Nazorat savollari:
«Ijtimoiy menejment uslubi» tushunchasi mazmunini ochib bering.
Umumiy boshqaruv tizimida ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik uslublarning ahamiyati qanday?
Nima uchun turli boshqaruv uslublari yig’indisidan foydalanish muhim?
Qanday boshqaruv uslublarini qo’llash orqali bugungi kunda odamlarni mehnatga rag’batlantirish amalga oshiriladi?
Tayanch iboralar: uslub, boshqaruv uslubi, psixologik uslub, iqtisodiy uslub, iqtisodiy rag’batlantirish, tashkiliy - ma’muriy uslub, o’z-o’zini boshqarish, tashkiliy muvozanatlovchi uslub, ko’rsatmali ta’sir uslubi, intizomiy ta’sir uslubi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar
1. Иванова В.Н. Социальный менеджмент. Учебное пособие. - М.: Высщая школа, 2002. -271 с.
2. Yo’ldoshev N.Q, Umarxodjaeva M., Yaxьyaeva I. ”Ijtimoiy menejment”. O’quv qo’lanma.-T.:TDIU.2012.-146 b.
3. Qosimova D.S., Nazarova G.G’., Salixova N.M., Ismailova N.S. “Inson resurslarini boshqarish”. Darslik-T.:Iqtisodiyot, 2011.-213 b.
4. Umarxodjaeva M.G. Ijtimoiy menejment. O’quv qo’llanma-T.: TDIU, 2007.- 244 bet.
5. Raximov D. Ijtimoiy menejment. «Iqtisod - moliya», Darslik, 2006.
6. R.R. Abdalimov, I.K. Urazboeva. Ijtimoiy menejment. Toshkent “Aloqachi” nashriyoti, O’quv qo’llanma, 2005.
7.Tojiev SH. Ijtimoiy menejmentdan masalalar yechish. T.:«O’zbekiston», 2002.-380 bet.
8-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING ILMIY USLUBLARI UNING
SAMARADORLIGINI OSHIRISH ASOSI
1. Boshqaruvning ilmiy uslublari
2. Kibernetik modellashtirish
3. Ijtimoiy tizimlarni bashorat qilish
4. Axborotlashtirilgan boshqaruv tizimlari
1.Boshqaruvning ilmiy uslublari
Ilmiy uslublarning kuchi shundan iboratki, ular tahlil xajmi to’g’risida ishonchli ma’lumot olishga imkon beradi, bilimlarni ishonchli tekshirishni ta’minlaydi, ob’ektning kelajakdagi holatini bashorat qilishga imkon beradi, ta’sir qilish vositalarini ko’rsatadi. Ular ijtimoiy sohada qarorlar qabul qilish jarayonini maqbullashtirishi mumkin.
Modellashtirish, bashorat qilish, ekspert baholash kabi ilmiy uslublar ko’p asrlik tarixga ega. Lekin har holda, boshqaruvning zamonaviy instrumentariysini ilmiy texnik inqilob, uning davrlik natijalari bilan bog’lashga etarlicha asos bor.
Uning kuchi faqatgina asrlar davomida ishlatilayotgan an’anaviy uslublar va vositalar samaradorligini oshirish va yangilashida emas, balki ilmiy-texnik inqilob boshqaruv uslublari va vositalari inqilobining asosi sifatida ko’rib chiqiladi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ba’zida modelni turli aniq xodisalar va jarayonlarga mexanik qo’yiladigan shablon yoki prototip sifatida tushiniladi. Bunday tushunish noto’g’ri. Amaliy muammolarni hal qilishda yaxshi natijalarga erishish uchun doimo «buyurtma bo’yicha ishlash» zarur, ya’ni, modelь ma’lum jarayonning o’ziga xos belgilarini aks ettirishi kerak. Turli modellar umumiy belgilarga ega bo’lishi mumkin. Modellashtirish va boshqaruv ana shu belgilar bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |