O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat ijtimoiy siyosati ro‘yobga chiqarilishini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot sur’atlari va islohotlarimiz dinamikasiga muvofiq bu sohadagi muhim yangilanish va o‘zgarishlarni o‘z Farmon va Qarorlari orqali ro‘yobga chiqaradi. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunning 10-modda- siga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya sohasida O‘zbekiston Respublikasi farmon va qarorlari yetakchi o‘rin tutadi va tub burilishlar amalga oshirilayotganligini anglatadi. Bunday farmon va qarorlar jumlasiga quyidagilar kiritilishi mumkin: 2009-yil 30- dekabrdagi PF-4161-sonli „Fuqarolarning pensiya ta’minoti
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi1 Farmon; 2007-yil 23-yanvardagi PQ-573-sonli „Ijtimoiy himoya yili“ Davlat dasturi to‘g‘risida“gi Farmoni2 va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari.
„O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida“gi Qonuniga muvofiq3 Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respub- likasining Hukumati — O‘zbekiston Respublikasida iqtisodi- yotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning mehnat qilishga, ijtimoiy va huquqiy himoyalanishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi.
Aholini ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy himoyalash sohasida Vazirlar Mahkamasi qonunlarni ijro etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11- maydagi „Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasining qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqidagi 249-sonli qarori4 bilan davlat pensiyalarini tayinlash va hisoblashga doir normativ-huquqiy hujjatlar majmuyi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95- sonli „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-
1 Xalq so‘zi, 2009-yil 31-dekabr.
2 „O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami“, 2007-yil, 4—6-son, 39-modda.
3 // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2003-yil, 9—10-son, 138-modda.
4 Q‘zbekston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami. 1994-yil, 5-son 27- modda.
tadbirlari haqida“gi qarori1 hamda 2011-yil 8-sentabrdagi 252- sonli „Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida“gi qarori2 bilan ijtimoiy ta’minot qonun- chiligi sohasida muhim o‘zgarish va yangilanishlar joriy etildi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ- huquqiy hujjatlari. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunning 12-moddasiga ko‘ra: vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi.
Aholini ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy ta’minot sohasida qonunlarning ijro etilishi idoraviy-me’yoriy hujjatlar vositasida ta’min etiladi. Ijtimoiy ta’minotga oid idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar turli vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilinishi mumkin. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi yetakchi o‘rinda turadi.
Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minotga oid qonunlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab idoraviy-me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 20-mayda 1136-1-son bilan ro‘yxatga olingan „Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom“3; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 3-sentabrda 1710-son bilan ro‘yxatga olingan „Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari hamda pensionerlar yig‘ma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqidagi Yo‘riqnoma“4;
1 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 19—20-son, 195-modda.
2 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2011-yil, 37-son, 377- modda.
3 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 31—32-son, 326-modda.
4 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 35—36-son, 368-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 20- iyulda 198-1-son bilan ro‘yxatga olingan „Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash to‘g‘risidagi Òartibga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida“gi qaror1 va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |