Ijtimoiy p65



Download 344,34 Kb.
bet14/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligining boshqa korxonalari traktorchi, haydovchilar uchun to‘liq dala ishi (dehqonchilikda) yoki butun yil mobaynida (chorvachilikda) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda bevosita band bo‘lganlik quyidagicha izohlanadi:

  • ilgari amal qilgan qonun hujjatlariga muvofiq xalq depu- tatlari tuman (shahar) Kengashi ijroiya qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beruvchi ish stajini aniqlash bo‘yicha vaqtinchalik komissiya bayoni asosida mehnat daftarchasiga kiritilgan ish davri to‘g‘risidagi yozuvlar qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmagan holda maxsus stajning isboti sifatida qabul qilinadi.

  1. Uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xo- dimlarning ayrim toifalariga imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beruvchi maxsus ish stajini belgilash tartibi quyidagilar bilan tasdiqlanadi:

  • uchuvchilar va sinovchi-uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar uchun — uchish (parashut) daftarchasi bo‘yicha. Uchish daftarchasi bo‘lmagan taqdirda uchish soatlari uchuv- chilar tarkibining uchish soatlarini hisobga oluvchi buxgalteriya ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanishi mumkin. Sinovchi-uchuvchilar tarkibiga kiruvchi ayrim xodimlarning tajriba texnikasini sinash ishi bilan band bo‘lgan korxonalar (birlashmalar) va tashkilotlar tomonidan beriladigan ma’lumotnomalar bo‘yicha tasdiqlanadi1 .

  1. Òeatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari va jamo- alari artistlarining ayrim toifalariga imtiyozli pensiya ta’minoti olish huquqini beruvchi maxsus ish staji mehnat daftarchasi bo‘yicha tasdiqlanadi.

Mehnat daftarchasida kasb (lavozim)ning nomi, janr bo‘yi- cha tegishliligi, bajariladigan ish xarakteri yoki ishlagan tashki- lotning maqomi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar bo‘lmagan hol-



1 Qarang: Uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodim- larga pensiya tayinlash uchun belgilangan ish stajini hisoblash tartibi. Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 4-ilova.
larda maxsus staj ish joyidan berilgan va ushbu shaxsga tegishli ma’lumotlar bo‘lgan ma’lumotnoma asosida tasdiqlanadi.

  1. Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlagan va mehnat daf- tarchasi bo‘lmagan shaxslar. 1991-yil 1-yanvargacha fuqarolarda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlagan va mehnat daftarchasi bo‘lmagan shaxslar (uy xodimlari, enagalar, kotibalar, kompyu- terda sahifalovchilar, stenografistkalar, qorovullar, bog‘bonlar, haydovchilar va boshqalar)ga nisbatan ularning uy xo‘jaligidagi ish davri ishtirokida ishga yollovchi bilan xodim o‘rtasida shart- noma tuzilgan kasaba uyushmasi tashkilotining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi.

Bunday ma’lumotnomalarni olish imkoni bo‘lmagan hollarda (jumladan, ayrim fuqarolarda ishlash kasaba uyushmasi organ- larida ro‘yxatga olinmagan hollarda ham) stajni tasdiqlash uchun ishga yollovchi tomonidan berilgan ma’lumotnomalar qabul qilinadi, nabodo ular vafot etgan taqdirda — ishga yollovchining rafiqasi yoxud ushbu davrda birga yashagan uning boshqa oila a’zosi (bu vaqtda voyaga yetmagan qarindoshlaridan tashqari) tomonidan berilgan ma’lumotnoma qabul qilinadi.
Ma’lumotnomani bergan shaxs imzosining haqiqiyligi mahal- la, qishloq (shaharcha), ovul (uy-joy organi) fuqarolar yig‘ini tomonidan tasdiqlanadi.
Qayd etib o‘tilgan ma’lumotnoma tekshirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Òekshirish dalolatnomasi tegishli bajarilganligidan guvohlik beruvchi ma’lumotlar (qo‘shnilarning ko‘rsatmalari, uy daftarlari va mahalla, qishloq (shaharcha), ovul fuqarolari yig‘inining hujjatlari bo‘yicha ma’lumotlar) asosida ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan tuziladi.

  1. Podachi bo‘lib ishlaganlik. 1991-yil 1-yanvarga qadar fuqarolar jamoasi — chorva mollari egalari bilan tuzilgan shart- noma bo‘yicha podachi bo‘lib ishlaganlik haqidagi ish stajining isboti sifatida tuzilgan shartnoma, kasaba uyushmasi tashkilot- larining ma’lumotnomalari, bajarilganligi qayd etilgan shartno- malarning o‘zi, shuningdek, fuqarolar jamoasi — chorva mollari egalarining vakolatli vakillari tomonidan berilgan va tekshirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan ma’lumotnomalar hisoblanadi. Shartnoma mahalla, qishloq (shaharcha), ovul fuqarolarining yig‘ini ishtirokida tuzilgan hollarda bu yig‘inlarning ma’lumot- nomalari e’tiborga olinadi.

Yuqorida qayd etilgan xodimlarga mehnat faoliyati staji 1991-yil 1-yanvardan keyin faqat Pensiya jamg‘armasi organlari tomo- nidan beriladigan ma’lumotnomalar bo‘yicha, 2001-yil 1-yan- vardan keyin esa — ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan beri- ladigan ma’lumotnomalar bo‘yicha belgilanadi.



    1. Download 344,34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish