Ijtimoiy menejment


Innovatsiya muhitini yaratish texnologiyalari



Download 0,93 Mb.
bet46/61
Sana31.05.2023
Hajmi0,93 Mb.
#946811
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61
Bog'liq
Ижт.менеж лотинда

Innovatsiya muhitini yaratish texnologiyalari

Innovatsiya muhitini yaratish texnologiyalari ikki bosqichni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqich-ob’ektiv o’zgarishlarni o’z ichiga oladi, ya’ni iqtisodiy o’zgarishlarni.


Ikkinchi bosqich - odamlarni fikrlash doirasini o’zgartirish, boshqarishning innovatsion maqsadlarini belgilash kabi sub’ektiv o’zgarishlarni o’z ichiga oladi.
Bu ikki bosqich o’zaro uzviy bog’liq va shu bilan birga nisbatan mustaqildir. Innovatsion texnologiyalar juda tez sur’atlarda ishlab chiqilishi mumkin, lekin bu ikki bosqichning amalga oshish muddatlari o’rtasidagi farqning ortib ketishi yangi g’oyalarning talab qilinmay qolib ketishiga sabab bo’ladi. Bu muammoni baholash shuni ko’rsatadiki, yangi g’oyalarning talab qilinmasdan qolib ketish darajasi juda yuqori. Bu holat ayniqsa, Sobiq Ittifoq davlatlari va Rossiyada juda ayanchli ahvolda. Fan va intellektual qobiliyatning himoyalanmaganligi siyosiy boshqaruvchilarga noto’g’ri qarorlarini o’z vaqtida to’g’rilash imkonini bermaydi. Bu esa qarorlarni qabul qilishda mas’uliyatsizlikni vujudga keltiradi va mansabdor shaxslarning malakasiz va loqayd bo’lishiga sabab bo’ladi. Bunday holat bilimli boshqaruvdan mahrum bo’lgan jamiyatga juda qimmatga tushishi mumkin, chunki bunday jamiyat o’z maqsadiga turli inqirozlar va qonli to’qnashuvlar orqali erishishi mumkin. Barcha rivojlangan mamlakatlar ta’lim, sog’liqni-saqlash va ijtimoiy himoyaning uzoq muddatli dasturlariga ega. Bu dasturlar iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olgan: masalan, AKSHning bir yillik ijtimoiy soha xarajatlari trillion dollar atrofida. AKSHda mingdan ortiq uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqarilgan. Bu dasturlarning bajarilishi ijtimoiy sohada katta o’zgarishlarga sabab bo’ldi. 1979 yil Yaponiyada «jamiyat ravnaqining yapon modeli» ni qurish uchun etti yillik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan.
Industrial davlatlarda rejalashtirish iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha yo’llanmalari bo’ycha mikro va makro darajada amalga oshiriladi. Masalan, faqatgina Evropa Ittifoqi davlatlarida energiyani tejashga qaratilgan 600 dan ortiq dastur amal qilmoqda. Bu va boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlarda resurslarni tejash siyosati amalga oshirilmoqda. Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda, hukumat resurs tejashning hukukiy yoki ma’muriy usullaridan foydlanadi.
Mamlakatda resurslardan oqilona foydalanmaslikning sababi, davlat dasturi emas, balki uni amalga oshirish mexanizmlarining byurokratlashganligi va markazlashganligidir, ba’zi hollarda xo’jalik mexanizmining o’rniga ma’muriy tartibga solish usullari qo’llanilgan. Markaziy boshqaruv organlarining noto’g’ri rejalashtirishi natijasida yuzlab milliard so’m miqdoridagi moddiy-texnik, valyuta va tabiiy resurslar noto’g’ri sarflangan.
Bugungi kunda bu masala ikki nuqtai nazardan baholanmoqda:
1. SHu sohadagi omillarning bahosi; 2. Yuqori mansabdor shaxslarning bahosi. Bu ikki baho bir biriga zid fikrlarni ilgari surmoqda, mana shu holat boshqaruvdagi inqirozning asosiy sababidir. Jamiyat uchun bu muammoni echish yo’llaridan biri xorijda keng qo’llanilayotgan «ijtimoiy qatnashish» printsipiga rioya qilishdir. Bu printsipning asosiy mazmuni davlat o’z vazifalarining bir qismini mahalliy boshqaruv organlariga berish orqali turli mulkchilik shakllarini yaratishi. Bunday siyosat Rossiyada 1919 yilda «komunal xo’jalik» yaratish davrida amalga oshirilgan. O’sha yillarda mahalliy xo’jalik sohalarida odamlar mustaqil faoliyat yuritgan. Aynan shu davrda yangiliklarni amaliyotda qo’llash sur’atlari tezlashgan. Bunday urinishlar keyinchalik ham amalga oshirilgan. Bu urinishlarning asosiy maqsadi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni tezlashtirish va mahalliy xo’jaliklarning o’z-o’zini rivojlantirish asoslarini yaratishdir.
Biroq eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimi barham topgani yo’q, balki yangi ko’rinishda davom etmoqda. Fundamental fanlar asosan yirik texnopolislarda rivojlantirilgan, bu esa rivojlanishning eng qoloq usullaridan biridir.
Faqatgina boshqaruvning markazdan joylarga berish orqaligina turli hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga erishish mumkin. O’zgarishlar hududlarni va mehnat jamoalarni iqtisodiyotning aktiv sub’ektlariga aylantiradi. O’z navbatida bu sub’ektlar hududlardagi intellektual resurslardan foydalanish darajasini oshiradi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish