Termiziy, Xakim at-Termiziy kabi o‘rta Osiyolik olimlarning,
ulamolarning dongi etti
iqlimga taralgan edi.
Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o‘ziga tobe qililishni istagan kuchlar avvllo uni o‘zligidai,
tarixidan, madaiiyatidan judo qilishga intiladi. Bosib olingan mamlakat xalqlari madaniy-
ma’naviy taraqqiyotini bug‘ib qo‘yish istilochi, bosqinchi mamlakatlar tomonidan
mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan
o‘tgan an’anaviy yo‘llaridan b iri bo‘lib hisoblanadi. Xitoy donishmandi Konfutsiy
bundan 2700 yil oldin o‘z imperagoriga shunday maslahat bergan ekan: «Xoqonim, agar
biror mamlakatni bosib olib, u erda uzoq xukmronlik qilmokchi bo‘lsangiz, dastavval usha erda
yashayotgan xalqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma’naviy buhronni
kuchaytiring. O‘z madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma’naviy qashshoqlik
holatiga uchragan
xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga uraladi, sizga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bunday
holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin bo‘lmaydi»
1
. Madaniyat va
ma’naviyatni barbod atish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga yo‘l bermaslik itoat ettirilgan
xalqni jilovda ushlab turishning eng zarur na nozik yo‘llaridan biri ekanligini istilochi
va bosqinchilar doimo juda yaxshi bilgan. SHuning
uchun ham mustamlakachi va
bosqinchilar Xitoy donishmandi aytgan gaplarni oldindan rejalashtirib qo‘yishadi.
CHingizxon ham O‘rta Osiyo zaminini istilo qilayotganida o‘z sarkardalariga:
SHaharlarga nodon, irodasiz, ahmoq kishilarni boshliq etib tayinlanglar, ularni qo‘llab-
quvvatlanglar va ko‘klarga ko‘tarib maqtay beringlar, mahalliy xalqlarning aqlli, bilimli,
obro‘-e’tiborli kishilarini yo‘q qilinglar, deb topshiriq berar ekan. Bu siyosatning ham
chuqur o‘ylangan sabablari bo‘lgan. O‘z madaniyatidan, obro‘-e’tiborli, dono vakillaridan
judo bo‘lgan xalq ma’naviy rahnamosiz qolib qovusha va uyusha olmaydi.
Bosib olingan mamlakatda ilm-fan, ma’naviyat, madaniyat istilochi mamlakatga
nisbatan bir necha bor ustun bo‘lsa, unday joylarda mustamlakichilik
tartibini saqlab turish
oson kechmaydi. Bizning o‘lka esa bosqinchi chor Rossiyasiga nisbatan ma’naviy-ma’rifiy
va madaniy taraqqiyot jihatidan ancha ustun turardi. CHor xukumati o‘zlarining erli
xalqdan ustunliklarini isbotlashga va shu tarifa «uzil-kesil» g‘alabaga erishishga astoydil
kirishdilar.
O‘tmishdagi bosqinchilar singari chor bosqinchilari ham bu sohadagi amaliy ishni
Turkiston xalqini bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-odatlaridan mahrum qilish,
ruhan, ma’nan mayib-majruh qilishdan boshladilar. Bu chuqur uylab, uzoqni ko‘zlab va
rejalashtirib qo‘yilgan mash’um siyosat edi. Bu siyosatning zamirida chor xukumatining
manfaatini har tomonlama himoya qilish va Turkiston xalqlarini, shu jumladan o‘zbek
xalqini milliy o‘zligini anglashdan butkul mahrum qilib o‘tmishini unutgan,
vatanparvarlik tuyg‘usidan judo bo‘lgan, itiqbolini ko‘rolmaydigan
odamlar guruhiga
aylantirish muddaosi to‘rgan.
Insonlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini ta’minlashga ko‘maklashadigan muqaddas
kitob Qur’oni Karim, Hadisi SHarif, Al-Buxoriy, At-Termiziy, SHayx Najmiddin Kubro, Az-
Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband singari ulamoyu fuzalolarning mo‘‘tabar asarlari xalqdan
yashirildi, ularga o‘t qo‘yildi, suvlarga oqizildi. Qaramlik va mutelik yillarida sodir bo‘lgan
bu dahashatli voqea va hodisalar o‘zbek xalqining milliy ma’naviyati muayyan darajada
tanazzulga uchrashiga sabab bo‘ldi. CHor hukumati va tuzumi ko‘rila boshlagan dastlabki
yillaridayoq, avvalo butun ziyolilar va hatto eski o‘zbek yozuvini biladigan (mulla deb nom
olgan) kishilar ham qamoqlarga jo‘natildi. Keyinchalik esa uyda arab alifbosi yozuvidagi
kitob va qo‘lyozmalarni saqlagan odamlar qattiq ta’qib ostiga olindi. Xullas, o‘zbek xalqining
ilg‘or qismi - ziyolilarga, ma’rifat homiylariga juda katta zarba berildi. Bu katag‘onlik xatti-
harakati o‘tgan etmish yil davomida u yoki bu darajada doimiy va o‘zviy ravishda davom
etdi.
Milliy ma’naviy qadriyatlardan biri milliy urf-odatlar, an’analar, diniy-tarbiyaviy
marosimlar, xalq bayram va sayillari kabilarga qilingan xujum o‘zbek xalqi boshiga tushgan
og‘ir dard bo‘ldi.
Umuman olganda, sho‘ro yillari davomida o‘zbek xalqi
erkin fikrlash huquqidan
mahrum etildi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqning ma’naviyatiga salbiy ta’sir qildi.
YUqorida qayd etganimizdek 30-yillarning o‘rtalariga borib, milliy ma’naviyatimizni
to‘liq sindirib, yanchib tashlashga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirila boshlandi. Asl
ziyo egalari otib, bo‘g‘ib tashlandi. Bular qatoriga CHo‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf
Fitrat, Usmon Nosir kabi xalqimizning, millatimizning, uning ma’naviyatining o‘nlab,
yuzlab asl o‘g‘lonlarini kiritishimiz mumkin. qaramlik va mutelik yillari o‘zlarini ilmning
hamma sohasini yakkayu yagona bilagani deb atagan kommunistik mafkura targ‘ibotchilari
O‘z faoliyatlarida o‘tmishdan qolgan barcha ma’naviy merosni butunlay inkor etish yo‘liga
o‘tib oldilar.
O‘zbekistonda barcha dinlarning, birinchi navbatda, islom dinining ko‘zga ko‘ringan
yirik vakillari birin-ketin qamaldi, surgun qilindi, imi-jimida otib tashlandi. CHorak kam
bir asr davomida diniy-ma’naviy tarbiyaga o‘rin berilmadi. Diniy axloq va madaniyatning
zarari haqida aytilmagan gap qolmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: