Ijtimoiy resurslarning xususiyatlari
Ijtimoiy resurslar barcha resurslarning yadrosi hisoblanadi, undan foydalanmay turib boshqa resurslardan unumli foydalanib bo’lmaydi.
Ijtimoiy resurslar bir qator o’ziga xos tomonlarga ega. Bu tabiiy resurslar bilan taqqoslanganda yaqqol ko’rinadi.
Birinchidan, tabiiy resurslar emiriladi, ijtimoiy resurslar esa sezilarli darajada o’zgarmaydi.
Ikkinchidan, bu resurslar ishlatilgan sari kamayish emas, balki ko’payish xususiyatga ega.
Uchinchidan, tabiiy resurslarni uzoq saqlash imkoniyati bo’lsa, ijtimoiy resurslar uzoq vaqt foydalanilmagandan so’ng qadrsizlanadi.
To’rtinchidan, ijtimoiy resurslarning «etarlilik-etarsizlik» mezonni ancha murakkab hisoblanadi va xozircha etarlicha ishlab chiqilmagan.
Beshinchidan, ular nafaqat xilma-xillik, balki o’zaro o’rinbosarlik hususiyatiga ham ega.
Ijtimoiy resurslarning o’ziga xos hususiyatlaridan biri - bu ulardan to’g’ri foydalanish va optimallashtirish imkonini beradi. Bugungi kunda boshqarishning barcha tabaqalarida ijtimoiy resurslardan foydalanish darajasi juda past. Ayniqsa, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari tomonidan motivatsion resurslardan foydalanish juda sust amalga oshirilmoqda.
Tadqiqotlarga ko’ra, mahalliy aholining o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealardan xabardorlik darajasi juda past. Boshqa resurslar ahvoli bundan yaxshi emas.
Yukoridagilardan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy resurslardan foydalanishni optimallashtirish eng dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Bu muammolarni xal etishda quyidagi printsiplarga asoslanish maqsadga muvofiq:
a) komplekslilik printsipi;
b) maqsadni amalga oshirish printsipi;
v) manfaatlarni moslashtirish printsipi;
g) ko’p darajali tahlil printsipi;
d) me’yorlilik printsipi;
Ko’p darajali tahlil printsipi korxona ko’lamini aniqlash orqali unga qaysi ijtimoiy resursdan foydalanish ko’proq naf keltirishini aniqlaydi.
Maqsadni amalga oshirish printsipi, maqsadni aniq belgilash, muqobil variantlarni belgilash va ijtimoiy resurslardan optimal foydalanishni o’z ichiga oladi.
Komplekslilik printsipi - barcha ijtimoiy resurslardan ko’p tomonlama foydalanishni ta’minlaydi. Manfaatlarni moslashtirish printsipining asosiy sharti bir birini rad etuvchi tendentsiyalarni neytrallashtirish.
Me’yorlilik printsipining asosiy maqsadi ijtimoiy resurslardan foydalanishni boshqa maqsad, vazifalar va qadriyatlar bilan uyg’unlikda amalga oshirishni ta’minlash.
Ijtimoiy resurslarning har birini qo’llash uchun aniq ijtimoiy texnologiya ishlab chiqish kerak. Masalan, motivatsion resurslardan foydalanish 3 bosqichda amalga oshiriladi: qadriyatlar, qoidalar va motivlar.
Odamlar sog’ligi, moddiy farovonlik, oila va oilaviy munosabatlar, ertangi kunga ishonch kabilar mahalliy jamiyat-ning asosiy qadriyatlari hisoblanadi. Mahalliy xalq bu qadriyat-larga erishish uchun aktiv faoliyat yuritishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |