Nazorat savollar:
Ijtimoiy menejmentning tizimining asosiy elementlarini sanab bering.
Ular orasidagi mavjud aloqa qanday?
Ijtimoiy menejment funktsiyalarini sanab bering.
Ularni taxlil qilib bering.
Ijtimoiy menejmentning tashkiliy tuzilmasini xarakterlab bering.
Tayanch iboralar: boshqaruv sub’ekti, boshqaruv uslubi, boshkaruv funktsiyasi, tuzilma kategoriya, boshqaruv bo’g’ini, nazorat sohasi, boshqaruv vositasi, boshqaruv me’yori, ikki pog’onali, ko’p pog’onali, chiziqli bo’g’in, funktsional bo’g’in.
Tavsiya etilgan adabiyotlar
- М.: Высщая школа, 2002. -271 с.
2. Yo’ldoshev N.Q, Umarxodjaeva M., Yaxьyaeva I. ”Ijtimoiy menejment”. O’quv qo’lanma.-T.:TDIU.2012.-146 b.
3. Qosimova D.S., Nazarova G.G’., Salixova N.M., Ismailova N.S. “Inson resurslarini boshqarish”. Darslik-T.:Iqtisodiyot, 2011.-213 b.
4. Umarxodjaeva M.G. Ijtimoiy menejment. O’quv qo’llanma-T.: TDIU, 2007.- 244 bet.
5. Raximov D. Ijtimoiy menejment. «Iqtisod - moliya», Darslik, 2006.
6. R.R. Abdalimov, I.K. Urazboeva. Ijtimoiy menejment. Toshkent “Aloqachi” nashriyoti, O’quv qo’llanma, 2005.
7.Tojiev SH. Ijtimoiy menejmentdan masalalar yechish. T.:«O’zbekiston», 2002.-380 bet.
10-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTDA TASHKILIY MUNOSABATLAR
1. Tashviliy munosabatlarning asosi
2. Tashkiliy munosabatlarga ta’sir etuvchi omil
1.Tashviliy munosabatlarning asosi
Jamiyatda mavjud barcha tashkiliy munosabatlar ikki xil ma’no kasb ettishi mumkin. Birinchisi - bu boshqarish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar. Bular aniq maqsad qo’yilgach, unga erishish usullari belgilangandan keyin, ishchilarni o’z joyiga qo’yish, vazifalarini belgilash, huquq va majburiyatlarini aniqlab berish kabi munosabatlardir. Boshqaruv munosabatlarining bu qismi, tashkiliy munosabatlarning asosi bo’lib, boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tashkiliy munosabatlarning ikkinchi ma’nosi - jamiyat ijtimoiy tizimchalarga birligi sifatida namoyon bo’lib, har biri o’z ichki tuzilmasiga ega.
Ma’lumki har bir jamiyat tizimchalari, ijtimoiy institut tashkiliy munosabatlar bilan bog’liq bo’lib, boshqaruv faktorlari bilan ya’ni, faollik, kuchli faoliyatdagi rejalashtirish, koordinatsiya, korrektsiya va nazorat qilish bilan ishtirok etadi. Boshqaruv sub’ektini tashkillashtirish tashqi ta’sir va o’zini - o’zi tashkillashtirish jarayoniga bog’liq.
Tashkilotning ikki xil shakli mavjud: rasmiy va norasmiy; o’z navbatida tashkilotning 2 turi ham farqlanadi.
Birinchi turi ma’muriy tamoyillarga, mavjud ish joylariga, funktsional majburiyatlarga, huquq va vakolatlarga asoslangan bo’ladi. Bunday tashkilot odatda skalyar tashkilotlar deb atalib, me’yorlashtirish va tashqi nazorat, institutsional maqsadlarga erishish uchun ishchilar va ish joylari integratsiyasi vazifalarini bajaradi.
Bunday tashkilotning umumiy printsiplari quyidagilar:
1-faoliyatning umumiy institutsional maqsadi;
2-tashkilot a’zolarini me’yorlashtirilgan aloqalari;
3-tashqi muhit bilan o’zaro aloqalari;
4-maqsadga erishish uchun barcha resurslardan foydalanish.
Tashkiliy struktura mehnat bo’limlari, majburiyatlar ierarxiyasi va resurslardan foydalanish tartibligi bilan xarakterlanadi.
Mehnat, uskunalar, pul vositalari, er, kapital va inson resurslari rasmiy tashkilot resuslari bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |