Ijtimoiy p65



Download 344,34 Kb.
bet13/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boquvchi va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotuvchi fuqarolarning mehnat stajini hisoblash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-apreldagi 67-sonli „2006—2010-yillar davrida shaxsiy yor- damchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish das- turini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qaroriga ko‘ra shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida oila a’zolarining mulki bo‘lgan yoki ijara shartlari bo‘yicha olingan qoramol boqishni hamda chorvachilik asosida mayda tovar mahsulotlari yetish- tirishni va ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotishni amalga oshiruvchi mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar band hisoblanadilar. Agar ular ish beruvchilar bilan mehnat munosa- batlarida, yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xususiy tadbirkorlar hisoblanmasa, o‘quv yurtlarida o‘qimasa, ularga belgilangan namunadagi mehnat daftarchasi ochiladi (yuritiladi).
Ushbu shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga bir yilda eng kam oylik ish haqining to‘rt yarim barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda sug‘urta badallari to‘langan taqdirda qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo‘lgan davrlar „Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shiladi.
Qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo‘lgan fuqarolarga mehnat daftarchasi berish tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo‘lgan shaxslarning mehnat stajini hisobga olish Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlaridan olingan ma’lumotlar asosida tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan badallarni hisobga olish davlat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
3 Ijtimoiy ta’minot huquqi 33
Qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo‘lgan, ushbu band bo‘lingan davrlarning pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga hisoblanishini xohlovchi shaxslar yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlarida Bud- jetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lov- chilar sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Mehnat daftarchasiga ega bo‘lmagan shaxslarga mehnat daftarchasi mazkur shaxsning yashash joyidagi mehnat organi tomonidan, ushbu Nizomga muvofiq fuqarolarning shaxsiy arizasi asosida ochiladi.
Mehnat daftarchasi ochish uchun fuqaro pasportini va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan shaxsiy yor- damchi yoki dehqon xo‘jaligida qoramol mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani shaxsan ko‘rsatadi.
Qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo‘lgan shaxsga mehnat daftarchasi ochish va berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar Bandlikka ko‘maklashish mar- kazida yuritiladigan, raqamlangan va ip o‘tkazib tikilgan, meh- nat daftarchalari berish maxsus daftarida qayd etiladi, unda mehnat daftarchasi berilgan shaxsning ismi-sharifi, tug‘ilgan sanasi va uy manzili, mehnat daftarchasining davlat seriyasi va tartib raqami, shuningdek, daftarcha berilgan sana ko‘rsatiladi.
Mehnat daftarchasiga ega bo‘lgan (avval mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan) shaxslar uchun faoliyatning ko‘rsatilgan turi bilan bandlik to‘g‘risidagi yozuvlar tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaligida qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo‘l- gan fuqaro Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda, o‘zidagi mavjud imko- niyatlardan va pensiya ta’minotining xohlangan miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin bir yilda eng kam oylik ish haqining to‘rt yarim barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilaydi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lash- ning shaxsiy hisobi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘ja- liklarida qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulot- larini sotish bilan band bo‘lgan shaxslar tomonidan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘langanligi to‘g‘risida
davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlari asosida amalga oshi- riladi.


  1. Download 344,34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish