CHAESda yuz bergan avariya zararlanish tufayli va boshqa atom obektlaridagi falokatlar tufayli nogiron
bo‘libqolganfuqarolarningpensiyasita’minotining o‘zigaxosxususiyatlari Chernobil atom elektrostansiyasida 1986-yil aprel oyida sodir bo‘lgan avariya tufayli ko‘plab fuqarolar jiddiy jabr ko‘rdi, tabiat, atrof-muhitga ulkan talafot yetkazildi. Ushbu XX asrning eng mudhish hodisasi zamonaviy texnologiyalardan e’tiborsizlik bilan foydalanish insoniyatga nechog‘liq katta falokatlar keltirishi mumkinligini yaqqol isbotladi.
Ukraina Respublikasining Chernobil shahrida joylashgan atom obyektidagi halokat natijasida O‘zbekiston Respublikasidan borgan va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan fuqarolar ham jiddiy aziyat chekdilar, bir umrga nogiron bo‘lib qoldilar yoki bevaqt hayotdan ko‘z yumdilar.
O‘zbekiston Respublikasi davlati o‘z mustaqilligi dastlabki davrlaridanoq ana shunday halokat va falokatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarni moddiy-ijtimoiy himoyalash, ular salomatligini muhofaza qilish yo‘lida kerakli chora-tadbirlarni ko‘rdi.
Jumladan, Chernobil atom elektrostansiyasida (keyingi o‘rin- larda CHAES deb yuritiladi) jabr ko‘rgan fuqarolarni qo‘llab- quvvatlash maqsadida 1992-yil 6-aprelda O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Kengashi Rayosati va Vazirlar Mahkamasining
„Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublika- sida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida“gi 170-sonli qarori qabul qilindi1 .
Mazkur qarorga ko‘ra Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga beriladigan haq-huquqlar, kompensatsiya puli va imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ziyon ko‘rganlar haqidagi ma’lumotlarning
1 „O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami“, 1992-yil, 4- son, 10-modda.
Davlat ro‘yxati tuzilib, unga 1986-yilda zararlangan zonada muddatli xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar ham kiritildi. Ularning 1986-yildan keyin tug‘ilgan bolalarini diagnostika qilish, sog‘liqlarini kuzatib borish va davolash bo‘yicha chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqish joriy etildi. Ushbu toifaga kiruv- chi fuqarolarga statsionar davolanish chog‘ida parhez ovqatlanish hamda dori-darmon ta’minoti bo‘yicha II Jahon urushi qat- nashchilari va baynalmilalchi jangchilar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar joriy etilishi belgilab qo‘yildi.
Qarorning ilovasida Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga beri- ladigan haq-huquqlar, pul kompensatsiyalari va imtiyozlar ro‘y- xati ko‘rsatilgan bo‘lib, mazkur hujjat ushbu imtiyozlardan foy- dalanishga haqli bo‘lgan jabrdiydalar tarkibini belgilaydi va unga ko‘ra quyidagilar ana shu toifaga mansub sanaladi:
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolganlar;
Chernobil AESda ishlagan yoki halokat natijasida zarar- langan zonada halokat oqibatlarini tugatish ishlarida ishtirok etgan (shu jumladan, vaqtincha ishga yuborilgan yoki xizmat safariga jo‘natilgan) shaxslar;
maxsus yig‘inlarga chaqirilgan va halokat oqibatlarini tugatish bilan bog‘liq zararlangan zonadagi ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslar.
1986—1987-yillarda Chernobil halokati oqibatlarini tuga- tish bo‘yicha zararlangan zonada ishlagan yoki shu yillar davo- mida AESdan foydalanish va boshqa yumushlarni bajargan (vaqtincha ishga yuborilgan yoki xizmat safariga jo‘natilgan) shaxslar, shuningdek, joylashish o‘rni va bajarayotgan vazifasi- dan qat’i nazar, maxsus yig‘inlarga chaqirilgan va halokat oqibatlarini tugatish bilan bog‘liq bu davrdagi ishlarni bajarishga jalb qilingan harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslar, shuningdek, 1986—1987-yillarda zararlangan zonada xizmat vazifasini o‘tagan ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy tarkibidagi shaxslar.
1988—1989-yillarda Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolganlarga quyidagi imtiyozlarni berish nazarda tutilgan:
dori-darmonlarni bepul olish (shifokorning retsepti bo‘yi- cha), har yilgi sanatoriy va kurortda bepul davolanishni ta’min- lash yoki kurort yo‘llanmasi o‘rtacha qiymati miqdorida kom- pensatsiya pullarini olish, turarjoydan davolanish, dispanserlik, ambulatoriya yoki klinik kuzatuv joyigacha transportda bepul (taksidan tashqari) borish va kelish;
yasama tishlarni bepul tayyorlash va tuzatish (qimmat- baho metalldan tayyorlangan yasamalar bundan mustasnodir);
mehnatga vaqtincha layoqatsizligi tufayli, uzluksiz ish faoliyatidan qat‘i nazar, oylik maoshining 100 foizi miqdorida nafaqa olish;
mehnatga vaqtincha layoqatsizligi tufayli surunkasiga 4 oygacha yoki kalendar yilda 5 oygacha nafaqa olish, agar ular ishlovchi nogironlar bo‘lib hisoblansalar;
imtiyozlilar orasida turar joy sharoitini yaxshilashga muhtoj deb topilgan taqdirda ustun darajada turar joy maydoni yoki alohida xona ko‘rinishidagi qo‘shimcha turar joy maydoni bilan ta’minlanish;
o‘zi va oila a’zolari yashayotgan turar joy uchun ishchi va xizmatchilarga belgilangan kvartira haqining 50 foizi miqdorida haq to‘lash;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyoz va yengil- liklar berish.