O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RÒA MAXSUS ÒA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
YO‘LDOSH ÒURSUNOV
IJÒIMOIY ÒA’MINOÒ HUQUQI
Kasb-hunar kollejlari uchun darslik
„O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI ÒOSHKENÒ — 2013
UO‘K 349.3(075)
KBK 60.54 T-95
Y. ÒURSUNOV. Ijtimoiy ta’minot huquqi. (Kasb-hunar kollejlari uchun darslik)
Òaqrizchilar : R. K. Nabiyeva — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Òoshkent shahar, Olmazor tu- mani bo‘lim boshlig‘i;
Sh.M. Gaziyev — ÒDYI „Mehnat va ijtimoiy himoya huquqi“ kafedrasi o‘qituvchisi, y.f.n.
Òa’lim standartlari talablariga mos darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan dolzarb vazifa- lardan biri bo‘lib, zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Kasb-hunar kollejlari tizimi orqali tayyorlanayotgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini fan va amaliyotda yuz berayotgan nazariy hamda amaliy jarayonlar, yangilanishlar bilan yaqindan tanishtirish, ularga huquqiy islohotlarimiz sohasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar, qonunimizdagi tub o‘zgarishlar haqida yetarli axborot va ma’lumot berish, chuqur kasbiy ko‘nikma va bilimlar yetkazish zamonamizning dolzarb vazifalaridan sanaladi.
Mazkur darslik kasb-hunar ta’limi muassasalarida „Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fanini o‘qitish dasturiga muvofiq tayyorlandi va unda ushbu fan bo‘yicha o‘quv dasturiga muvofiq bilimlar berish nazarda tutildi.
Darslik amaliyotchi mutaxassislar, o‘qituvchilar, korxona va tashki- lotlarning rahbarlari pensiyalar va ijtimoiy himoya qonunchiligi masalalari bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.
ISBN 978-9943-02-693-3 © „O‘qituvchi“ NMIU, 2013
2
KIRIS H
Jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va tangliklar avj olayotgan davrda mamlakatimiz iqtisodi, ijtimoiy sohalari, madaniy-ma’naviy hayotida qo‘lga kiritilayotgan salmoqli yutuqlar oldimizga qo‘yilgan ezgu va oliy maqsad real amalga oshishini, ko‘zlagan manzilimizga ishonch bilan intilayotganimizni yaqqol isbotlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaga- nidek: „Haqiqatan ham, qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqi- yotimiz mobaynida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan mar- ralar — aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko‘paygani, turmush darajasining sezi- larli ravishda yaxshilangani va buning natijasida bolalar o‘limi uch barobar kamaygani, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi
75 yoshga yetganini mamnuniyat bilan ta’kidlasak arziydi, deb o‘ylayman“1.
Ushbu fikrlar mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularning zamo- naviy bilimlarga, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, mamla- katimizning bugungi kuni va istiqboli uchun nechog‘liq katta ahamiyat kasb etishini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquqning mustaqil subyekti sifatida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, xalqaro norma va qoidalarni tobora kengroq milliy qonunchiligimizga singdirib borilayotgani, demokratlashtirish va erkinlashtirish jara- yonlarining jadal rivojlanayotgani, inson huquqlari bebaho qad- riyat sifatida e’tirof qilingani va davlat organlari, jamoat birlash- malari faoliyati inson manfaatlariga bo‘ysundirilganligi mazkur darslikda o‘z aksini topgan.
1 I.A. Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Ò., „O‘zbekiston“ NMIU, 2010, 4—5-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |