Ijtimoiy p65


Pensiya tayinlash uchun murojaat qilish va talab etiladigan hujjatlar



Download 344,34 Kb.
bet28/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Pensiya tayinlash uchun murojaat qilish va talab etiladigan hujjatlar


Yoshga doir pensiya tayinlanishini so‘rab pensiya yoshiga to‘lmasdan avval ham murojaat etish mumkin, lekin bu maz- kur pensiyani bir oydan so‘ng olish huquqiga ega bo‘linadi.
Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi qo‘shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini korxona, tashkilot ma’muriyatiga yoki arizachiga ma’lum qiladi. Agar ular qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi lozimligi to‘g‘risida bildirish xati olingan kundan boshlab
3 oydan kechikmay taqdim etilsa, pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kun yoki ariza yuborilgan joydagi pochta shtempelida ko‘rsatilgan sana pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kun hisoblanadi.
Yoshga doir pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:


  1. mehnat stajini (umumiy va maxsus) tasdiqlaydigan huj- jatlar;

1 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2011-yil. 37-son, 377- modda.

  1. ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

  1. bola tug‘ilganligi va u sakkiz yoshgacha tarbiya qilinganligi haqidagi hujjat;

  2. arizachining farzandi bolalikdan nogiron yoki nogiron bola ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;

  1. arizachi urush ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi huj- jatlar;

  2. davolash muassasasining arizachi gi pofizar mittilik kasa- liga chalingan (lili put)ligi va gavda tuzilishida mutanosiblik buzil- gan, pakana ekanligi to‘g‘risidagi hujjati.

Urush nogironlariga „Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining
„a“ bandiga muvofiq pensiya tayinlanganda va ularning pensiya- lariga Qonunning 28-moddasi „a“, „b“, „v“ bandlariga muvofiq ustamalar hisoblanganda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi arizaga tibbiy-mehnat ekspert komissi- yasi (ÒMEK)dan olingan tekshiruv dalolatnomasidan ko‘chir- mani ilova qiladi.
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironi bo‘lgan vaqt ish stajiga qo‘shiladigan hollarda arizaga ÒMEK tekshirish dalolatnomalaridan ko‘chirmalar ilova qilinadi.
Nogironlik pensiyasini tayinlash to‘g‘risidagi arizaga quyida- gilar ilova qilinishi kerak:

  1. mehnat stajini (umumiy va maxsus) tasdiqlovchi hujjatlar;

  2. ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Agar nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘l- gan bo‘lsa, unda baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma (yoki boshqa rasmiy hujjat) taqdim etiladi.
Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

  1. arizachining yolg‘iz va o‘zgalar yordamiga muhtoj deb tan olinganligi to‘g‘risidagi hujjat;

  2. arizachining urush ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat.

Ijtimoiy ta’minot bo‘limi arizaga tibbiy-xizmat ekspert ko- missiyasi (ÒMEK)dan olingan tekshiruv dalolatnomasidan ko‘- chirmani ilova qiladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

    1. pensiya tayinlanayotgan shaxsning yoshini tasdiqlovchi tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport;

    2. oila a’zosining vafot etgan boquvchiga qarindoshligi munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;

  1. fuqarolik holati aktlarini qayd qilish bo‘limining boquv- chining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki uning bedarak yo‘qolganligini tasdiqlovchi hujjat;

  2. oila boquvchisining yoshi to‘g‘risidagi hujjat (agar vafot etganlik haqidagi guvohnomada yoshi ko‘rsatilmagan bo‘lsa);

  3. boquvchining mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar;

  4. boquvchining ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma. Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

  1. boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan uning oila a’zolari tarkibi to‘g‘risida mahalla, qishloq (shaharcha), ovul (uy-joy or- ganlari) fuqarolari yig‘inining ma’lumotnomasi yoki boshqa hujjatlar;

  2. oilaning 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan a’zolari umumta’lim maktablari, kasb-hunar bilim yurtlari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarining o‘quvchilari ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar;

d) mahalla, qishloq (shaharcha), ovul (uy-joy organlari) fuqarolari yig‘iniga vafot etganning ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, buvasi, buvisi, yoki 3 yoshga to‘lmagan farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari, nabiralariga qarash uchun ishlamayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma topshiriladi.
Agar boquvchining o‘limi mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa, baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma (yoki boshqa rasmiy hujjat) ham taqdim etiladi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limiga oilaning boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqi balog‘at yoshidagi oila a’zolariga ularning nogironliklari oqibatida berilayotganligini tasdiqlovchi ÒMEKdan olingan tekshiruv dalolatnomalaridan ko‘chirmalar ilova qilinadi.
Boquvchining mehnatda yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironi bo‘lgan vaqti mehnat stajiga qo‘shilgan hollarda arizaga ÒMEK ning tekshiruv dalolatnomasidan ko‘chirmalar ilova qilinadi.
Basharti vasiylik ostidagi shaxsga pensiya tayinlanishi xususida vasiy murojaat qilayotgan bo‘lsa, u holda vasiyning arizasiga vasiylikni belgilovchi organning vasiy etib tayinlash haqidagi qarori ilova qilinadi. Ota-onalar va vasiylar yashash joylari to‘g‘risida hujjatlar topshiradilar.
Mehnat stajini (umumiy va maxsus) tasdiqlash uchun qabul qilinadigan hujjatlar pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi qonuniga ko‘ra belgilanadi.
Pensiyani hisoblab chiqish uchun taqdim etiladigan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakli va uni to‘ldirishga oid qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy Muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ish haqini guvohlar ko‘rsatmasi asosida aniqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Lavozim maoshlari shtat jadvalidan ko‘chirmalar va jamoat tashkilotlari a’zolik chi ptalari haqiqiy ish haqini tasdiq- laydigan hujjat o‘rnini bosa olmaydi.
Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar butunlay yoki qisman yo‘q bo‘lsa, pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani tayinlash kunida rasman belgilangan eng kam ish haqi miqdori olinadi.
Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi hujjat sifatida mahalla, qishloq (shaharcha), ovul (uy-joy organlari) fuqarolar yig‘inining ma’lumotnomasi qabul qilinadi. Mazkur ma’lumotnomada har bir oila a’zosining ismi- sharifi, otasining ismi, marhum boquvchiga qarindoshlik aloqasi, ular uning qaramog‘ida bo‘lganligi ko‘rsatiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjat yo‘q bo‘lsa va uni olishning imkoni bo‘lmasa qaramog‘ida bo‘lganlik masalasi sud qarori bilan hal etilishi mumkin.
Arizachining urush ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi huj- jat sifatida Ikkinchi Jahon urush ishtirokchisi guvohnomasidan ko‘chirma, baynalmilalchi jangchilarga beriladigan imtiyoz olish huquqi haqidagi guvohnoma, shuningdek, ular urush ishtirok- chisiga tenglashtirilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qabul qilinadi.
Arizachining urush nogironi ekanligini tasdiqlovchi hujjat sifatida ÒMEKning tekshirish dalolatnomasidan ko‘chirma, urush nogironi guvohnomasi, shuningdek, urush nogironiga tenglashtirilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qabul qilinadi.
Bola tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma asosida, o‘n sakkiz yoshgacha tarbiyalaganlik esa — pasport, vafot etganlik haqidagi guvohnoma, mahalla, qishloq (shaharcha), ovul (uy-joy organ- larida) fuqarolari yig‘ini ma’lumotnomasi va boshqa hujjatlar asosida belgilanadi.
Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarning asl nusxasi ham, ularning notarial tartibda, arizachini pensiya tayinlashga taqdim etayotgan korxona muassasa, tashkilot ma’muriyati yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi tasdiqlagan nusxalari ham topshirilishi mumkin.
Mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar faqat asl nusxada top- shiriladi. Biroq mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat faqat mehnat daftarchasi bo‘lgan hollarda, undan oxirgi ish joyidagi korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma topshirilishi mumkin.



    1. Download 344,34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish