Ijtimoiy ta’minot huquqi tamoyillari tushunchasi va ularning tavsifi hamda ularning aholini ijtimoiy



Download 142,5 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi142,5 Kb.
#827848
Bog'liq
IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQINING ASOSIY TAMOYILLARI

  • Ijtimoiy ta’minot huquqi tamoyillari tushunchasi va ularning tavsifi hamda ularning aholini ijtimoiy
  • ta’minlash va himoyalashdagi o‘rni
  • Ijtimoiy ta’minot huquqining tamoyillari umumhuquqiy ta- moyillardan hamda turli shakllardagi ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishiga bevosita taalluqli bo‘lgan o‘ziga xos tamoyillardan iboratdir.
  • Ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida qonuniylikka amal qilish, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, insonparvarlik, demokratizm kabi umumhuquqiy tamoyillarga so‘zsiz amal qiladi. Bu tamo- yillarning ro‘yobga chiqarilishi Respublikamiz Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar bilan to‘la kafolatlangan bo‘lib, ulardan qandaydir tarzda chekinish inson huquqlarining poymol etilishi sifatida baholanadi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy javobgarliklarni keltirib chiqaradi.
  • Yuqoridagilardan tashqari ijtimoiy ta’minot huquqining o‘ziga xos, maxsus tamoillari ham mavjud bo‘lib, bu tamoyillar ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishiga, u yoki bu shakldagi ijtimoiy yordam xususiyatlariga va boshqalarga taalluqli bo‘ladi.
  • Ijtimoiy ta’minot huquqining maxsus tamoyillari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: Ijtimoiy ta’minotning umumiyligi va keng qamrovli tusga egaligi. Bunda fuqarolarni millati, jinsi, ijtimoiy mavqeyi va boshqa farqlaridan qat’i nazar muayyan ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgani taqdirda teng asoslarda ijtimoiy ta’minot olishlari tushuniladi. Shuni qayd etish kifoyaki, bugungi kunda uch yarim millionga yaqin fuqarolar davlat pensiyalari bilan, yuz minglab oilalar hamda ehtiyojmand fuqarolar nafaqalar va boshqa moddiy yordam olmoqdalar, ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan katta moliyaviy mablag‘lar sarflanmoqda.
  • Ijtimoiy himoyaning manzilli va aniq yo‘naltirilganligi hamda boqimandalikka yo‘l qo‘yilmasligi. Ijtimoiy himoya choralari o‘zining salomatligi, ahvoli, yoshi, oilaviy sharoiti yoki boshqa obyektiv sabablarga ko‘ra, o‘zini o‘zi mustaqil ta’minlashga qodir
  • bo‘lmagan, davlat va jamiyat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan va muhtoj deb topilgan fuqarolar va oilalargagina ko‘rsatilishi mumkin.
  • Bozor munosabatlari chog‘ida o‘z salohiyat va imkoniyat- laridan to‘liq foydalanmagan holda davlat yordamiga ko‘z tikishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, zero, davlatning barcha fuqarolarini teng
  • va yalpisiga ijtimoiy ta’minlash imkoni mavjud emas. Shu sababli mehnatga yaroqli fuqarolar eng avvalo, o‘z kuch va imkoni- yatlariga tayanmoqlari lozim. Ijtimoiy himoyaning aniq yo‘nal- tirilganligi va manzilli tarzda amalga oshirilishi qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan1.
  • Ijtimoiy ta’minot uchun ajratiladigan mablag‘ning yetarli darajadaligi. Ya’ni: pensiyalar miqdorini belgilash paytida turmush kechirish uchun zarur bo‘lgan eng kam mablag‘ ko‘rsatkichi, iste’mol dasturi tarkibiga kiruvchi eng zarur mahsulotlar va xizmatlar to‘plami uchun zarur bo‘lgan mablag‘ning eng kam darajasi e’tiborga olinishi ushbu tamoyil mohiyatini tashkil etadi. Pensiyalarning eng kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi hamda ushbu eng kam miqdordan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi, vaqt-vaqti bilan qayta ko‘rilib, indeksatsiya qilib turilishi orqali mazkur tamoyil ro‘yobga chiqariladi.
  • Ijtimoiy ta’minotning yetarli darajada bo‘lishi tamoyili BMTning 1966- yil 19-dekabrdagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 11-moddasi, 1-bandida nazarda tutilgan: „Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishi o‘zi va oilasi uchun yetarli oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy- joy hamda turmush sharoiti to‘xtovsiz yaxshilanib borishini o‘z ichiga oladigan yetarli turmush darajasi bo‘lishi huquqini e’tirof etadi“ degan qoidaga asoslanadi.
  • Ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona va tashkilotlar, jamoat birlashmalarining bevosita ishtirok etishlari tamoyili. Mamlakati- mizda fuqarolik jamiyati barpo etilayotganligi, kuchli davlatchilik- dan kuchli jamiyatga tomon rivojlanib borilayotganligi namoyon bo‘lishi ko‘rinishlaridan biri — davlatga xos funksiyalar jamiyatga o‘tkaza borilayotganligida, avval davlat organlari bajarib kelgan vazifalar bosqichma-bosqich fuqarolar yig‘inlari, boshqa jamoat organlari zimmasiga yuklanayotganligida ko‘zga tashlanadi.
  • 1 Islom Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash — davr talabi. 5-kitob. T. „O‘zbekiston“. 1997- yil. 288-bet.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yan- vardagi „Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida“gi Farmoni qabul qilindi.
  • Bugungi kunda ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida korxona va tashkilotlar, ularning mehnat jamoalari, turli nodavlat nohukumat jamg‘armalari, xayriya tashkilotlari, tadbirkor fuqa- rolar va boshqa shaxslar ham ishtirok etib kelmoqdalar. Bu tendensiyaning tobora kuchayib borishi bashorat qilinmoqda. Binobarin, ojizlarga rahm-shafqat qilish, yordam qo‘lini cho‘zish, saxovatpeshalik, bag‘rikenglik o‘zbek xalqining milliy xususiyati bo‘lib, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan bebaho an’analari- mizdan, qadimiy qadriyatlarimizdan sanaladi.
  • Mamlakatimizda xilma-xil shakllarda ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilish tamoyili. Ijtimoiy ta’minotga oid qonunchilik hujjatlarida ta’minot har xil shakllarda, xususan, pensiyalar, bir martalik moddiy yordamlar, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, muayyan imtiyozlar va turlicha yengilliklar ko‘rinishida amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Kelgusida ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakllari yanada xilma-xillashuvi, shaklan mukammallashib borishi kutilmoqda.
  • Ijtimoiy ta’minotning qaysi shaklda amalga oshirilish masalasi aniq shart-sharoitlarni hisobga olgan holda qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
  • Ijtimoiy ta’minotning asosiy shakli pensiyalar va nafaqalar berishdan iborat ekanligi shubhasiz
  • hamda ijtimoiy ta’minotning ushbu ikki shakli yetakchi mavqeyini saqlab qolishi aniq, ammo pensiya va nafaqalar ham shaklan takomillashib borishi tabiiy holdir.
  • Ijtimoiy ta’minotni nodavlat, homiylar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishining davlat tomonidan har tomonlama rag‘batlan- tirilishi va qo‘llab-quvvatlanishi tamoyili.
  • Odatda, fuqarolar ijtimoiy ta’minot uchun oldindan badallar to‘lamaydilar (qonunda inobatga olingan hollardan, yakka tad- birkor va dehqon xo‘jaligi a’zosi bo‘lgan fuqarolardan tashqari) va ijtimoiy ta’minot budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ammo kelgusida pensiya ta’minoti tizimlarida islohotlar qilinishi natijasida fuqarolarning shaxsiy mablag‘lari hisobiga parallel pensiya ta’minoti
  • tizimlari ham vujudga keltirilishi mumkin. Jahonning ayrim rivojlangan mamlakatlarida ana shunday nodavlat ijtimoiy ta’minot tizimlarining mavjudligi va amal qilib turganligi, hozirda mustaqil bo‘lgan hamdo‘stlik davlatlarining ba’zilarida ham shunday nodavlat pensiya ta’minoti tizimlarini barpo etilayotganligi bizning mamlakatimizda ham kelgusida ana shunday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini istisno etmaydi1.
  • Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirilishi ustidan davlat va jamoat nazoratining o‘rnatilganligi tamoyili.
  • Ijtimoiy ta’minotga oid mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lanishi, maqsadga muvofiq va to‘g‘ri sarflanishi, ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi davlat hamda jamoat organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining qonuniyligi ustidan umumiy nazoratni O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari amalga oshiradi.
  • O‘zbekiston Respublikasining „Prokuratura to‘g‘risida“gi qonunining 4-moddasiga muvofiq: „Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va
  • boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
  • fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qara- tilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish“2 prokuratura organ- lari faoliyati yo‘nalishlaridan sanaladi.

Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish