4.Axborotlashtirilgan boshqaruv tizimlari
Axborotni yig’ish va qayta ishlash jarayoni elektron hisoblash texnikasini qo’llash natijasida sifat jihatdan o’zgaradi. Elektron hisoblash texnikasining muhim ahamiyati shundan iboratki, u tarixiy paradoksni echish uchun texnik baza bo’lib xizmat qiladi. Zamonaviy ishlab chiqarish, texnika va ilm fan insondan shunday tezlik talab qiladiki, bu uning jismoniy va psixologik imkoniyatlari chegarasidan yuqori. Elektron hisoblash texnikasi katta hajmdagi axborotlarni tezlik bilan qayta ishlashni ta’minlaydi va rahbarlarga boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda yordam beradi.
Elektron hisoblash texnikasining keng imkoniyatlari avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida yanada to’liq amalga oshiriladi. Ular boshqaruvning ilmiy asoslanganligini chuqurlashtiradi, chunki: qarorlar qabul qilish rahbarning sub’ektiv fikri va xissiyotiga bog’lik emas, balki foydalanilgan amaldagi va kutilayotgan xolatlarning miqdor xarakteristikalarida asoslanadi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari rahbariyatni katta joriy ishlarni mexanik bajarilishidan ozod qilishga va muhim istiqbolli boshqaruv masalalarini ijodiy hal qilishga e’tibor qaratishga yordam beradi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari boshqaruv tezkorligini oshirib, boshqaruv jarayonida insonning faol ishtirokini nazarda tutadi. Aynan inson qo’shimcha axborotni hisobga olib, turli variantlar bahosi asosida ohirgi hal qiluvchi qarorni qabul qiladi.
Zamonaviy ilm-fan va texnika insonni rad etmay va uni almashtirmay, ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda katta rolь o’ynaydi. Davriy fan-texnika yutuqlari boshqaruvni maqbullashtirish, boshqaruv muammolarini echish jarayonlarini muvofiqlashtirishda yangi imkoniyatlarni ochadi. Tabiiyki, bu imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlar xarakteriga bog’lik holda turlicha amalga oshiriladi.
Bu yo’nalishda elektron hisoblash texnikasining imkoniyatlari haqiqatdan ham juda katta. EHMlarni boshqaruvda etarlicha qo’llanilmasligini sabablaridan biri shundan iboratki, ular ma’muriy tizimlar faoliyatini yaxshilash uchun ishlatiladi, lekin ijodiy masalalarni hal qilishga mo’ljallanmagan. Buni EHMlarni boshqaruvda qo’llash tajribasini o’tkazgan amerikalik tadqiqotchilar ham tan olishadi. EHMlar amerikaliklar biznesida ma’muriy va hisob ishlarini bajargani bilan, ular hozirgacha kompaniyalarning muhim tezkor muammolariga etarlicha ta’sir qila olmaydi. Aynan shu erda EHMning o’lkan salohiyatli imkoniyatlari yotibdi.
Hozir echilishi kerak bo’lgan asosiy nazariy va amaliy muammo shundan iboratki, boshqaruv bo’yicha muhim faoliyat - strategik qarorlar qabul qilishga zamonaviy boshqaruv texnikasini qanday kiritishi kerak. Bu boshqaruvda tub o’zgarish uning samaradorligini sifatli oshirish manbai bo’ladi.
Elektron hisoblash texnikasining axborotni qayta ishlash va qarorlar qabul qilish jarayonida rolining ortishi taxlil va qarorning insoniy uslublari chetlatiladi degani emas. Bunday uslublar sirasiga axborotni filьtrlash va baholash, muqobillarini tanlash modelь va raqamli shakllardan foydalanish kabilar kiradi. Baholash va qaror qabul qilish inson uslublari keyin ham o’z ahamiyatini saqlab qoladi, lekin elektron hisoblash texnikasi ochib beradigan imkoniyatlar hisobiga boyitiladi va kuchaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |