Ijtimoiy p65



Download 344,34 Kb.
bet10/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

MAXSUS QISM




IV BOB. ISH SÒAJI ÒUSHUNCHASI, ÒURLARI VA ULARNI HISOBLASH ÒARÒIBI




    1. Ish staji tushunchasi va uning fuqarolarga ijtimoiy ta’minot berilishidagi ahamiyati


Fuqarolarga ijtimoiy ta’minot berish mezonlaridan biri — mehnat stajidir. Ish staji — mehnat daftarchasi va ish joyidan, xizmatdan, o‘qishdan yoki arxivdan berilgan boshqa hujjatlar bo‘yicha aniqlangan, ishdagi tanaffuslardan qat’i nazar, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqini beradigan mehnat faoliyati va boshqa faoliyatning umumiy davomiyligidir.
Fuqarolarga davlat pensiylarini tayinlash uchun zarur bo‘l- gan ish stajini hisoblash tartibi „Fuqarolarni davlat pensiyalari bilan ta’minlash to‘g‘risida“gi Qonunning 6-bobi, 37—42-mod- dalari, hamda Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan „Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi to‘g‘risida Nizom“ hamda boshqa qonun hujjatlariga ko‘ra belgilanadi.
Mehnat staji, uning miqdori va sifati fuqaroga ijtimoiy ta’minot berilishida muhim o‘rin tutuvchi omil bo‘lib sanaladi. Mehnat staji, odatda, fuqaroning korxona yoki tashkilotdagi mehnat faoliyati davridan iborat bo‘ladi.
Umumiy va maxsus mehnat stajlari mavjud bo‘ladi.
Har qanday ish davri, shuningdek, quyidagi davrlar ham umumiy ish stajiga qo‘shib hisoblanadi va pensiya ta’minotida hisobga olinadi:

      1. agar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan bo‘lsa faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakl- laridan qat’i nazar, davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajarilgan har qanday ish;

1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda — agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz
sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul xodimlarning ish stajini, ba- sharti ular O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari e’lon qilingan yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan e’tiboran belgilanadi;

      1. harbiy xizmat va partizan otradlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;

  1. idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan soq- chilikdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon qutqaruv qism- laridagi xizmat;

  2. yakka tartibdagi mehnat faoliyati, shu jumladan, yakka (guruhli) ijara sharoitidagi yoki shaxsiy yordamchi, dehqon (fermer) xo‘jaligidagi faoliyat — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;

  3. I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt;

  4. oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, kunduzgi o‘qish, shu jumladan, chet elda ta’lim olish;

  5. onaning (o‘gay onaning) bolalarini (o‘gay farzandlarni) go‘daklik yoshida parvarishlagan vaqti, lekin ko‘pi bilan 3 yil davomida (bola parvarishlash ta’tili berilgani haqidagi ish beruvchi buyrug‘idan ko‘chirma taqdim etilishi sharti bilan);

  6. ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshik- larning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining turmush o‘rtoqlari (ayollari), ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr;

  7. O‘zbekiston Respublikasi muassasalari va xalqaro tash- kilotlar xodimlari xotinlarining chet elda bo‘lgan vaqti, lekin 10 yildan oshmagan davr;

  8. mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida bo‘lingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisob- lanadi.

Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi. Ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinla- nadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish
ota-onaning umumiy ish stajiga qarab amalga oshiriladi.
Maxsus ish staji — xalq xo‘jaligining muayyan tarmoqlarida, kasblar va lavozimlarda qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozli pen- siya ta’minoti huquqini beradigan mehnat faoliyatining davo- miyligidan iborat.
Jumladan, O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan „Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muas- sasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ana shunday ishlarda ishlagan davrlar max- sus ish stajiga, ya’ni, imtiyozli shartlarda ijtimoiy ta’minot olish huquqini beruvchi davrlarga qo‘shib hisoblanadi .
Shuningdek, ko‘paytirib (bir yarim, ikki, uch barobar) hi- soblanadigan vazifa va kasblarda ishlagan, muayyan sharoyitlarda harbiy xizmatni o‘tagan (mas., frontda, partizan otradlarida xizmatni o‘tash, asossiz ravishda ayblanib, jazoni o‘tash joylarida bo‘lish (jazoni o‘tash) davrlari ham maxsus mehnat stajiga kiradi va imtiyoz huquqini beradi.



    1. Download 344,34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish