Ijtimoiy reablitatsiya


 .Ind iv id ua l-p six o lo g ik o m illar



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/84
Sana04.03.2022
Hajmi2,84 Mb.
#482052
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84
Bog'liq
2. N.Komilova, Ijtimoiy reabilitatsiya o`quv qo`llanma

2 .Ind iv id ua l-p six o lo g ik o m illar.
Suitsidal xulqning shakllanishida insonning shaxsiy va xarakterologik o'ziga 
xosliklari ko'picha asosiy rolni o'ynaydi. Biroq, shaxsning alohida xususiyatlari va 
Suitsidga moyillik darajasini o'rganib, Suitsidentning psixologik portretini yuzaga 
keltirish borasidagi urinishlar hech qanday natija bermadi. Suitsidga moyillikda 
asosiy rolni shaxsning m a'lum o'ziga xos xususiyati emas, balki, bu 
xususiyatlam ing o'zaro m unosabati, ularning ma'lum balansga keltirilganligi, 
hamda uning axloqiy qadriyatlari va ustanovkalari o'ynaydi. O'z joniga qasd qilish 
ehtimoli disgarm onal shaxslarda kuchliroq.
O 'smirlik davrida autoagressiv xulq extimoli ma'lum ma'noda xarakter 
aksentusiyasiga bog'liq. 
Autoagressiv xulqka moyillik quyidagi xarakter 
aksentusiyalarida kuzatiladi (Lichko 1977, Yureva 1999):
• 
Sikloid tip. Suitsidal harakatlar affekt xolatida sodir etiladi. Suiyidga 
omma oldida harakatlanish omadsizliklar sabab bo’lishi mumkin. Chunki 
ular o'smirning o'zi keraksiz axmok va notulik xis qilishiga olib keladi.
• 
Em otsional-labil tip. Bunday Suitsidal urinish yuqori affekt holatida, 
tezkor, o'sha kunning o'zidayoq sodir etiladi.
• 
Epiloptoid tip. Suitsidal urinishlar ekstrapunitiv xarakterga ega affektiv 
holatda sodir etiladi. Biroq ko'p xollarda bu urinishlar demonstrativ 
Suitsidal hulq ko'rinishiga o'zgaradi.
• 
Isteroid tip. 
Ularga demonstrativ shantaj ko'rinishidagi Suitsidal 
harakatlar xos.
Shuningdek, 
Suitsidentalam ing 
bir 
qator 
shaxsiy 
stillari 
farklanadi 
(Moxovikov, 2001):
1) impulsiv: emotsional kechinmalarni nutqiy ifodalanishida yuzaga kelgan 
muammo va stress vaziyatlarida, qiyinchiliklarda to'satdan dramatik qaror qabul 
qilishi;
2) kempulsiv: hamma narsada m ukam m allikka va omadga erishish ustanovkasi 
mavjudligi, hoxish va istaklam i real hayot bilan solishtirganda Suitsidga sabab 
bo'lishi mumkin;
72


3) tavakkal qiluvchi: o'lim bilan "uynashish " orkali kuchli adrenalinni xis qilish 
istagi;
4) regressiv: psixologik adaptasiya mexanizmini turli xil sabablarga ko'ra pasayib 
ketishi, emotsional soha yetarlicha yetilmagani infantillik yoki primitivligi bilan 
xaraktelanadi;
5) qaram: chetdan yordam kutish, umidsizlik, ojizlik, passivlik;
6) ambivalent: bir vaqtning o'zida ikki (hayot va o'lim)ta uyg'onishning 
mavjudligi;
7) inkor etuvchi: Suitsidal urinishning yakunlanishini inkor etish;
8) nafratlanuvchi: ma'lum shaxsga nisbatan nafratni namoyon eta olmaslik, shu 
sababli o'zidan qoniqmaslik;
9) ayblovchi: yuzga kelayotgan muammolarda o'zi yoki kimnidir aybdor 
xisoblash;
10) qochuvchi: o'z joniga kasd qilish yo'li bilan inkirozli vaziyatdan qochishga 
harakat qilish, psixojarohatlantiruvchi vaziyatdan qutilishga intilish;
11) xissiz: emotsional soxaning o'tmaslashib qolishi;
12) tashlab qo'yilgan: atrofda bo'shliqni, g'amni yoki chuqur qayg'uni xis qilish;
13) ijodkor: o'z joniga qasd qilish yechimi yo'q vaziyatdan chiqishning yangi va 
jozibali usuli sifatida idrok qilinishi.
Suitsidal xavfning individual omillarga shuningdek, shaxs amal qiluvchi 
axlokiy - etika normalarini ham kiritish mumkin. Suitsidal urinishlar ma'lum 
hayotiy vaziyatlarda o'z joniga qasd qilishni oqlovchi va rag'batlantiruvchi ijtimoiy 
guruxlarda ko'p uchraydi. Masalan, yoshlam ing submadamyatlarida sodiqlik va 
jasoratni isbotlash uchun, or - nomusni him oya qilish maqsadida, qariyalar yoki 
og'ir kasaliklarga chalinganlarning o'z joniga kasd qilishi, diniy sektantlar 
orasidagi Suitsid epidemiyasi kabilar.

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish