Ijtimoiy menejment



Download 0,93 Mb.
bet1/61
Sana31.05.2023
Hajmi0,93 Mb.
#946811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Ижт.менеж лотинда


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI

Menejment” kafedrasi


IJTIMOIY MENEJMENT” FANIDAN


MA’RUZALAR MATNI


Namangan 2022

Ma’ruzalar matnida Ijtimoiy menejmentning shakllanishi, rivojlanishi, uning ilmiy maktablari, XX asr oxiri va XXI asr boshida boshqaruv madaniyati, ijtimoiy menejmentning amalga oshirishning universal texnologiyalari, ijtimoiy menejmentning predmeti va mazmuni, ijtimoiy menejment qonunlari va tamoyillari, uslublari, ularning samaradorligini oshirish asoslari, ijtimoiy resurslar, ularni amalga oshirish yo’llari, munitsipial menejmentning krizisga qarshi strategiyasi, ijtimoiy injeneriya kabi dolzarb masalalar bayon qilingan.


Ushbu ma’ruzalar matni 5232900 - “Menejment” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) va 5231900 - “Korparativ boshqaruv” ta’lim yo’nalishida taxsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan.
Tuzuvchi i.f.n., dots R. Ismatov
Taqrizchilar: i.f.n., prof. O. Qozoqov NamMTI “Menejment”
kafedrasi professori
i.f.n., dots. G’. SHermatov NamMQI “Menejment”
kafedrasi dotsenti

Ushbu ma’ruzalar matni «Menejment» kafedrasining 2022 yil 28 iyundagi umumiy yig’ilishida muxokama qilingan bayonnoma № 11


Ma’ruzalar matni NamMPI o’quv-uslubiy kengashining «___» __________ 2022 yildagi ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan. Ro’yxat raqami № ____




Kirish

Mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o’tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.


SHuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag’allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o’rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarildi.
So’nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O’zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
Bugungi davrda Yangi O’zbekiston “Inson qadri ustuvor bo’lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim g’oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz Rahbari belgilab bergan bu ulug’vor maqsad asosida xalqimiz yangidan-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda.1
Ana shu maqsadni xayotga tadbiq etishda “Ijtimoiy menejment” fani o’ta dolzarbdir. Ushbu fan ijtimoiy muammolarni oqilona xal qilish yo’llarini ko’rsatib beruvchi bilimlarni talabalarga yetkazib berishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugungi boshqaruv amaliyotida nafaqat ijtimoiy ustivor yo’nalishlar aniqlanmoqda, balki ijtimoiy texnologiyalar ham ishlab chiqilmoqda (axborot, tashkiliy, ma’muriy, me’yoriy-xuquqiy). Boshqaruvning ijtimoiy sohasi ham ta’sir ob’ekti, ham sub’ekti nuqtai nazaridan mustaqil, ko’p tuzilmaviy va ommaviy bo’lib bormoqda. Bu sohada alohida boshqaruvchi-menejer mutaxassisligi paydo bo’lmoqda. SHuning uchun bunday sharoitlarda ilmiy bilim sohalari ichida ijtimoiy menejment tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O’zbekistonda bozor iqtisodiga o’tishning mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov ilgari surgan besh tamoyilning biri – aholini kuchli ijtimoiy himoyalashdir. Ana shu tamoyilni hayotga tatbiq etishda «Ijtimoiy menejment» fani o’ta dolzarbdir. Ushbu fan ijtimoiy muammolarni oqilona hal qilish yo’llarini ko’rsatib beruvchi bilimlarni talabalarga yetkazib berishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
«Ijtimoiy menejment» fanining maqsadi boshqarish tamoyillari, tizimlari, usullarini yaratishni, ijtimoiy sohada muammoli xolatni baholash, ijtimoiy xarakat strategiyalarini tuzish va ijtimoiy muammolarni hal qilishning innovatsion usullarini topishni nazarda tutadi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish