Ijtimoiy siyosat


 Bolalar va yoshlarni ijtimoiy himoyalash



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

8.4. Bolalar va yoshlarni ijtimoiy himoyalash 
Bolalarni ijtimoiy himoyalashning vazifalari: 

Ijtimoiy siyosat bolalarning huquqlari va ularning farovon hayot 
kechirishlari uchun kafolatdir. Aynan davlatning ijtimoiy siyosati 
bolalarni qashshoqlikdan himoya etuvchi dastakdir. 

Ayrim mamlakatlarning ijtimoiy kafolati faqatgina o‗rta daromad 
oluvchi oilalarda o‗sayotgan bolalarning hayotini yengillashtiradi va 
davlatni ushbu sohada qilayotgan ishlarini yanada takomillashtirishni 
taqazo etadi . 

Dunyo bo‗yicha bolalarni ijtimoiy himoyalash bo‗yicha chora-
tadbirlar 180 mamlakatni qamrab oladi, jumladan dunyoning 75 dan 
ortiq mamlakatida bolalarni ijtimoiy himoyalash bo‗yicha davlat siyosati 
ishlab chiqilmagan. 

Bolalarni ijtimoiy himoyalash dasturlariga hukumat yiliga o‗rtacha 
YaIMga nisbatan 0,4 % mablag‗ ajratadi. Ushbu ko‗rsatkich G‗arbiy 
Yevropada 2,2%, Afrika, Osiyo va Tinchokeani hududlarida 0,2 % ni 
tashkil etadi. 
196
Абакумова Н.Н., Подовалова Р.Я. Политика доходов и заработной платы. – М.: Инфра-М, 1999.–С.114. 


242 

Har bir insonda ijtimoiy himoyaga huquq bor va ushbu huquq 
BMTning 1989-yilgi konvensiyasida ―Bolalar huquqi‖ degan nomda 
belgilab qo‗yilgan
197

Bolalar kattalardan ko‗ra ko‗proq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‗ladi, 
chunki aynan bolalarning qashshoqlik chegarasida yashashi ularni bilim 
olish va keyinchalik farovon hayot kechirishi uchun to‗sqinlik qiladi. 
Bolalarni oziq-ovqat bilan ta‘minlanmaganligi ularni jismoniy jihatdan 
rivojlanishiga, tengdoshlaridan aqliy va jismoniy jihatdan orqada 
qolishiga olib keladi.
198
2010-yilda Buyuk Britaniya aholisining 19 foizi 16 yoshgacha 
bo‗lgan bolalarni tashkil etdi, ya‘ni 12 million.
199
Har bir bola ijtimoiy 
jihatdan farovon oilada yashaydilar. Bu esa o‗z navbatida mamlakatda 
yosh bolalarni himoyalash uchun kuchli ijtimoiy siyosat ishlab chiqilib 
olib borilayotganidan dalolat beradi. 
O‗zbekiston aholisi yosh tarkibida mehnat qobiliyati yoshigacha 
bo‗lgan aholining ulushi oshib borish tendensiyasiga ega, jumladan, 16 
yoshgacha bo‗lgan bolalar ulushi 2014-yil 29.9%ni tashkil etgan bo‗lsa , 
2018-yilga kelib 30.2%ga yetdi
200

Bolalar ijtimoiy siyosatning ob‘ekti bo‗lib hisoblanadi, ular 
ijtimoiy xizmat turlarini ta‘lim, sog‗liqni saqlash, uy-joy bilan 
ta‘minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, bolalarni parvarishlash uchun 
ajratiladigan nafaqalarning to‗g‗ridan-to‗g‗ri iste‘molchilaridir. 
Ushbu xizmatlar uchun moliyaviy mablag‗larning manbai bo‗lib 
ijtimoiy nafaqalar va soliq tizimi hisoblanadi.
201
Bolalarni ijtimoiy himoyalashning manzilliligini kuchaytirishda oila 
farovonligi va oilani ijtimoiy himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu holat quyidagilarda namoyon bo‗ladi
202


Bolani parvarishlash uchun nafaqalarni joriy etish. 

Ijtimoiy xizmat turlarining sifatini yaxshilash. 

Uy-joy bilan ta‘minlash. 

Mehnat bozorida yosh bolali ayollarga imtiyozlar berish. 
O‗zbekistonda amal qilayotgan qonunchilikka muvofiq kam 
ta‘minlangan oilalarga quyidagi turdagi ijtimoiy nafaqalar to‗lanadi: 

kam daromadli oilalarga har oyda ko‗rsatiladigan moddiy yordam; 
197
Доклад о социальной защите в мире 2014/15. 36.стр. 
198
Minujin and Nandy, 2012; Ortiz, Moreira Daniels and Engilbertsdóttir, 2012. 
199
―Social Policy‖. P.385 
200
Oʻzbekiston demografik yillik toʻplami. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika qoʻmitasi. Toshkent - 2018. 
201
―Social Policy‖. P.386 
202
―Social Policy‖. P.386-387 


243 

2 yoshgacha farzandi bo‗lgan oilalarga bola parvarishi uchun 
oylik nafaqalar; 

14 yoshgacha farzandi bor oilalarga oylik nafaqalar; 

tabiiy ofatdan zara ko‗rgan oilalarga moddiy yordam. 
14 yoshgacha farzandi bor kam ta‘minlangan oilalarga oylik 
nafaqalar miqdori quyidagicha aniqlanadi: 

bir farzandi bor oilalarga eng kam ish haqining 50%i miqdorida; 

ikki nafar farzandi bor oilalarga eng kam ish haqining 80%i 
miqdorida; 

uch va undan ko‗p farzandli oilalarga eng kam ish haqining 100%i 
miqdorida. 
Har oyda to‗lanadigan nafaqalar miqdori har yili indeksatsiya 
qilinadi.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy 
siyosat – bu mamlakatning kelajakka sarflayotgan investitsiyasi 
hisoblanandi. Mamlakatning ertangi kuni hozirda amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy siyosatga bog‗liq bo‗lib, u qanchalik to‗g‗ri, puxta o‗ylangan va 
samarali amalga oishirilayotgan bo‗lsa, kelajakda ushbu mamlakat 
rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oladi. 
Bolalarni ijtimoiy himoyalash quyidagi yo‗nalishlarda amalga 
oshirilishi lozim: 

Bolalarga ta‘sir etadigan ijtimoiy-iqtisodiy risklardan himoyalash; 

agar bolalar ijtimoiy nochor holatga tushib qolsa, davlatning zudlik 
bilan aralashuvini ta‘minlash; 

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning yoshi, jinsi bo‗yicha hisobini 
yuritish; 

ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda bolalar va ularning ota-
onalarining fikrlarini hisobga olish. 
O‗zbekistonda bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda jumladan, 
«Sog‗lom bola yili» davlat dasturida aholini ijtimoiy himoyalashni 
ta‘minlashga qaratilgan quyidagi vazifalarni amalga oshirish ustuvor 
yo‗nalish qilib belgilandi.

sog‗lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun 
qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu 
borada qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan 
yangi qoida va me‘yorlarni ishlab chiqish; 

sog‗lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‗lom va ahil 
oilaning mevasi sifatida qarab, oilada o‗zaro hurmat va mehr-muhabbat, 


244 
yuksak axloqiy va ma‘naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh 
oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam ko‗rsatish, onalik 
va bolalik muhofazasini ta‘minlash, ona va bolaning salomatligini 
mustahkamlash, ayollarning o‗z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‗yobga 
chiqarishi, ularning ro‗zg‗or tashvishlarini yengillashtirish uchun zarur 
shart-sharoitlarni yaratish; 

sog‗lom bolani voyaga yetkazishda, patologiyalarsiz bolalar 
tug‗ilishida sog‗liqni saqlash tizimi xodimlarining roli va mas‘uliyatini 
oshirish, sog‗liqni saqlash tizimining moddiy-texnika bazasini va kadrlar 
salohiyatini yanada mustahkamlash, aholining tibbiy madaniyatini 
oshirish bo‗yicha keng ko‗lamli axborot-tushuntirish ishlarini muntazam 
olib borish; 

sog‗lom bolani shakllantirishda ta‘lim-tarbiya tizimi va sportning 
rolini kuchaytirish, maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog‗ini 
kengaytirish, ularni yuqori malakali va tajribali pedagoglar bilan 
ta‘minlash, boshlang‗ich ta‘limning yuqori sifatini ta‘minlagan holda 
bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg‗or 
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga 
keng joriy etish, sog‗lom turmush tarzini keng targ‗ib etish, bolalar, 
jumladan qiz bolalar o‗rtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr 
uyg‗otish bo‗yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

sog‗lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat 
va jamiyat tomonidan ko‗rsatiladigan yordam va madadni kuchaytirish, 
mazkur jarayonlar uchun mas‘ul bo‗lgan sog‗liqni saqlash, ta‘lim, 
madaniyat, ijtimoiy muhofaza muassasalarida zamonaviy talablarga 
javob beradigan shart-sharoitlarni yaratish, ularni rivojlantirishga 
yo‗naltiriladigan mablag‗lardan foydalanish samaradorligini oshirish, 
sog‗lom bolani tarbiyalash bo‗yicha ilg‗or xalqaro tajribani keng 
ko‗lamda o‗rganish va uni amalga joriy etish; 

sog‗lom bolani, jumladan, qiz bolalarni tarbiyalab voyaga 
yetkazishda, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun ularga 
ko‗mak berish, bolalarni turli to‗garaklarga jalb etish, tadbirkorlikni 
rivojlantirish bo‗yicha mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining rolini 
oshirish, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, oilalar va jamiyatda 
o‗zaro hamjihatlik, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, kam 
ta‘minlangan oilalarga moddiy va ma‘naviy yordamni o‗z vaqtida va 
manzilli ko‗rsatish borasida mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining 
mas‘uliyatini kuchaytirish; 


245 
O‗zbekistonda yoshlarni ijtimoiy himoyalash davlat ijtimoiy 
siyosatining ustuvor yo‗nalishi hisoblanadi. Yoshlar mamlakat 
aholisining 14 yoshga to‗lgan va 30 yoshdan oshmagan qismidan iborat. 
Yoshlarga oid davlat siyosati – davlat tomonidan amalga oshiriladigan 
hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intelektual, 
ijodiy boshqa yo‗nalishlardagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-
sharoitlar yaratishni nazarda tutadigan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy va 
huquqiy chora-tadbirlar tizimidan iborat. 
Yoshlar o‗rtasida ishsizlikni kamaytirish dunyo miqyosida dolzarb 
muammo bo‗lib qolmoqda. So‗nggi tadqiqotlar shuni ko‗rsatmoqdagi 
yoshlarning mehnat bozoriga yetib borilishi muammosi kuzatilmoqda.
.
Dunyoning ko‗pgina mamlakatlarida ishsizlik bo‗yicha nafaqalar 
mavjud. Bu esa yoshlarning ish topishlarida ko‗maklashish va nafaqa 
bilan ta‘minlash, qayta tayyorlash va boshqa bandlikka ko‗maklashish 
yo‗nalishlari orqali amalga oshiriladi. 
Yoshlarning bandligini oshirish bo‗yicha chora – tadbirlar majmuasi 
o‗zida ish bilan ta‘minlash va tajriba orttirish bo‗yicha ishlarni qamrab 
olishi darkor.
2016-yilda O‗zbekistonda Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ―Yoshlarga oid davlat 
siyosati to‗g‗risida‖ qonun qabul qilindi. Mamlakatimizda qonun 
xujjatlarida belgilangan tartibda yoshlarni ijtimoiy himoya qilish 
borasida quyidagilar kafolatlanadi: 

bepul tibbiy xizmat ko‗rsatilishi; 

bepul umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim olish; 

davlat ta‘lim muassasalarida davlat grantlari doirasida bepul kasb-
hunar va oliy ta‘lim olish; 

davlat 
sport-sog‗lomlashtirish 
va 
madaniy-ma‘rifiy 
muassasalariga borish uchun shart-sharoitlar yaratish; 

uy-joy qurish, olish va uni rekonstruksiya qilish uchun imtiyozli 
kreditlar berish; 

ta‘lim muassasalarida o‗qish uchun imtiyozli kreditlar berish; 

etim bolalarni va ota-onasining qaramog‗idan mahrum bo‗lgan 
bolalarni turar joylar bilan ta‘minlash; 

o‗rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ta‘lim muassasasini 
bitirganidan keyin bandlikni ta‘minlash bo‗yicha chora-tadbirlar ko‗rish; 


246 

mehnat sohasida yoshga doir o‗ziga xosliklarni inobatga olgan 
holda imtiyozlar berish va ishni ta‘lim bilan qo‗shib olib borish uchun 
shart-sharoitlar yaratish; 

ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlarini loyihalashtirish va qurish 
chog‗ida yoshlarning ehtiyojlarini hisobga olish; 

jamoat transportidan foydalanishda imtiyozlar berish. 
Ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda 
raqobatlashishga qodir bo‗lmagan yosh fuqarolarni ishga joylashtirishga 
yordam beruvchi qo‗shimcha ish o‗rinlari va ixtisoslashtirilgan 
korxonalarni barpo etish, o‗qitish bo‗yicha maxsus dasturlarni tashkil 
etish, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‗lgan yoshlarni ishga 
joylashtirish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ish 
joylarining eng kam miqdori zaxirasini yaratish yo‗li bilan ta‘minlanadi. 
Kam ta‘minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda moddiy yordam berish choralari ko‗rilishi mumkin. 
O‗quv jarayoni vaqtida o‗quvchilar va talabalarni jamoatchilik 
ishlariga jalb etishga yo‗l qo‗yilmaydi, bundan ular tomonidan tanlangan 
mutaxassislikka mos va o‗quv-ishlab chiqarish amaliyotining shakli 
bo‗lgan hollar yoxud o‗quvchilar va talabalar o‗qishdan bo‗sh vaqtida 
ixtiyoriy mehnat qilgan hollar mustasno. Mazkur mehnat faoliyatiga 
mehnat to‗g‗risidagi yoki fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq 
shartnoma mavjud bo‗lgan taqdirda yo‗l qo‗yiladi. 
Yoshlarni va yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasida yoshlar ijtimoiy xizmati faoliyat ko‗rsatadi. 
Yoshlar ijtimoiy xizmati faoliyatining yo‗nalishlari quyidagilardan 
iborat: 

yosh fuqarolarga psixologik-pedagogik, yuridik yordam ko‗rsatish 
va maslahatlar berish; 

imkoniyati cheklangan yosh fuqarolarga ijtimoiy yordam 
ko‗rsatish; 

yosh oilalarga ijtimoiy yordam ko‗rsatish; 

ta‘lim va mehnat jamoalarida yoshlarning huquqlari, erkinliklari 
va qonuniy manfaatlarini ro‗yobga chiqarishga ko‗maklashish; 

yosh mutaxassislarga yangi ish joyiga moslashishida, ularni qayta 
tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga, shuningdek, qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda ularni uy-joy bilan ta‘minlashga 
ko‗maklashish; 


247 

voyaga yetmaganlar uchun ixtisoslashtirilgan o‗quv-tarbiya 
muassasalarida ijtimoiy yordam ko‗rsatish; 

ozodlikdan mahrum etish joylaridan va ixtisoslashtirilgan o‗quv-
tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yosh fuqarolarni ijtimoiy 
moslashtirish; 

yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ko‗maklashish; 

huquqiy targ‗ibot, yoshlarni ishga joylashish, ta‘lim olish va 
kasbiy tayyorgarlik borasida, bo‗sh vaqtini mazmunli o‗tkazish, turizm 
va sport sohasidagi imkoniyatlar to‗g‗risida xabardor etish; 

yoshlarning yashash joylarida bo‗sh vaqtlarini mazmunli 
o‗tkazishini tashkil etish. 
Yoshlar ijtimoiy xizmati o‗z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa yo‗nalishlar bo‗yicha ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish