam yangilanib 
bormoqda. 
2005-yilda 15-milliy kambag‗allik darajalari asosida xalqaro 
kambag‗allik darajasi qayta ko‗rib chiqildi va xalqaro kambag‗allik 
darajasiga aniqlik kiritib jon boshiga bir kunda 1,25 AQSh dollar etib 
belgilandi. 
2016-yildan 
boshlab 
Umumjahon 
Banki 
turli 
mamlakatlardagi turmush qiymatidagi farqlarni hisobga olib xalqaro 
kambag‗allik chegaralarini bir kunga 1,9 AQSh dollar qilib belgiladi. 
Kambag‗allikni aniqlashning yangi chegarasi jahondagi kambag‗al 
mamlakatlardagi real to‗lov qobiliyati darajasini ifodalaydi. Umumjahon 
Banki hisob-kitoblariga ko‗ra, 2015-yilda dunyo aholisining 10 foizi 
kambag‗allik chegarasidan past darajada yashadi. Ushbu xalqaro 
tashkilot jahonda kambag‗allikni barqaror sur‘atlarda qisqartirish asosida 
2030-yilga borib rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror iqtisodiy 
o‗sishga erishish, ta‘lim va sog‗liqni saqlashga investitsiyalar 
yo‗naltirish, ijtimoiy sug‗urta dasturlari va ijtimoiy kafolatlar tizimini 
amalga oshirish orqali uni 15 yil ichida 3 foizga tushirishni 
rejalashtirmoqda. 
BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi aholini kambag‗al 
qatlamiga jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromad miqdori o‗rtacha 
mamlakat darajasini uchdan ikki qismini tashkil etadiganlarni kiritadi.
Har bir mamlakatda aholining kam ta‘minlangan qatlamini 
aniqlashning o‗ziga xos uslubi mavjuddir. Jumladan, AQSh, Buyuk 
Britaniya, Germaniya, Portugaliya kabi davlatlarda yashash minimumi 
40 foizdan 60 foizgacha bo‗lgan. Polsha va Vengriyada esa minimal 
pensiya miqdori, Bolgariyada esa minimal ish haqi miqdori yoki 
summasi kam ta‘minlanganlikni aniqlashda qo‗llaniladigan vositalardir. 
BMT yondashuviga ko‗ra, turmush darajasi konsepsiyasi o‗z 
tarkibiga quyidagi tushuncha va ko‗rsatkichlarni oladi: sog‗liqni saqlash; 
ta‘lim; bandlik va mehnat sharoitlari; uy-joy sharoiti; ijtimoiy ta‘minot; 
kiyim-kechak; dam olish va bo‗sh vaqt; inson huquqlari. Turmush sifati 
konsepsiyasi kishining jismoniy, aqliy yoki ijtimoiy farovonligini 
belgilovchi shart-sharoitlar majmuidan iborat. 
Kambag‗allikning absolyut chegarasini aniqlashda aholining moddiy 
jihatdan ta‘minlanganlik darajasiga ko‗ra to‗rt yiriklashgan guruhlari 
farqlanadi: 


230 
• kambag‗allar – jon boshiga to‗g‗ri keladigan yalpi daromad 
yashash minimumi byudjetining qiymatidan past bo‗lganlar; 
• kam ta‘minlanganlar – yalpi jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromadi 
yashash minimumi byudjeti qiymatiga teng bo‗lsa; 
• aholining ta‘minlangan qismi – jon boshiga to‗g‗ri keladigan yalpi 
daromadi mintaqada jon boshiga to‗g‗ri keladigan o‗rtacha daromadga 
teng bo‗lsa; 
• boy aholi – jon boshiga to‗g‗ri keladigan yalpi daromadi mintaqada 
jon boshiga to‗g‗ri keladigan o‗rtacha daromaddan ko‗p bo‗lsa. 
Aholining 
kam 
ta‘minlanganlik kategoriyasi indikatorlarini 
hisoblashda quyidagi ko‗rsatkichlardan foydalaniladi: 
• oila tarkibi; 
• daromadlar va ularni shakllanish manbalari; 
• sog‗liqni saqlash; 
• uy-joy sharoiti va maydon hajmi. 
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi aholining ijtimoiy jihatdan 
muhtoj toifalari (keksalar, nogironlar, ko‗p bolali oilalar va b.) turmush 
darajasini yaxshilashga va moddiy farovonligini oshirishga xizmat qilishi
zarur. Ijtimoiy himoya tizimi maqsadli, mamlakat iqtisodiy rivojlanish 
darajasiga mos, 
samarali-manzilli (yaxshi boshqariladigan aks 
informatsion ta‘sir ko‗rsatuvchi, qo‗yilgan maqsadga kam xarajatlar 
bilan erishishi, adolatli) va xalqning urf-odatlari, madaniyati va 
an‘analariga asoslangan bo‗lishi lozim. 
Ijtimoiy himoya qilish mexanizmini quyidagi uch toifaga 
ajratishimiz mumkin: 
1) yakka tartibdagi manzilli; 
2) hudud tamoyili va indikatorlari bo‗yicha manzilli; 
3) o‗zini-o‗zi manzilli himoya qilish. 
Ijtimoiy himoya qilish tizimining yakka tartibdagi manzilli turida 
asosan shaxs kambag‗allik chegarasidan oila daromadi tadbirkorlik 
faoliyati natijasida oshishi mumkinligi, ularning ovqatlanishi, uy-joy 
sharoitlari alohida tarzda ko‗rib chiqiladi. Hudud tamoyili va 
indikatorlari bo‗yicha manzilli ijtimoiy himoya deyilganda yakuniy 
jihatdan ushbu hudud, tuman, mahalliy hokimliklarning mazkur 
hududdagi o‗rtacha farovonlik darajasiga ko‗ra aniqlanadi.
Manzilli ijtimoiy himoya tarkibiga quyidagi xarajatlarni qo‗shimcha 
yuk sifatida qabul qiladi: 
-
ma‘muriy xarajat; 
-
motivatsiya xarajati. 


231 
Ma‘muriy xarajatlarda asosan manzilli ijtimoiy himoyani 
ta‘minlashda aholi tarkibidan kam ta‘minlanganlarini tanlashni, 
himoyalash choralarini amalga oshirish, jumladan, mahalliy xarajatlar, 
ya‘ni nafaqalarni tarqatish uchun qo‗shimcha xodimlarni jalb etish, zarur 
vositalarni qo‗llash xarajatlarini o‗z ichiga oladi. 
O‗zini-o‗zi manzilli ijtimoiy himoya qilishni ta‘minlash davlat 
tomonidan bandlikni ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlar orqali 
amalga oshiriladi. 
Motivatsiya xarajatlarida aholi ish vaqti va bo‗sh vaqt o‗rtasidagi 
tanlovda bo‗sh vaqtni tanlaydi va iloji boricha nafaqaga ilinishi uchun 
o‗z oylik maoshini kamroq qilib ko‗rsatadi va boqimandachilik 
kayfiyatini kuchaytiradi.
Siyosiy va iqtisodiy xarajatlarda davlat aralashuvi natijasida 
jamiyatda «yutganlar» va «yutqizganlar» mavjud bo‗ladi. Resurslar 
taqsimotida 
yutqazganlarga 
yutganlar 
tomonidan 
daromadlarni 
taqsimlanishi tushuniladi. Qat‘iy manzilli ijtimoiy himoya kam 
ta‘minlanganlar holatini yetarli darajada yaxshilanmasligini ko‗rsatadi.
Ijtimoiy himoya o‗z mazmuniga ko‗ra murakkab aloqadorlikni o‗z 
ichiga oladi va buni davlatni fuqarolarga nisbatan olib borayotgan xatti-
harakatida namoyon bo‗ladi.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy himoyani oddiy vazifasini aholini alohida 
guruhlariga ijtimoiy nafaqa to‗lash asosida ular daromadlarini saqlab 
qolish, ya‘ni nofaol shaklini namoyon qilmoqda. Murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy holat esa ijtimoiy himoya rolining o‗zgarishini taqozo etadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish birinchi navbatda barcha ijtimoiy siyosat 
konsepsiyasini qayta qurish, uni milliy daromadini pasaytiradigan 
omildan muvozanatlashtiruvchi va o‗sishini ta‘minlovchi omilga 
aylantirishni talab etadi.
Iqtisodchi-mutaxassislar fikricha, bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrini 
boshidan kechirayotgan kishilar quyidagi iqtisodiy qiyinchiliklarni ikki 
barobar kuchliroq his qilmoqdalar, jumladan:
1) har qanday o‗tish davri kishilarning ko‗pchiligida salbiy 
tomonga qarab o‗zgaruvchi, moddiy holatidagi beqarorlikni yuzaga 
keltiradi. Bu o‗tish davrining salbiy iqtisodiy asoratlarini o‗zida his 
qiluvchi aholi qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‗rsatadigan mutanosib 
tizim yaratishini talab etadi;
2) kishilar odatda ideal, ko‗nikmani shakllantirish va tafakkur 
tarziga doir o‗zgarishlarni ruhiy jihatdan og‗ir kechiradi. Iqtisodiy shart-
sharoitlar umumiy ijtimoiy munosabatlarga, kishilardagi yangi hayotiy 


232 
yo‗l-yo‗riqlarga bo‗lgan ruhiy tayyorgarlikka nisbatan tezroq 
yaxshilaniladi.
189
Bu boradagi ustuvor vazifalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish 
bo‗yicha o‗tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga 
muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo‗lgan davrda BMT Global kun 
tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish 
bo‗yicha tizimli ishlar rejasida o‗z aksini topgan. O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―2030-yilgacha bo‗lgan davrda 
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga 
oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorida aholini ijtimoiy himoya 
qilish tizimining manzilligini yanada kuchaytirish orqali 2030-yilgacha 
fuqarolarning o‗ta qashshoqlik shaklini bartaraf etish (1.1-vazifa), 2030- 
yilgacha kam ta‘minlangan erkaklar, xotin-qizlar va barcha yoshdagi 
bolalarning ulushini kam ta‘minlanishning barcha ko‗rinishlarida ikki 
barobarga qisqartirish (1.2-vazifa) kabi vazifalar belgilab olindi
190

Aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari 2017

2021-yillarda 
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi 
bo‗yicha Harakatlar strategiyasida 
“...
aholiga majburiy ijtimoiy 
kafolatlarni ta‘minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy 
himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat 
tomonidan 
qo‗llab-quvvatlashni 
kuchaytirish, 
ijtimoiy 
xizmat 
ko‗rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatishda davlat-
xususiy 
sherikligini 
rivojlantirish‖ 
vazifasi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarning ustuvor yo‗nalishlari sifatida belgilab qo‗yilganligini 
ta‘kidlab o‗tish joiz
191

XXI asr boshlariga kelib rivojlangan ijtimoiy himoya tizimlari 
ob‘ektiv sabablarga ko‗ra jamiyat himoyasiga ehtiyoj sezayotgan aholi 
guruhlariga nisbatan ijtimoiy adolat va manzillilik tamoyillari asosida 
qurila boshlandi. Bunda ―ijtimoiy manzillilik‖, tushunchasini ijtimoiy 
himoyaga muhtoj aholi guruhlarining real ehtiyojlarini e‘tiborga olish 
ma‘nosida tushunish zarur.
189
Oʻzbekiston: inson taraqqiyoti toʻg ʻrisida ma'ruza. - T., 1999.-B. 10. 
189
O ʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish 
sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2018-yil 20-oktyabr, 841-son 
Qarori. 
189
O ʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "O ʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo ʻyicha harakatlar 
strategiyasi toʻgʻrisida"gi 2017-yil 7-fevral, PF-4947-sonli Farmoni.


233 
Manzilli dasturlarning ijtimoiy himoya tizimidagi o‗rni va 
ahamiyatini chuqurroq o‗rganishda ularning qamrov darajasi va 
maqsadliligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Umumiy ijtimoiy 
himoya ijtimoiy himoyalanmaganlikni bartaraf etishga qaratilgan 
bo‗lishi, ya‘ni kambag‗allik riskiga duch kelish yoki ijtimoiy 
alohidalashgan guruhlar sirasiga kirib qolishdan himoyalashi zarur. Shu 
sababdan ijtimoiy himoya tizimi aholi guruhlarining minimal 
farovonligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan kompleks chora-tadbirlar va 
strategiyalarni o‗z ichiga oladi. Ijtimoiy himoya tizimi elementlarining 
samaradorligi kambag‗allikka va ijtimoiy himoyalanmaganlikka qarshi 
kurashga nisbatan kompleks yondashuv va har bir elementning 
boshqalari bilan bog‗liqlikda amalga oshirilishi bilan bog‗liqdir. 
Ijtimoiy himoyaga investitsiya sarflash barqaror iqtisodiy o‗sish 
strategiyasining ustuvor yo‗nalishlaridan hisoblanadi. Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash va uning raqobatbardoshligini oshirishda aholining 
ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ijtimoiy himoya muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro 
tashkilotlar, 
jumladan 
YUNISEF, 
Jahon 
banki 
mutaxassislari 
tomonidan 
o‗tkazilgan 
so‗rovnoma 
natijalari 
O‗zbekistonda oilalarni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash va ularni kam 
daromadli oilalar guruhidan chiqarishga qaratilgan ijtimoiy himoya 
tizimi 
qator 
kamchiliklarga 
egaligi, 
yaxlit 
tizim 
sifatida 
shakllanmaganligi bois kam ta‘minlangan oilalarning 75%i ijtimoiy 
nafaqalar olmasligini ko‗rsatdi. O‗zbekistonda ijtimoiy ta‘minot va 
ijtimoiy nafaqa to‗lovlariga mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10%ga 
yaqini, davlat byudjetining 56%i sarflanishiga qaramasdan, ushbu sohaga 
sarflanayotgan investitsiyalar samaradorligi pastligicha qolmoqda. 
Jumladan, bolalar, nogironlar va norasmiy sektorda band bo‗lganlarning 
aksariyat qismi amaldagi ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab 
olinmagan
192

Jahon banki tadqiqotlariga ko‗ra, O‗zbekistonda ijtimoiy ta‘minot 
tizimining asosini yoshga doir nafaqalar tashkil etadi. Tadqiqotlar 
ijtimoiy nafaqalarning ustun darajada kam ta‘minlangan oilalarga 
yo‗naltirilayotganligidan dalolat bermoqda. Aholi jon boshiga to‗g‗ri 
keluvchi detsil guruhlarning nafaqalar turi bo‗yicha guruhlanishi 
ma‘lumotlari tahlili ijtimoiy nafaqalar manzilligining kuchayib 
borayotganligini ko‗rsatmoqda. Jumladan, jami ijtimoiy nafaqalar eng 
192
https://www.gazeta.uz/ru/2018/11/09/allowance/ 


234 
kam daromadli detsil guruh daromadlarining 68,5%ini tashkil etgani 
holda eng yuqori daromadli detsil guruh daromadlarining 30,2%ini 
tashkil etmoqda (8.2.1-rasm). 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish