Ayrim turdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat stajini hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shu- g‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish. Òadbirkor davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lov- chi sifatida davlat ijtimoiy sug‘urtalanadigan shaxsga aylanadi.
Òadbirkor o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanish va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqaning o‘zi istay- digan miqdoridan kelib chiqib, Budjetdan tashqari Pensiya jam- g‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi. Biroq, eng kam miqdori har oyda O‘zbekiston Res- publikasida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorni, yoshga oid pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek, I va II guruh nogironlari bo‘lgan tadbir- korlar uchun esa eng kam oylik ish haqining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
Sug‘urta badallari to‘lanishining hisobi umumiy belgilangan tartibda tadbirkorning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlarida yuritiladi.
Mehnat daftarchasi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida uning mazkur tumandagi (shahardagi) tadbirkorlik faoliyatining butun muddati mobaynida saqlanadi va yuritiladi.
Agar fuqaro tadbirkorlik faoliyati boshlangunga qadar meh- nat daftarchasiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi belgilangan tartibda mehnat daftarchasi ochadi.
Agar tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun o‘rindoshlik hisob- lansa, uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik bilan o‘rindoshlik bo‘- yicha shug‘ullanuvchi shaxsning xohishiga ko‘ra mehnat daftar- chasiga tadbirkor sifatidagi faoliyat davri to‘g‘risidagi yozuv kiritilishi mumkin. Yozuv ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi Budjet- dan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan kiritiladi.
Òadbirkorning mehnat stajiga u Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan davrlar kiritiladi.
Pensiya va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa tayin- lash uchun mehnat stajini hisoblab chiqishda, agar to‘langan badallar summasi ushbu yilning barcha oylari uchun belgilangan eng kam badaldan kam bo‘lmasa (to‘langan penalarni hisobga olmagan holda), stajga kalendar yil qo‘shiladi.
Òadbirkorning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri budjet- dan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘la- nishidan qat’i nazar, pensiya va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yi- cha tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shiladi.
Òo‘liq kalendar yil mobaynida tadbirkorning asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash hollari bo‘lganda, agar mazkur yilda badallar kamida 9 oy mobaynida to‘langan bo‘lsa, stajga kalendar yil qo‘shiladi.
Mehnat daftarchasi bo‘lmagan yoki yo‘qotilgan taqdirda tadbirkorning pensiya yoki ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish staji hisobga olish kar- tochkasi yoki hisobga olish daftaridagi ma’lumotlar bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Òadbirkor sifatidagi ish faoliyati va uning davomiyligi guvohlik ko‘rsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.
Dehqon xo‘jaligi a’zolarini ijtimoiy sug‘urtalash va ularning mehnat stajini hisobga olish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qarori bilan tasdiqlangan „Dehqon xo‘jaligi a’zolarini ijtimoiy sug‘urtalash va ularning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risida Nizom“ga ko‘ra Dehqon xo‘jaligi a’zolari ixtiyoriylik asosida ijtimoiy sug‘urta qilinadi.
Mazkur Nizom qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan band bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari a’zolariga tatbiq etilmaydi.
Ijtimoiy sug‘urtalanish xohishini bildirgan dehqon xo‘jaligi a’zosi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lovchi sifatida davlat soliq xizmati organlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Dehqon xo‘jaligi a’zosi o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanish va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqaning o‘zi istaydigan miqdoridan kelib chiqib Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi, biroq sug‘urta badallarining eng kam miqdori bir yilda eng kam oylik ish haqining to‘rt yarim barobaridan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etishi kerak.
Mehnat daftarchasi dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat daftarchasi dehqon xo‘jaligi a’zosi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limida u sug‘urta badallari to‘laydigan butun muddat mobaynida saqlanadi va yuritiladi.
Agar dehqon xo‘jaligi a’zosi sug‘urta badallari to‘lash bosh- langunga qadar mehnat daftarchasiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, ijtimoiy ta’minot bo‘limi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda unga mehnat daftarchasi ochadi.
Agar dehqon xo‘jaligida ishlash fuqaro uchun o‘rindoshlik hisoblansa, uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi. Dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajiga u Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan davrlar
kiritiladi.
Pensiya va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha tayinlash uchun mehnat stajini hisoblab chiqishda, agar dehqon xo‘jaligi a’zosi ushbu yilda 12 oy ishlagan va kamida 9 oy badal to‘lagan bo‘lsa, stajga kalendar yil qo‘shiladi.
Dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat daftarchasi bo‘lmagan yoki yo‘qotilgan taqdirda pensiya yoki ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajining hisobga olish kartochkasi yoki hisobga olish daftaridagi ma’lumotlar asosida hisoblab chiqilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan sug‘urta badallari to‘la- nishi va uning qancha davom etganligi guvohlik ko‘rsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.