Ijtimoiy p65



Download 344,34 Kb.
bet11/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Mehnat stajini hisoblash


Mehnat staji miqdori va sifatining to‘g‘ri belgilanishi, aniq hisob-kitob qilinishi fuqarolar ijtimoiy ta’minotining amalga oshirilishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, qonuniylik hamda ijtimoiy adolat tamoyillari qaror topishiga xizmat qiladi.
Amaldagi qonunchilik normalarida ish stajini hisoblash tartibi va shakllari aniq-ravshan belgilab berilgan bo‘lib, mazkur tartibga qat’iy rioya etilishi pensiya tayinlovchi organlarning ham, ish beruvchilarning ham muhim majburiyati sanaladi.
Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo‘- lib, ish stajini undagi yozuvlar asosida aniqlanadi hamda hi- soblab chiqariladi.
Mehnat daftarchasi uni yuritish tartibini belgilovchi nor- mativ-huquqiy hujjatlarga to‘la rioya etilgani holda rasmiylash- tirilgan, ish faoliyati haqidagi yozuvlar unda belgilab qo‘yilgan tartibga ko‘ra kiritilgan bo‘lishi lozim.
Mehnat daftarchasi mavjud bo‘lmagan yoki unda tegishli ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Pensiya jamg‘armasi organlari tomonidan berilgan sug‘urta badallari to‘langanligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar ish stajini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Bud- jetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta ba- dallari to‘langan taqdirda chet elda ishlangan davrlar mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi. Bunda davlatlararo kelishuvlarda boshqa qoida belgilangani hollarda ish stajini hisobga olish mazkur qoidalar talablari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ishlagan davri uchun vakolat bergan organlar tomonidan mehnat daftar- chasiga kiritilgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning chet eldagi ish davri O‘zbekiston Respublikasida ishlagan davriga to‘g‘ri keladigan stajning 1/3 hissasidan oshmagan miqdorda hisobga olinadi. Davlatlararo bitimlarda (shartnomalarda) o‘zgacha qoidalar nazarda tutilgan hollarda tegishli tartibda aniqlanadi.
Mehnat daftarchasi mavjud bo‘lmagan, unda tegishli ma’lu- motlar bo‘lmagan yoki ular xato va noaniq yozilgan hollarda mehnat stajini tasdiqlash uchun (ish vaqtini hisobga olib bo‘l- maydigan xodimlarning staji bundan mustasno) ma’lumotno- malar, buyruqlardan ko‘chirmalar, ish haqi berish bo‘yicha shaxsiy schotlar va vedomostlar, ularning bajarganligi qayd etil- gan yozma mehnat shartnomalari (kontraktlar) va ish davrlari to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan boshqa hujjatlarga qarab ish staji hisoblanishi mumkin. Kasaba uyushmasiga a’zolik biletlari (a’zolik badallari to‘langani va uning miqdori ko‘rsatilgan hollarda) va ish haqi to‘lashga oid hisob-kitob daftarchalari asosida mehnat staji aniqlanishi va hisobga olinishi mumkin.
Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlarning mehnat staji O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risida Moliya vazirligi qoshidagi Budjetdan tash- qari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan beriladigan ma’lumotnomalar bo‘yicha aniqlanadi.
Mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmasa (ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlar bundan mustasno) ish davri guvohlarning ko‘rsatmasi asosida aniqlanadi.
Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jam- g‘armasi tuman (shahar) bo‘limi Mehnat stajini tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni va zarur darajada rasmiylashtirilganligini huquqiy baholaydi, ularning asosliligini tekshirib ko‘radi; zarur hollarda mehnat faoliyatining ayrim davrlarini stajga qo‘shib hisoblash yoki olib tashlash masalasini hal qiladi, guvohlarning ko‘rsatmalari asosida ish stajini aniq- lash, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni parvarishlash vaq- tini ish stajiga qo‘shib hisoblash yoki hisoblamaslik masalalarini hal etish shaxslarni parvarishlashga ketgan vaqtni aniqlash vako- latlariga egadir.
Òabiiy ofatlar, halokatlar, falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar natijasida ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar to‘liq yoki qisman yo‘qotilgan hollarda mehnat stajini tasdiqlash O‘zbekis- ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Res- publikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat, tuman (shahar) ho- kimliklari tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning ko‘rsat- malari asosida vakolatli komissiyalar tomonidan aniqlangan mehnat faoliyati davrlari umumiy stajga, shuningdek, imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beruvchi maxsus ish staji sifatida hisobga olinishi mumkin.
Mavjud ish staji to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmagan va harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar, halokatlar, falokatlar va boshqa fav- qulodda vaziyatlar munosabati bilan bunday ma’lumotlarni olish imkoniyati istisno etiladigan hollarda mehnat staji, shu jumla- dan, imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beruvchi meh- nat staji ariza beruvchi bilan o‘sha davrda birga ishlagan va uni bilgan kamida ikki guvohning ko‘rsatmasi asosida belgilanadi.
Umumiy mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini
beruvchi ishning xarakteri guvohlarning ko‘rsatmalari bilan belgilanmaydi.
Mehnat daftarchasidagi yozuvlar ushbu daftarchani to‘ldi- rish va yuritish paytida amal qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda mehnat daftarchalarini joriy etish tartibi to‘g‘ri- sidagi Yo‘riqnoma talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish davri (shu jumladan, puli to‘lanadigan ta’tilda bo‘lish) yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qo‘shilmaydi.



    1. Download 344,34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish