• Xayrlashuv;
• Suitsidning aniq rejasi haqida ma'lum qilish;
• Sekin, kam ma'noli nutq.
4.
K o g n itiv indik atorlar.
•
O 'z shaxsiga, atrofga va kelajakka nisbatan salbiy baho;
•
O 'z shaxsini hech narsaga arzimas, yashash uchun xaqqi yo'qdek tasavvur
etish;
•
Olamni yo'qotishlar va ko'ngilsizliklar joyi sifatidagi tasaw urlar;
•
K elajakni ishonchsiz,
yuksalishlarsiz tasavvur etish;
•
M uam m o yechim ini yechishda Suitsiddan boshqa yo'llarni ko'rmaslik.
5.
E m o tsio n a l ind ikatorlar.
•
H ayotga nisbatan ambivalentlik;
•
O 'z taqdiriga befarqlik, tushkunlik;
•
Q ayg'uni boshdan o'tkazish;
•
Depressiya belgilari;
•
O 'ziga nisbatan nafrat, dushmanlik;
•
Ayb yoki omadsizlikni xis qilish;
•
M e'yordan ortiq qo'rquvlar yoki xavotirlar;
•
O 'zining keraksizligi,
yaroqsizligi, ahamiyatsizligi xissi.
3.
S u it s id a l u r in is h la r so d ir etg a n bo la la r bilan olib b o rila d ig a n ps ix o lo g ik
m a s la h a t is h la r i
Suitsidal niyatli odam lar yordamdan yordamdan qochmaydilar, balki aksi,
m aslahatga va yordam ga intiladilar.Suitsidni sodir etganlardan deyarli 70% bir oy
oldin vrachlar
bilan maslahatlashadilar, 40%-qilmishni sodir etishning oxirgi
haftasida; 30% u yoki bu ko'rinishda o'zlarining niyatlari haqida atrofdagilami
ogohlantiradilar.
Chunki ular yashash yoki o'lim hoxishi o'rtasida ikkilanadilar. M utaxassisga
m urojaat qilish esa ambivalentligi va boshqa bir yo'lni topish umidi borligi haqida
gapiradi.
Ko'p xollarda "hayot yoki o'lim"ning imkoniyatlari shu qadar tengki, agar
Suitsidning yaqinlari shunday vaqtda g'amxo'rlik,
mexr va iliqlikni namoyish
etsalar, u holda hayot g'alaba qiladi.
Suitsidga m oyillik shaxs tipologiyasiga qarab ajratiladi. Tadqiqotlarda ma'lum
bo'lishicha Suitsidentlarning 36% - isteroidlar, 33% - infantil emotsional mobil
shaxslar, 13% - asteniklardir.
Suitsidal m ijoz konsultantga murojaat qilganda uning birinchi vazifasi "vaqtni
cho'zish" va xavfli davm i tugashini kutishdir. Agar Suitsident terapevtik jarayonga
76
to'liq jalb etilsa, konsultant uni qaerga boshlayotgani haqida xoxish paydo bo'ladi
va u Suitsidal niyatlarini bajarishni orqaga surib turishi mumkin. Shuning uchun
Suitsidentda terapiyaga qiziqishni uyg'otish va uni qo'llab-quwatlab turish kerak.
Bunda terapiyani uzluksizligini ta'minlash kerak. Mijoz terapiyaning ikkinchi
sessiyasiga kelishini ta'minlash uchun Suitsidentda qandaydir savol uyg'otish va
unga javobni quyidagi tarzda uzatish lozim: "Siz juda qiziq mavzuga e'tibor
qaratdingiz. Bunga m enda qandaydir tasavvur mavjud,
lekin bu haqida man
keyingi sessiyada sizga gapirib beraman. Siz ham bu haqida nima o'ylashingizni
qisqacha yozishingiz mumkin".
Terapevt oldida birinchi navbatda empatik aloqa o'matish maqsadida maqsadi
turadi. Ya'ni uni tinglayotganda baholamaslik va ichidagini aytib olguncha uni
qo'llab turish; shuning uchun terapevt zarur bo'lgan barcha savollami bermaydi,
olingan informasiya to'liq emas.
Suitsident qay darajada konsultant bilan hamkorlik qilishini, boshqacha
aytganda inqirozda "o'z hayoti uchun kurashini" aniqlash kerak.
Agar konsultant depressiv Suitsident bilan ish
olib borayotganini aniqlasa,
unda mijozga psixiatr yordam ini taklif qilish kerak. Bu unga rad qilish emas, balki
konsultant qo'lidan kelgan barcha yordamni berishga, Suitsident yashab qolishi
uchun hamma imkoniyatlami qilayotganini bildiradi.Suitsident bilan birgalikda
aniq harakat rejalarini ishlab chiqish lozim va bu birinchi vazifaladandir.
Ayniqsa
inson yaqin soatlar va kun davomida nimalar bilan mashg’ul bo'lishini, kirn bilan
qaerda vaqtini o'tkazishini gaplashib olish muhim.
Terapiyaning keyingi metod va yo'nalishi mijozning Suitsidal xulqi asosida
qanday m otivlar yotganiga bog'liq.
Depressiv suitsidentlar ko'pincha o'zlarining Suitsidal hoxishlarini ikki xil
motivlarda asoslaydilar. Birinchisi o'z joniga qasd qilish orqali qiynalishlarga
yakun yasamoqchi bo'lsalar, boshqalari bu qadamni atrofdagilardan o'z istaklariga
erishish umidida tashlaganlarini aytadilar.
Kimdir shu yo'l bilan o'z
sevgisini, yaqin insonini qaytarmoqchi bo’lsa, kimdir
yaqinlariga ulaming yordatniga muhtojligini bildiradi, boshqalar esa chidab
bo'lmas sharoitdan chiqib ketish uchun shifoxonaga tushushni xoxlaydilar. Lekin
ko'pincha ikkita motiv bir vaqtda kuzatiladi: hayotdan qochish va manipulyativ
intilishlar motivi.
Do'stlaringiz bilan baham: