Ijtimoiy p65


„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fanining metodi. Fanning tizimi



Download 344,34 Kb.
bet3/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fanining metodi. Fanning tizimi


„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fani — davlatga oid huquq sohasi sifatida o‘z predmeti sanaluvchi ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos usullari (metod) bilan tartibga soladi.
Ijtimoiy ta’minot huquqi imperativlikka tayangani holda ish ko‘radi va qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarining qat’iyligi, munosabatning ishtirokchilar kelishuviga ko‘ra o‘zgar- tirilmasligi, kelishuv asosida ish ko‘rib bo‘lmasligi diqqatga sazovordir.
„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fani va ijtimoiy ta’minot qonun- chiligi tarmog‘i o‘zaro o‘xshash, ayni paytda bir-biridan farq qiluvchi tizimga ega.
Ijtimoiy ta’minot huquqi tizimi deganda, ushbu fanga xos bo‘lgan asosiy huquqiy institutlarning o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lgani holda yagona fan predmeti sifatida o‘zaro bog‘liqligi va yaxlit holdaligi nazarda tutiladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi umumiy va maxsus qismlardan iborat.
„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fanining umumiy qismi fan tushunchasi, predmeti, metodi, manbalari va tamoyillari, ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat va uning subyektlari, mehnat staji va uning ahamiyati kabi institut va tushunchalarni qamrab oladi.
„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fanining maxsus qismi ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy muhofazalash bilan bog‘liq bo‘lgan aniq va ayrim munosabat turlari, ularning yuzaga kelishi, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya yordamlarini ta’minlab berilishi masalalarini o‘zida aks ettiradi. Bular jumlasiga: davlat pensiya- larini tayinlash va to‘lash, fuqarolarning nafaqalar bilan ta’min- lanishi, ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish, davlat ta’minotiga olish va ijtimoiy imtiyoz va yordamlar berish kabilar kiradi. Shuningdek, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya sohasidagi xal- qaro hamkorlik, jahon mamlakatlarining ilg‘or tajribasini o‘rga- nish, ijtimoiy ta’minot sohasida qonuniylikni ta’minlash va javob- garlik masalalari ham fanning maxsus qismida o‘rganiladigan predmetlardan sanaladi.
Ijtimoiy ta’minot qonunchiligi sohasining tizimi uning oldiga
qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ijtimoiy ta’minot qonunchiligi tizimi o‘z ichiga fuqarolarni davlat pensiyalari bilan, jamg‘arib boriladigan pensiya bilan ta’minlash, davlat ijtimoiy sug‘urta nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar tayinlash va to‘lash, ularga tibbiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatish, natural holdagi ijtimoiy xizmatlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy to‘lov- lar, davlat ta’minotiga olish va ijtimoiy muassasalar faoliyatini tartibga solish, fuqarolarga ijtimoiy imtiyoz va yengilliklar berish kabi masalalardagi qonunchilik va qonunosti hujjatlari majmuyini qamrab oladi.
„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fani sohaning va fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti hamda ijtimoiy himoyasini rivojlantirishining ilmiy-nazariy masalalari, qonunchilikni takomillashtirish muam- molari, mutaxassis kadrlar tayyorlash va boshqa nazariy hamda amaliy masalalar bilan shug‘ullanadi.
Ijtimoiy ta’minot huquqining qonunchilik tarmog‘i esa fuqa- rolarni ijtimoiy ta’minlash va himoya qilish bilan bog‘liq muno- sabatlarini tartibga solish, bunday ta’minotlarni berish shartlari va tartiblarini belgilash, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoyalash munosabatlarida fuqarolarning huquq va manfaatlarini, davlat va jamiyat manfaatlarini samarali himoyalash, qonunbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilash vazifalarini bajaradi.



    1. Download 344,34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish