1. Fuqarolik huquqi tushunchasi Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari



Download 131,5 Kb.
bet1/2
Sana30.03.2022
Hajmi131,5 Kb.
#518319
  1   2
Bog'liq
fuqarolik xuquqida yuridik faktlarni belgilash va bu borada xuquqni qo\'llash


Reja:

  1. 1.Fuqarolik huquqi tushunchasi

  2. Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari

  3. Fuqarolik huquqi tizimi

  4. O`zbekistonda fuqarolik huquqining asosiy rivojlanish bosqichlari

Kirish
Fuqarolik huquqi O`zbekiston Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo`lib, mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish davrida fuqarolar va boshqa sub`-yektlarning moddiy, ma`naviy ehtiyojlarini tobora to`laroq qon-dirish maqsadida mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda bo`lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish, mustahkamlashga qaratilgan huquq normalari yig`indisidan iboratdir. Sodda qilib aytganda, fuqarolik huquqi - yuridik jihatdan teng bo`lgan subyektlar o`rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy muno-sabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig`indisidir. Fuqarolik huquqining huquq sohalari tizimida tutgan o`rnini anglash uchun, dastavval ushbu huquq sohasi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarni tahlil etish lozim.
Ijtimoiy munosabatlar tizimida fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar keng o`rinni egallaydi. Ayniqsa, bu munosabatlar kishilar o`rtasidagi o`zaro iqtisodiy muomalada, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan harakatlarda ko`p uchraydi.
Fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar doirasi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasida belgilab qo`yilgan. Bunga asosan fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo`lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o`zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog`liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Bu munosabatlar doirasida mulkiy munosabatlar yetakchi o`rinni egallaydi.
Mulkiy munosabatlar deganda, iqtisodiy munosabatlar, ya`ni ishlab chiqarish vositalari, iste`mol buyumlari, umuman kishi meh-natining har qanday mahsulotlarni yaratish, egallash, foydalanish va tasarruf etish bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Fuqarolik huquqi tushunchasi
Mulkiy munosabatlarning barchasi ham fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinavermaydi. Ba`zi mulkiy munosa-batlar huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Huquqiy munosabatda qatnashuvchi bir tarafning ikkinchi tarafga ma`muriy jihatdan bo`ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlar - ma`muriy huquq normalari bilan, soliq va budjet bilan bog`liq munosabatlar - moliya huquqi normalari bilan, shuningdek yer bilan bog`liq munosabatlar - yer huquqi normalari bilan, mehnat shartnomasi hamda intizomiy bo`ysunuv bilan bog`liq munosabatlar - mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik huquqi asosan muayyan ekvivalent (tenglik) baroba-ri bilan belgilanadigan, qiymat, baho bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari teng darajada ko`riladigan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Mulkiy xarakterdagi huquqiy munosabatlar, ya`ni fuqarolar va tashkilotlarning moddiy boyliklarni yaratish, ularni egallash, bu boyliklardan foydalanish, ularni tasarruf etishda bo`lgan o`zaro huquqiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlaridan, ya`ni ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqadi hamda ular bilan chambarchas bog`liq holda ko`riladi.
Fuqarolik huquqi iqtisodiy munosabatlarni maxsus yuridik shaklda mulkiy-huquqiy munosabatlar shaklida rasmiylashtiradi va mustahkamlaydi.
Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlarining huquqiy shakli sifatida ko`riladi. Shu ma`noda mulkiy munosabatlar shaxslar o`rtasidagi, ularning erklari bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarning alohida toifasini - huquqiy munosabatlarni bildiradi.
Fuqarolik huquqi mulkning barcha shakllari - xususiy va ommaviy mulkni mustahkamlash, tasarruf qilish huquqlarini belgilaydi, ushbu huquqlarni amalga oshirishni rasmiylashtiradi, qo`riqlaydi hamda kafolatlaydi.
Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar doirasi nihoyatda keng. Bular jumlasiga oldi-sotdi, xilma-xil buyurtmalar qabul qilish (ijro etish), turar-joylarni ijaraga qo`yish va ijaraga olish, korxonalar, tashkilotlarning bir-biriga mahsulotlar yetkazib berish, qurilish ishlarini amalga oshirish, transport korxonalari orqali yuk va yo`lovchi tashish, yetkazilgan zararni qoplash, qonun va vasiyat bo`yicha meros olish, umuman har qanday shakldagi mulkni egallash, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish bilan bog`liq bo`lgan munosabatlar kiradi.
Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy ko`rinishda bo`lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar ikki turga: mulkiy munosabatlar bilan bog`liq bo`lgan shaxsiy munosabatlarga va mulkiy munosabatlar bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy munosa-batlarga (shaxsiy nomulkiy) bo`linadi.
Mulkiy munosabatlar bilan bog`liq bo`lgan munosabatlarga intellektual faoliyat natijalariga bo`lgan va mualliflik huqu-qiga doir munosabatlarni misol qilib,ko`rsatish mumkin. Bu muno-sabatlarda faqat mulkiy munosabatlarnigina emas, balki ular-ning shaxsiy huquqlarini ham, chunonchi, asarni o`z nomidan, ta xal-lusi ostida yoki nomini ko`rsatmasdan anonim tarzda nashr etish (FKning 1053-moddasi), asarning daxlsizligi huquqlari, ixtiro-ning muallifi bo`lib tanilish huquqi va boshqa huquqlarni belgilaydi.
Mulkiy munosabatlar bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy munosa-batlarga FKning 100-moddasida ko`rsatilganidek, fuqaro o`zining sha`ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro`siga putur yetkazuvchi ma`lumotlarni tarqatgan shaxs basharti ularning haqiqatga to`g`ri kelishini isbotlay olmasa, sud orqali raddiya talab qilish huquqi va shu kabi boshqa huquqlar misol bo`ladi.
Mulkiy xarakterda bo`lmagan shaxsiy munosabatlar shaxsning o`zi bilan bevosita bog`liq bo`lgan va undan begonalashtirilmay-digan huquqlardir. Bunday huquqlar jumlasiga fuqaroning ismiga bo`lgan huquqi (FK, 19-modda), o`z tasviri (surati)ning daxlsizligi-ga bo`lgan huquq, mualliflik huquqi (FK, 1046-modda), mualliflik nomiga bo`lgan huquq (FK, 1051-modda) va hokazolar kiradi.
Garchi fuqarolik huquqi shaxsiy munosabatlarning ko`plab turini tartibga solsa-da, lekin har qanday shaxsiy huquqiy muno-sabatlar ham fuqarolik huquqi bilan tartibga solinavermaydi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasi, 4-ban-diga asosan shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabat-lar bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o`zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonunlari bilan tartibga solinadi. Ushbu modda qoidasi tegishli yo`sinda yuridik shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolik huquqining o`ziga xos uslubi va xususiyatlari bor, bu bilan u o`ziga yondosh bo`lgan boshqa huquq sohalaridan ajralib turadi. Chunonchi, fuqarolik huquqi oila huquqi, moliya huquqi, ma`muriy huquq, davlat huquqi, mehnat huquqi, yer huquqi bilan bevosita bog`liq bo`lsa ham, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartib-ga solishda bu huquq sohalaridan ma`lum darajada farq qiladi. Dastlab fuqarolik huquqining oila huquqidan farqi to`g`risida shuni aytish kerakki, oila huquqi nikoh hamda oilaga taalluqli bo`lgan munosabatlarni, er-xotin, ota-onalar bilan bolalar o`rta--sidagi, oilaning boshqa a`zolari o`rtasidagi munosabatlarni, far-zandlikka olish, shuningdek davlat organlarining oilani mustah-kamlash hamda onalar va bolalarga moddiy yordam ko`rsatishga taalluqli munosabatlarni tartibga soladi. Bu huquq fuqarolik huquqining ma`lum bir qismi bo`lib qolmay, huquqning alohida sohasi hisoblanadi. Nikoh va oilaga oid munosabatlar maxsus kodeks – O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksi[1] bilan tartib-ga solinadi. Oila huquqida mulkiy munosabatlar emas, balki shax-siy huquqiy munosabatlar ustunlik qiladi. Bu munosabatlar oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlarning xususiyatlarini belgilaydi. Misol qilib aliment majburiyat-larini olsak, bu majburiyatlar mulkiy xarakterda bo`lgan muno-sabatlardan emas, balki shaxsiy, oilaviy (er va xotinlik, qarin-doshlik) munosabatlaridan kelib chiqadi.
Oila huquqining fuqarolik huquqidan farq qiluvchi asosiy xususiyati shundaki, oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar va shaxsiy nomulkiy munosabatlar faqatgina bitta oila a`zosi o`rtasida vujudga keladi hamda bu yerda fuqa-rolik huquqi uchun eng asosiy o`rinni egallaydigan keng ma`nodagi mulkiy muomala kuzatilmaydi. Agar oila a`zolari o`rtasida o`zaro fuqarolik muomalasi (oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash) amalga oshi-rilsa ham, bu holat oila huquqi me`yorlari bilan emas, fuqarolik huquqi me`yori bilan tartibga solinadi.

Mulkiy munosabatlarda davlat hokimiyati organlari qatna-shib, mazkur munosabatlarda ishtirok etuvchilarga o`z erklarini buyursalar, bunday mulkiy munosabatlar fuqarolik huquqiga emas, balki ma`muriy huquqqa taalluqli bo`ladi. Chunonchi, yuqori davlat organining o`z vakolati doirasida chiqarilgan buyrug`iga muvofiq muayyan binolar, uskunalarni topshirish-qabul qilish bilan bog`liq munosabat ma`muriy-huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Agar mul-kiy munosabatlarda davlat organlari fuqarolik muomalasining ishtirokchisi sifatida bir-birlariga nisbatan teng huquqli bo`lib va bir-birlariga o`zlarining erklarini buyruqlar tartibida buyu-ra olmaydigan bo`lib qatnashsalar, bunday munosabatlar fuqarolik huquqiga taalluqli bo`ladi.


Soliqlar olish, tashkilotlarni pul mablag`lari bilan ta`min-lash, fuqarolarga pul ssudalari berishga doir va boshqa bir muncha munosabatlar moliya huquqi tomonidan tartibga solinadi.
Shaxsiy huquqlar faqat fuqarolik huquqi bilan qo`riqlanmay-di. Fuqarolarning saylov huquqlari va boshqa siyosiy huquqlari, masalan, O`zbekiston Konstitutsiyasida ko`rsatilgan fuqarolarning shaxsiy huquqlari davlat huquqi tomonidan qo`riqlanadi.
Mehnat munosabatlari alohida guruhga kiradigan munosabat-lardir. Mehnat muhofazasi, mehnat intizomi, ish haqi, ish vaqti va dam olish vaqti ijtimoiy sug`urta va mehnat bilan bog`liq bo`lgan boshqa xususiy munosabatlar mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadi.
Tashkilotlar va fuqarolarning yerdan, suvdan foydalanish sohasidagi munosabatlari ma`muriy-huquqiy xarakterga ega bo`lib, yer va suv qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Keyingi paytlarda bozor iqtisodiyoti samarasi o`laroq, O`zbekiston Respublikasi huquq tizimiga kirib kelgan va bozor iqtisodiyotida vujudga kelgan yangi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquq sohalari: tadbirkorlik huquqi, xo`jalik huquqi, xalqaro xususiy huquqdan fuqarolik huquqining farqli jihatlarini ajratib ko`rsatish muhimdir. Dastavval fuqarolik huquqining tarkibiy qismi hisoblangan xo`jalik huqu-qi, xalqaro xususiy huquq o`tgan asrning o`rtalarida alohida huquq sohasi sifatida talqin etila boshlangan bo`lsa, tadbirkorlik huquqi to`g`risidagi fikrlar respublikamiz mustaqillikka erishgach vujudga kela boshladi. To`g`ri huquqshunos olimlar xalqaro xususiy huquqni alohida huquq sohasi sifatida tan olsa-da, xo`jalik huquqi va tadbirkorlik huquqini (ba`zi hollarda ikkalasi bitta huquq sohasi tadbirkorlik (xo`jalik) huquqi deya talqin etilmoqda (ta`kid - muallifniki I.B.). Mustaqil huquq sohasi sifatida e`tirof etishga doir bahsli fikr bildiradilar.
Shunday bo`lsa-da, ularning fuqarolik huquqidan farqli ji-hatlarini ko`rsatib o`tamiz. Chunki yuqoridagi muayyan munosabatlar-ni tartibga soluvchi huquqlarni (alohida huquq sohasi deb atashga bizningcha hali erta) alohida huquq sohasi yoki huquq sohasi emasligi masalasini tadqiq etish mazkur darslikning predmetini tashkil etmaydi.
Xalqaro xususiy huquq fuqarolik huquqidan farq qilib, chet el elementi bilan murakkablashgan mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. O`z o`zidan ravshanki, agar mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarda chet el elementi ishtirok etsa, bunday munosabat xalqaro xususiy huquq predmeti hisoblanadi[2].
Xo`jalik va tadbirkorlik huquqi tomonidan tartibga solina-digan munosabatlar esa, xo`jalik yurituvchi subyektlarning tashki-liy boshqaruv, ularning o`z faoliyatini amalga oshirishi uchun turli xil fuqarolik-huquqiy shartnomalarga kirishi bilan bog`liq bo`ladi (mutaxassislar hozirgacha bu huquq sohasining predmetini aniq talqin etisha olmadi).
Fuqarolik huquqi huquqning boshqa sohalari kabi o`zi tar-tibga soladigan huquqiy munosabatlarga, ularning ishtirokchilari xatti-harakatlariga ta`sir ko`rsatish maxsus vositalar va usullar yig`indisidan, ya`ni o`z uslubidan foydalanadi. Qo`riqlash funksiya-sini bajaruvchi huquq sohalaridan (jinoyat huquqi, ma`muriy huquq va sh.k.) farqli ravishda fuqarolik huquqi, eng avvalo, normal huquqiy munosabatlarga ta`sir ko`rsatadi. Uning tartibga solish uslubidagi o`ziga xos xususiyatlar:

-fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilarning teng huquqqa ega bo`lishlari, ularga imkon boricha erkinlik, mustaqillik va tashabbuskorlik berilishida;


- fuqarolik huquqida imperativ me`yorlardan ko`ra, dispo-zitiv me`yorlarning kengroq qo`llanishida;
- fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javob-garlikning mulkiy xarakterda bo`lishida;
- buzilgan huquqlarning sud orqali da`vo bildirish tarti-bida himoya qilinilishida;
-buzilgan fuqarolik huquqini himoya qilishda uni tan olish, tiklash, huquqni buzadigan harakatlarga chek qo`yish, yetkazilgan zararlarni undirib olish va shu kabi choralar qo`llanilishida namoyon bo`ladi.


Download 131,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish