Ijtimoiy ta’minot huquqi manbalari sanaluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning vaqt, fazo va shaxslar
o‘rtasida amal qilishi
Qonun hujjatlarining vaqt, hudud va shaxslar o‘rtasida amal qilishiga doir qoidalar yuqorida qayd etib o‘tilgan „Normativ- huquqiy hujjatlar to‘g‘risida“gi qonunda nazarda tutilgan.
Ijtimoiy ta’minot sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar vaqt, hudud (fazo) va shaxslar orasida qo‘llaniladi hamda ushbu muhitlarda amal qilish xususiyatlarini to‘g‘ri tushunib yetish ularning to‘g‘ri tatbiq etilishi, qonunchilikning mustahkamlani- shi, xatolarning oldi olinishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy ta’minot sohasidagi qonun hujjatlari vaqt doirasida kuchga kirgan paytidan boshlab bekor qilinguniga qadar yoki uning o‘rniga boshqa normativ-huquqiy hujjat qabul qilinguniga qadar amalga oshiriladi. Ularni vaqt doirasida amalda qo‘llash, kuchga kirish vaqti, bekor qilinishi yoki amal qilishning tuga- tilish masalalari O‘zbekiston Respublikasining „Normativ- huquqiy hujjatlar to‘g‘risida“gi qonunida (26-modda) belgilab qo‘yilgan.
Ijtimoiy ta’minotga oid normativ-huquqiy hujjatlarga, odatda, O‘zbekistonning butun hududida amal qilinadi. Ammo uning bevosita o‘zida yoki normativ-huquqiy hujjatni amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorda uning hudud bo‘yicha ta’siri cheklanishi mumkin (masalan, tumanlararo koeffitsiyent qo‘shib berish haqi- dagi aktlar faqat tegishli hududlarda qo‘llanilishi va hokazo).
Ijtimoiy ta’minot munosabatlariga taalluqli bo‘lgan qonun hujjatlari shaxslar o‘rtasida amal qiladi va bunda ular, odatda, barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga ega bo‘ladi.
„Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida“gi qonunning 29- moddasida: „Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilinishi
1„O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2005-yil, 28—29- son, 218-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, agar O‘zbe- kiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqa qoida belgilanmagan bo‘lsa, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy yuridik shaxslarga, ajnabiy fuqa- rolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etiladi“, deyiladi. Normativ-huquqiy hujjatning o‘zida u qo‘llaniladigan shaxslar doirasi cheklab qo‘yilishi mumkin. Masalan, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan pensiya olish huquqi faqat jismoniy shaxslargagina taalluqli, yoki bo‘l- masa, pensiya jamg‘armasiga ish haqi fondidan badallar to‘lash
majburiyati faqat yuridik shaxslargagina qo‘llaniladi va hokazo.
Ijtimoiy ta’minotga oid qonun hujjatlarini sharhlash – uning mazmunini ochib berish, noaniqliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borishdan iborat. Ularni rasmiy sharhlash va ilmiy sharhlash o‘zaro farqlanadi.
Ijtimoiy ta’minot qonun hujjatlarini rasmiy sharhlash „Nor- mativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida“gi qonunning 31-moddasida bayon etilgan. Rasmiy sharhlash O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan yoki qonun hujjatini qabul qil- gan davlat organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin1.
Ijtimoiy ta’minotga oid qonun hujjatlarini ilmiy sharhlash ayrim olimlar, mutaxassislar, ilmiy muassasalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Rasmiy sharhlashdan ilmiy sharhlash farq qilib, ularning qoidalari majburiy yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va qonun mazmunini to‘g‘ri tushunish, to‘g‘ri qo‘l- lashda yordam berishga qaratiladi. Bunday norasmiy sharhlash ayrim hollarda sud organlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
KALIÒ SO‘ZLAR. Ijtimoiy ta’minot huquqi manbayi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ijtimoiy ta’minot olish huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi manbalari tasnifi. Ijtimoiy ta’minot huquqiga oid qonun hujjatlari. Ijtimoiy ta’minotga oid xalqaro hujjatlar. Ijtimoiy ta’minot qonun hujjatlarini vaqt, hudud va shaxslar o‘rtasida amal qilishi. Ijtimoiy ta’minot qonun hujjatlarini rasmiy va ilmiy sharhlash.
1Qarang: „Qariyalarni qadrlash yili“ davlat dasturiga sharh. „Xalq so‘zi“ gazetasi, 2002-yil 25-yanvar.
24
Bilimingizni sinab ko‘ring
Fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olishga bo‘lgan huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida berilgan?
Ijtimoiy ta’minot huquqi manbayi deganda nimalar nazarda tutiladi?
Ijtimoiy ta’minotning xalqaro huquqiy manbalari hisoblanadigan xalqaro hujjatlarni sanab bering.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining qaysi bobida ijtimoiy ta’minot huquqi haqida so‘z boradi?
„Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi qonun haqida so‘zlab bering.
Ijtimoiy ta’minotga taalluqli qaysi qonunlarni bilasiz?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoyalashga oid qaysi Farmon va Qarorlarini bilasiz?
Ijtimoiy ta’minot qonunchilik hujjatlarini vaqt, fazo va shaxslar o‘rtasida amal qilinishi qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?