Ijtimoiy ta’minot huquqi tamoyillari tushunchasi va ularning tavsifi hamda ularning aholini ijtimoiy ta’minlash va himoyalashdagi o‘rni
Ijtimoiy ta’minot huquqining tamoyillari umumhuquqiy ta- moyillardan hamda turli shakllardagi ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishiga bevosita taalluqli bo‘lgan o‘ziga xos tamoyillardan iboratdir.
Ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida qonuniylikka amal qilish, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, insonparvarlik, demokratizm kabi umumhuquqiy tamoyillarga so‘zsiz amal qiladi. Bu tamo- yillarning ro‘yobga chiqarilishi Respublikamiz Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar bilan to‘la kafolatlangan bo‘lib, ulardan qandaydir tarzda chekinish inson huquqlarining poymol etilishi sifatida baholanadi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy javobgarliklarni keltirib chiqaradi.
Yuqoridagilardan tashqari ijtimoiy ta’minot huquqining o‘ziga xos, maxsus tamoillari ham mavjud bo‘lib, bu tamoyillar ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishiga, u yoki bu shakldagi ijtimoiy yordam xususiyatlariga va boshqalarga taalluqli bo‘ladi.
Ijtimoiy ta’minot huquqining maxsus tamoyillari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ijtimoiy ta’minotning umumiyligi va keng qamrovli tusga egaligi. Bunda fuqarolarni millati, jinsi, ijtimoiy mavqeyi va boshqa farqlaridan qat’i nazar muayyan ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgani taqdirda teng asoslarda ijtimoiy ta’minot olishlari tushuniladi. Shuni qayd etish kifoyaki, bugungi kunda uch yarim millionga yaqin fuqarolar davlat pensiyalari bilan, yuz minglab oilalar hamda ehtiyojmand fuqarolar nafaqalar va boshqa moddiy yordam olmoqdalar, ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan katta moliyaviy mablag‘lar sarflanmoqda.
Ijtimoiy himoyaning manzilli va aniq yo‘naltirilganligi hamda boqimandalikka yo‘l qo‘yilmasligi. Ijtimoiy himoya choralari o‘zining salomatligi, ahvoli, yoshi, oilaviy sharoiti yoki boshqa obyektiv sabablarga ko‘ra, o‘zini o‘zi mustaqil ta’minlashga qodir
bo‘lmagan, davlat va jamiyat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan va muhtoj deb topilgan fuqarolar va oilalargagina ko‘rsatilishi mumkin.
Bozor munosabatlari chog‘ida o‘z salohiyat va imkoniyat- laridan to‘liq foydalanmagan holda davlat yordamiga ko‘z tikishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, zero, davlatning barcha fuqarolarini teng va yalpisiga ijtimoiy ta’minlash imkoni mavjud emas. Shu sababli mehnatga yaroqli fuqarolar eng avvalo, o‘z kuch va imkoni- yatlariga tayanmoqlari lozim. Ijtimoiy himoyaning aniq yo‘nal- tirilganligi va manzilli tarzda amalga oshirilishi qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan1.
Ijtimoiy ta’minot uchun ajratiladigan mablag‘ning yetarli darajadaligi. Ya’ni: pensiyalar miqdorini belgilash paytida turmush kechirish uchun zarur bo‘lgan eng kam mablag‘ ko‘rsatkichi, iste’mol dasturi tarkibiga kiruvchi eng zarur mahsulotlar va xizmatlar to‘plami uchun zarur bo‘lgan mablag‘ning eng kam darajasi e’tiborga olinishi ushbu tamoyil mohiyatini tashkil etadi. Pensiyalarning eng kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi hamda ushbu eng kam miqdordan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi, vaqt-vaqti bilan qayta ko‘rilib, indeksatsiya qilib turilishi orqali mazkur tamoyil ro‘yobga chiqariladi.
Ijtimoiy ta’minotning yetarli darajada bo‘lishi tamoyili BMÒning 1966- yil 19-dekabrdagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 11-moddasi, 1-bandida nazarda tutilgan: „Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishi o‘zi va oilasi uchun yetarli oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy- joy hamda turmush sharoiti to‘xtovsiz yaxshilanib borishini o‘z ichiga oladigan yetarli turmush darajasi bo‘lishi huquqini e’tirof etadi“ degan qoidaga asoslanadi.
Ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona va tashkilotlar, jamoat birlashmalarining bevosita ishtirok etishlari tamoyili. Mamlakati- mizda fuqarolik jamiyati barpo etilayotganligi, kuchli davlatchilik- dan kuchli jamiyatga tomon rivojlanib borilayotganligi namoyon bo‘lishi ko‘rinishlaridan biri — davlatga xos funksiyalar jamiyatga o‘tkaza borilayotganligida, avval davlat organlari bajarib kelgan vazifalar bosqichma-bosqich fuqarolar yig‘inlari, boshqa jamoat organlari zimmasiga yuklanayotganligida ko‘zga tashlanadi.
1 Islom Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash — davr talabi. 5-kitob. T. „O‘zbekiston“. 1997-yil. 288-bet.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yan- vardagi „Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida“gi Farmoni qabul qilindi.
Bugungi kunda ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida korxona va tashkilotlar, ularning mehnat jamoalari, turli nodavlat nohukumat jamg‘armalari, xayriya tashkilotlari, tadbirkor fuqa- rolar va boshqa shaxslar ham ishtirok etib kelmoqdalar. Bu tendensiyaning tobora kuchayib borishi bashorat qilinmoqda. Binobarin, ojizlarga rahm-shafqat qilish, yordam qo‘lini cho‘zish, saxovatpeshalik, bag‘rikenglik o‘zbek xalqining milliy xususiyati bo‘lib, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan bebaho an’analari- mizdan, qadimiy qadriyatlarimizdan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |