Mamlakatimizda xilma-xil shakllarda ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilish tamoyili. Ijtimoiy ta’minotga oid qonunchilik hujjatlarida ta’minot har xil shakllarda, xususan, pensiyalar, bir martalik moddiy yordamlar, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, muayyan imtiyozlar va turlicha yengilliklar ko‘rinishida amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Kelgusida ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakllari yanada xilma-xillashuvi, shaklan mukammallashib borishi kutilmoqda.
Ijtimoiy ta’minotning qaysi shaklda amalga oshirilish masalasi aniq shart-sharoitlarni hisobga olgan holda qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Ijtimoiy ta’minotning asosiy shakli pensiyalar va nafaqalar berishdan iborat ekanligi shubhasiz hamda ijtimoiy ta’minotning ushbu ikki shakli yetakchi mavqeyini saqlab qolishi aniq, ammo pensiya va nafaqalar ham shaklan takomillashib borishi tabiiy holdir.
Ijtimoiy ta’minotni nodavlat, homiylar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishining davlat tomonidan har tomonlama rag‘batlan- tirilishi va qo‘llab-quvvatlanishi tamoyili.
Odatda, fuqarolar ijtimoiy ta’minot uchun oldindan badallar to‘lamaydilar (qonunda inobatga olingan hollardan, yakka tad- birkor va dehqon xo‘jaligi a’zosi bo‘lgan fuqarolardan tashqari) va ijtimoiy ta’minot budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ammo kelgusida pensiya ta’minoti tizimlarida islohotlar qilinishi natijasida fuqarolarning shaxsiy mablag‘lari hisobiga parallel pensiya ta’minoti
tizimlari ham vujudga keltirilishi mumkin. Jahonning ayrim rivojlangan mamlakatlarida ana shunday nodavlat ijtimoiy ta’minot tizimlarining mavjudligi va amal qilib turganligi, hozirda mustaqil bo‘lgan hamdo‘stlik davlatlarining ba’zilarida ham shunday nodavlat pensiya ta’minoti tizimlarini barpo etilayotganligi bizning mamlakatimizda ham kelgusida ana shunday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini istisno etmaydi1.
Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirilishi ustidan davlat va jamoat nazoratining o‘rnatilganligi tamoyili.
Ijtimoiy ta’minotga oid mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lanishi, maqsadga muvofiq va to‘g‘ri sarflanishi, ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi davlat hamda jamoat organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining qonuniyligi ustidan umumiy nazoratni O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining „Prokuratura to‘g‘risida“gi qonunining 4-moddasiga muvofiq: „Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qara- tilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish“2 prokuratura organ- lari faoliyati yo‘nalishlaridan sanaladi.
Prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari, usullari va vositalari yuqorida eslatilgan „Prokuratura to‘g‘risida“gi qonunda nazarda tutilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi nazorat qilish funksiyasini amalga oshirish mexanizmlari idoraviy me’yoriy hujjatlar bilan belgilab qo‘yiladi.
1 Jumladan, keyingi yillarda nodavlat manbalaridan ijtimoiy ta'minlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinganligi ko‘rsatib o‘tilmog‘i lozim. Masalan, „Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi 02.12.2004-yil 2-dekabrdagi qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2005-y. 1-son, 6-modda; „Homiylik to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2007-yil 2-maydagi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y. 5-son, 218-modda.
2 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. 2001-yil,
son, 139-modda.
Ijtimoiy ta’minotning to‘g‘ri amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan va samarali nazorat o‘rnatilishi bu sohada qonuniylikni ta’minlash, mablag‘larni o‘z egalariga yetib borishini ta’min- lashning asosiy kafolatlaridan sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi insonparvar demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etar ekan, xalqaro huquqning umume’tirof etgan qoidalari ustunligini tan oladi va fuqarolarga jahon standartlari darajasida moddiy-ijtimoiy turmush sharoiti va darajasini ta’minlab berishga, har bir shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlanishi uchun kerakli chora-tadbirlar ko‘radi.
Keksayib, mehnatga bo‘lgan layoqatini yo‘qotganda, boquv- chisidan judo bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan tegishli hollarda moddiy jihatdan ta’minlanish, ijtimoiy qo‘llab-quvvat- lanish huquqiga bo‘lgan egalik inson huquqlari orasida muhim o‘rin tutadi. Bu huquqlar hamda ularning ta’minlab berilishi haqida universal va mintaqaviy xalqaro tashkilotlarning xalqaro hujjatlarida belgilab qo‘yilgan, bu huquqlarni ta’minlab berish majburiyati xalqaro hamjamiyat a’zosi bo‘lgan har bir davlat zimmasiga muhim majburiyat sifatida yuklatib qo‘yilgandir.
Fuqarolarning ijtimoiy ta’minot huquqini olish, ijtimoiy himoyadan foydalanishning asosiy tamoyillari eng avvalo, Birlash- gan Millatlar Òashkilotining inson huquqlariga oid universal hujjatlarida, Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiya va Òavsiya- larida, boshqa mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida qabul qilingan Bitimlar va Ahdlashuvlarda o‘z ifodasini topgan.
Bunda BMÒning umumbashariy tusdagi universal hujjatlari yetakchi o‘rinda turishi e’tiborimiz markazida bo‘lmog‘i lozim.
KALIÒ SO‘ZLAR. Ijtimoiy ta’minot tamoyillari. Ijtimoiy muhofazaning manzilliligi. Ijtimoiy ta’minotning umuminsoniy tamoyillari. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya sohasidagi xalqaro standartlar. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Ijtimoiy ta’minotning umumiyligi. Ijtimoiy ta’minlashda kamsitilishga yo‘l qo‘yilmasligi. Ijtimoiy himoyaning aniq yo‘naltirilganligi. Ijtimoiy himoyaning yetarli darajada bo‘lishi va xilma-xil shakllarda amalga oshirilishi. Ijtimoiy himoyalashda nodavlat tuzilmalarining faol ishtirok etishi.
14
Bilimingizni sinab ko‘ring
Ijtimoiy ta’minot huquqi tamoyillari deganda nimalar nazarda tutiladi?
Ijtimoiy ta’minotga oid qanday g‘oyalar xalqaro huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan?
Ijtimoiy ta’minot qonunchiligida ijtimoiy himoyaga doir xalqaro standartlarning o‘rni qanday?
Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoyaga oid xalqaro tamoyillar O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy ta’minot qonunchiligida qanday aks ettirilgan?
Ijtimoiy ta’minotning mehnat faoliyatiga bog‘liq ekanini qanday izohlaysiz?
Ijtimoiy ta’minot huquqi tamoyillarini sanab bering.
BOB. IJÒIMOIY ÒA’MINOÒ HUQUQINING ASOSIY MANBALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |