3. Ijtimoiy tizimlarni bashorat qilish
Bashorat ijtimoiy ko’ra bilish shakli sifatida u yoki bu maqsadlarga erishishning imkon darajasini ifodalaydi. Bunda bashorat ham boshqariluvchi ham boshqarilmaydigan jarayonlarni qamrab olishi mumkin va shart.
Boshqaruv jarayonida bashoratlar qator funktsiyalarni bajaradi: mo’ljallash, me’yoriy, ogohlantiruvchi va boshqalar. Ular boshqaruv organlarini istiqbolli muammolarini echishga yo’naltiradi, bashorat modelini amalga oshirish mumkin bo’lgan sharoitlarni aniqlaydi, ulardan mumkin bo’lgan chetlashtirishlar xaqida ogohlantiradi. SHunday qilib, bashoratlar butun boshqaruv jarayonining zarur elementi sifatida namoyon bo’ladi, uning maqbullashishiga ko’maklashadi.
Ijtimoiy organizmdagi aloqalarni qiyinlashtiruvchi va jamiyat dinamikasini oshiruvchi ilmiy-texnika inqilobi sharoilarida bashorat qilishning roli va ahamiyati ortadi. Ilmiy-texnika inqilobi boshqaruv sub’ekti faoliyat natijalarini mumkin bo’lgan rivojlanishini aniq oldindan ko’ra bilishni talab qiladi.
«Bashorat qilish, modellashtirish sifatida ham bu murakkab ilmiy-tadqiqot va mantiqiy-konstruktiv faoliyatdir. U shunday tashkil etilishi kerakki, boshqaruv qarorlarini tayyorlashda zarur axborot berishi kerak. Ijtimoiy jarayonlarni boshqa-rishda bashoratlarning ahamiyati shundan iboratki, ular rejadan oldingi xujjatlar sifatida namoyon bo’ladi. SHubhasiz, bashorat qilish va modellashtirish uslublari XXI asrda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ma’lum o’rin egallaydi»1.
Ijtimoiy tizimlarni modellashtirish va bashorat qilish-o’zaro uzviy bog’lik faoliyat turlari: ma’lum ma’noda bashoratni kelajak modeli sifatida qarash mumkin. Modellashtirish uslubi bashorat qilish faoliyatida keng qo’llaniladi.
Nazariya va amaliyotda turli ekspert baholash uslublari ham ma’lum. Ular bashorat qilish va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda keng qo’llaniladi.
Zamonaviy sharoitlarda boshqaruv jarayoni qiyinchiliklarining o’sishida boshqaruvga xizmat qiluvchi mahsus mehnat turi - konsulьtativ mehnat shakllanmoqda. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ekspert baholarini ishlab chiquvchi va rahbarlarga maslahatlar beruvchi ko’pgina jamiyatlar idoralar, tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ko’pchilik olimlar boshqaruv bo’yicha mutahassislar va tashkilot rahbariyati o’rtasida kommunikatsiyalar tizimini yaratish kerak degan fikrda.
Kompaniyalarni boshqarish tuzilmasiga tez-tez biror-bir munosabatlarga mas’ul bo’lmagan va hokimiyat tomonidan berilmagan figura (informal man) kiritilmoqda. U prezident yoki bosh boshqaruvchining maslahatchisi, mustaqil ekspert bo’ladi. U kompaniyalardagi narsalar holatini biror-bir bo’linma yoki xizmat pozitsiyasidan emas, balki, keng strategik masshtabda baholaydi. SHartnoma asosida boshqaruv bo’yicha konsulьtativ firmalardan jalb qilinadigan mutahassislardan farqli ravishda bu ekspert bosh rahbariyatning ishongan odami hisoblanadi. Undan ish holatiga sezilarli ta’sir qiluvchi keng masshtabli jasur maslaxatlar, ob’ektiv baholar talab qilinadi.
Mustaqil ekspertizaning xilma-hilligi sifatida kompaniya direktorlar kengashiga iqtisodiyot, bozor munosabatlari, moliya, kapital, ijtimoiy boshqaruv masalalari bo’yicha ihtisoslashgan olimlar kiritiladi. Institut yoki ilmiy tadqiqot markazida doim ishlovchi olim bir vaqtning o’zida kompaniya direktorlaridan biri hisoblanadi. Ma’lum ish qismiga javob bermay va kelajakda biror-bir alohida ishlab chiqarish funktsiyasi bilan bog’liq bo’lmay, u oliy rahbariyat qarorlari xarakteriga ta’sir qilishi mumkin.
Rahbarlik qarorlarini tayyorlash bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish yo’llari va vositalari ko’rib chiqilayotganda aniq ijtimoiy va sotsiologik tadqiqotlar rolini ham ko’zda tutish kerak. Ular orqali rahbarga uning faoliyatida yordam beruvchi o’rganilayotgan ob’ekt to’g’risida axborot yig’ish ta’minlanadi, uning xarakterli jihatlari va rivojlanish tendentsiyalari ochiladi, xulosa va takliflar shakllanadi.
Sotsiologik tadqiqotlar nafaqat u yoki bu boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishga yordam beradi, balki ularni insonlarga ta’sir qilish mexanizmini o’rganishga, bu qarorlarni turli ijtimoiy kategoriyalar qabul qilinish xarakteriga, boshqaruv qarorlari odamlar fikrlarida qanday joylashishini, ularni xulq-atvorida qanday aks etishini, ijtimoiy hodisalar rivojida, ijtimoiy guruhlar va jamoa-lardagi munosabatlarda, shahslararo munosabatlarda qanday aks etishini kuzatishga ham yordam beradi.
Aniq ijtimoiy tadqiqotlarda anketalash uslubi tez-tez qo’llaniladi. Bu uslub o’rganilayotgan jarayonlar va xodisalarning ijtimoiy-psixologik jihatlari to’g’risida axborot beradi. Bunday axborot juda zarur, lekin jarayon va xodisalarning chuqur mohiyatini ochish uchun etarli emas. Zamonaviy bosqichda xaqiqatni aniq o’rganishning barcha uslublari va vositalaridan foydalanishga intilish juda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |