Ijtimoiy p65


Umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlash va uning shartlari



Download 344,34 Kb.
bet17/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlash va uning shartlari


O‘zbekiston Respublikasining „Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi qonunining 1-moddasiga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar.
Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash O‘zbekis- ton Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, basharti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha qoidalar na- zarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.
Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
Demak, korxona va tashkilotlarda yollanib (mehnat shartno- masi tuzib) ishlagan yoki bo‘lmasa boshqacha tarzda ijtimoiy- foydali faoliyat (jamoa xo‘jaligi, shirkat xo‘jaligi, fermer-dehqon xo‘jaligi, kooperativlar a’zosi sifatida, yakka tartibdagi tadbirkor
sifatida, erkin ijodkor tarzida va hokazo) bilan shug‘ullangan, ular uchun ish beruvchi tomonidan yoki bevosita o‘zlari tomo- nidan (yakka tadbirkor, dehqon xo‘jaligi a’zosi va boshqalar) Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy sug‘urta badallari to‘langan va ish staji davriga qo‘shib hisoblanadigan davomiy davrga ega bo‘lgan fuqarolarga yoshga doir pensiya tayinlanishi mumkin.
Faoliyatning muayyan turlari bilan mashg‘ul bo‘lgan shaxs- lar (masalan, harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organi xodim- lari, boshqa ba’zi davlat xizmatchilari) uchun Budjetdan tash- qari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan-to‘lan- maganligidan qat’i nazar umumiy asoslarda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega ekanliklari belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolarda pensiya olish huquqi berilganida (muayyan yoshga yetgan va ish stajiga ega bo‘lganda) istagan paytda pensiya so‘rab murojaat qilish huquqi berilgan yoki bu huquqdan vaq- tincha voz kechishlari mumkin va o‘zlari xohlagan vaqtgacha mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.
Fuqaro qonunga ko‘ra bir necha pensiya turini olishga ayni paytda haqli bo‘lib qolgani taqdirda (masalan, nogironlik pensiyasi yoki uzoq yillik xizmat pensiyasini olib kelgan shaxs qarilik pensiyasi olish yoshiga yetsa) bu pensiyalardan faqat bittasini olishga haqli bo‘ladi va pensiya turini tanlash huquqi fuqaroga berilgan.
„Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi qonun- ning 7-moddasiga ko‘ra yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Yoshga doir pensiya tayinlash vaqtida O‘zbekiston Respub- likasi „Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi qo- nunining 37-moddasida sanab ko‘rsatilgan barcha faoliyat turlari mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi. Ammo bunda haqiqiy ishlagan davrga ko‘ra hisoblanadigan mehnat staji bilan shartli ravishda e’tiborga olinadigan mehnat staji (bolalar parvarishi bilan mashg‘ul bo‘lgan davr, amalda ishlamagan bo‘lsa-da, qonun hujjatlariga ko‘ra ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan boshqa davrlar) o‘rtasidagi o‘zaro nisbat nazarda tutib qo‘yilgan.
Xullas fuqarolarga umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlanishining asosiy shartlari:

  1. fuqaroning belgilangan yoshga yetganligi;

  2. muayyan hajmdagi ish stajiga ega ekanligi;

d) fuqaroning yoshga doir pensiya tayinlashlikni so‘rab ariza bilan murojaat qilishi sanaladi.



    1. Download 344,34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish