Ijtimoiy p65


Davlat pensiyasini tayinlovchi organlar va ularning vakolatlari



Download 344,34 Kb.
bet27/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Davlat pensiyasini tayinlovchi organlar va ularning vakolatlari


Pensiya olishga haqli bo‘lgan fuqarolarga pensiyani to‘g‘ri va o‘z vaqtida tayinlash, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash qonuniylik va ijtimoiy adolat qaror toptirilishining muhim shartlaridan sanaladi.
Amaldagi qonunchilikda pensiya tayinlash vakolati berilgan davlat organlari, ularning vazifalari va pensiyalarni tayinlash, hisoblash va to‘lashning qat’iy qoidalari belgilab berilgandir.
Davlat pensiyalarini tayinlash pensiya tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Pensiya tayinlash huquqiga hozirgi paytda quyidagi organlar haqlidirlar:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet- dan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari;
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyat- lar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati davlat qo‘mitasi pensiya tayinlash hamda to‘lash organlari.
Barcha fuqarolarga, shu jumladan, muddatli harbiy xizmat- dagi harbiy xizmatchilarga pensiyalar Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘lim- lari tomonidan tayinlanadi.
Ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar, praporshiklar, mich- manlar va boshqa muddatidan tashqari xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, Ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati, Fav- qulodda vaziyatlar vazirligi, boshliqlar hamda oddiy askarlar tarkibidan bo‘lgan harbiy xizmatchilarga Mudofaa vazirligi yoki boshqa vazirlik, idorasining pensiya bo‘limlari tomonidan belgi- langan tartibda tayinlanadi.
Fuqarolarga pensiya tayinlash tartibi O‘zbekiston Respub- likasi „Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi qonunining 43-moddasida belgilab qo‘yilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli „Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan nor- mativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida“gi qarori bilan
„Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom“ tasdiqlangan bo‘lib1, mazkur Nizomga ko‘ra pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza oxirgi ish joyidagi korxona, muas- sasa, tashkilot ma’muriyati, fermer xo‘jaligi boshlig‘i yoki qish- loq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruvi orqali beriladi.
Ish vaqtlarini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarga va ular- ning oila a’zolariga pensiya tayinlash haqidagi ariza, arizachining bevosita yashash joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga beriladi.
Pensiya tayinlanadigan shaxs balog‘atga yetmagan yoki huqu- qiy muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, ariza uning ota-onasi yoki vasiysi tomonidan ularning yashash joylari orqali beriladi.
Pensiya tayinlash yoki to‘xtatib qo‘yilgan pensiyani tiklash uchun pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan cheklanmagan holda muro- jaat etish mumkin.



    1. Download 344,34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish