Davlat xizmatining muayyan turlari bilan band bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda ma’lum lavozimda yoki faoliyatning muayyan turi bilan band bo‘lgan hollarida bu davr mehnat stajiga hisoblanishdan tashqari qo‘shimcha imtiyozlar berilishiga ham asos bo‘lishi mumkin. Bunday davr uzoq yillik xizmat davri deb nomlanadi.
Ma’lum lavozim yoki vazifada uzoq vaqt mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish xodimga maxsus unvon va martabalar berilishida, mehnat ta’tillari miqdorining belgilanishida, davlat pensiyalari tayinlanishida qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan boshqa hollarda imtiyoz va yengilliklar berilishiga olib keladi.
Uzoq yillik xizmat davri quyidagi hollarda hisobga olinadi va imtiyoz berilishiga asos bo‘ladi:
harbiy xizmatni (muddatdan tashqari) o‘tash davri;
prokuratura organlaridagi xizmat davri va boshqalarni qamrab oladi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-maydagi 180-son Qarori bilan tasdiqlangan „O‘zbe- kiston Respublikasi davlat soliq organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida Nizom“ning 30-bandiga ko‘ra davlat soliq organlari mansabdor shaxslariga maxsus unvonlar berish ularning uzoq yillik xizmat davri hisobga olingani holda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari mansabdor shaxslarining lavozim maoshlariga uzoq yillar xizmat qilganlik uchun har oylik ustama haq miqdorlari ham ularning uzoq yillik xizmat davri muddatiga ko‘ra belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining „Prokuratura to‘g‘risida“gi qo- nuniga ko‘ra (yangi tahriri) Prokuratura organlari xodimlariga
egallab turgan lavozimlari va mehnat stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi.
Prokuratura organlari xodimlariga muddati o‘ttiz kalendar kunidan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. O‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimla- riga besh kalendar kuni, yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga esa o‘n kalendar kuni qo‘shimcha ta’til beriladi.
Uzoq yillik xizmat davri o‘rta umumta’lim, kasb-hunar bilim yurtlarida, sog‘liqni saqlash muassasalarida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ahamiyatga ega.
KALIÒSO‘ZLAR.Ish staji. Umumiy ish staji. Maxsus ish staji. Mehnat daftarchasi. Ish stajini hisoblash. Ish stajini imtiyozli hisoblash. Ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan davrlar. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar. Yagona ijtimoiy to‘lov. Yakka tadbirkor va dehqon xo‘jaligi a’zolari mehnat staji. Uchuvchilarning ish staji. Ish stajini guvohlar ko‘rsatmasiga ko‘ra tasdiqlash. Uzoq yillik xizmat davri.
Bilimingiznisinabko‘ring
Ish staji deganda nima nazarda tutiladi va uning ijtimoiy ta’minot huquqida qanday ahamiyati bor?
Umumiy va maxsus ish staji haqida so‘zlab bering.
Ish stajini tasdiqlashda mehnat daftarchasining ahamiyati qanday?
Mehnat stajini imtiyozli hisoblash nima degani?
Mehnat stajiga qaysi davrlar qo‘shib hisoblanadi va ularning chegarasi qanday belgilangan?
Uzoq yillik xizmat davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash qanday amalga oshiriladi?
Uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar mehnat staji qanday hisoblanadi?
Yakka tadbirkorlar ish stajini hisoblash qanday amalga oshiriladi?
Ish staji yuzasidan nizolar qanday ko‘rib chiqiladi?