ISLOM TA’LIMOTI
1. Ilohiyotda islom dini uch elementdan – al-iymon, al-islom, al-ihsondan iborat
deb e’tirof etilgan. Iymon talablari 7 ta aqidani - ollohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga,
payg‘ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o‘lgandan keyin tirilishga
ishonish talablarini o‘z ichiga oladi. Islom talablariga, ya’ni din asoslari - arqon ad-din deb
nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular – iymon keltirish, namoz o‘qish,
ro‘za tutish, zakot berish va imkoniyati topilsa Haj qilish talablari. E
hson (a
l-ihson)
esa Alloh
taoloning xalqiga yaxshilik qilish, ularga minnatsiz shafqatda bo‘lishlikdir. “Ehson – Alloh
taologa xuddi Uni ko‘rib turganingdek ibodat qilishingdir. Agar uni ko‘rmasang ham, U seni
ko‘rib turibdi”.
Hadisdan: “Bir kuni sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o‘tirganlarida
to‘satdan sochlari qop-qora, kiyimlari oppoq bir kishi kirib keldi. U Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning oldilariga o‘tirib, savol so‘ray boshladi: “Ey Allohning rasuli, iymon nima? Islom
nima? Ehson nima?”. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iymon, islom haqida javob berdilar.
“Ehson nima?” savoliga bergan javoblari shunday bo‘ldi: “Ehson – Allohga xuddi Uni ko‘rib
turgandek ibodat qilmog‘ingdir, garchi sen Uni ko‘rmasang ham, albatta U seni ko‘rib turibdi”.
Ulamolar iymon to‘g‘risidagi savolni aqoidga, islom to‘g‘risidagi savolni fiqhga, ehson
to‘g‘risidagi savolni esa tasavvufga oid deb ta’rif berganlar. Ular insonning aqiydasi to‘g‘ri
bo‘lib, namoz, ro‘za, zakot kabi ibodatlarni ado etsa-yu, qalbi hozir bo‘lmaydigan bo‘lsa, ibodati
mukammal bo‘lmay qoladi, degan fikrni ilgari suradilar.
Ehson so‘zi arab tilida bir qancha ma’nolarni anglatadi. Masalan, “a’lo darajada amalga
oshirmoq”, “yaxshilik qilmoq” kabi.
Qur’oni karimda shunday keltiriladi: “Ehsonning mukofoti faqat ehsondir” (Ar-Rohman
surasi, 60-oyat). Bu yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir, deganidir.
Bu oyatda birinchi zikr qilingan ehson (ya’ni yaxshilik) bandadan bo‘lib, u Alloh taoloning
ibodatini astoydil jiddu-jahd bilan bajarishdir. Keyingi zikr qilingan ehson Allohdan bo‘lib, u
Alloh bandalarini jannatiga kiritishi bilan bo‘ladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir qilayotgan ishlarimizni a’lo darajada bajarmog‘imiz,
o‘zaro bir-birimizga saxovat ko‘rsatib, yaxshilik qilmog‘imiz, nematlarni isrof qilmasligimiz
ehson bo‘lar ekan.
2. Islomdagi yirik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi haqida shuni aytish, lozimki, islom ham
o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida bo‘linishdan chetda qolmagan.
Jahondagi barcha yirik dinlar o‘z taraqqiyotining muayyan bosqichida turli yo‘nalish va
oqimlarga bo‘lingan. CHunki mazkur din tarqalgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy kurashning kuchayishi, muayyan dinga e’tiqod qiluvchi turli xalqlarning ijtimoiy
manfaatlari va madaniy darajalari turlichaligidadir.
Islom ham o‘z tarixiy taraqqiyotida bunday bo‘linishlarni o‘z boshidan kechirdi. VII
asrning ikkinchi yarmidayoq dastavval. xorijiylar (Al-xavorij, xaraja-dindan chiqmoq
mazmunida) yo‘nalishi shakllangan, so‘ngra yana ikki yirik oqim-sunniylik va shialikka
ajralgan.
Sunniylik - bu islomda izchil, sobitqadam yo‘nalish hisoblanadi. Musulmonlarning juda
ko‘pchilik qismi - 92 foizi sunniylikka e’tiqod qiladi. Qolgan 7 foizi shialikka e’tiqod
qiluvchilardir. Sunna arabcha odat, an’ana, hatti-harakat tarzi degan ma’nolarni bildiradi.
Sunniylik degan so‘z arabcha «Sunna» - «muqaddas rivoyat», ya’ni Muhammad to‘g‘risidagi
rivoyatlar va uning hadislari to‘plami degan tushunchadan olingan. YAna sunna farzdan farqli
ravishda bajarilishi ixtiyoriy bo‘lgan ko‘rsatmalar, amallardir.
Sunniylar
ummaviylar
sulolasidan
bo‘lgan
xalifalarning
oliy
hokimiyatiga bo‘lgan huquqini tan olganlar. Sunniylikda sunna Qur’ondan keyingi asosiy
muqaddas manba, hadislar to‘plami deb qaraladi. U VII asr o‘rtalarida shakllana boshlagan.
Unda xalifalikdagi sinfiy munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi atrofidaga kurash
o‘z ifodasini topgan. Uni to‘plash, sharhlash va nashr qilishda vatandoshlarimiz Imom Buxoriy,
Imom at— Termiziy asosiy rol o‘ynaganlar.
Sunniylikdan
keyinchalik
hanafiy,
hanbaliy,
molikiy
va
shofiy
mazhablari shakllandi.
Sunniylar fiqhiy-shar’iy masalalar echimi yuzasidan to‘rtta imom - Imom Abu Hanifa
(699-767), Imom Molik ibn Anas (713-795), Imom Ahmad ibn Hanbal (780-855), Imom
Muhammad SHofe’iyga ergashadi (vaf. 820). O‘zbekistonda Imom Abu Hanifa (Imomi A’zam)
asoslagan hanafiya mazhabi keng tarqalgan. Ammo, yurtimizda boshqa mazhablarga
ergashuvchilar, shuningdek, oz sonli bo‘lsa-da, shialar ham yashab keladi.
SHialik. Guruh, partiya, tarafdorlar degan ma’nolarni beradigan arabcha «shia» so‘zidan
kelib chiqqan. SHialik o‘z ahamiyati va tarafdorlari soniga ko‘ra islomdagi ikkinchi yo‘nalishdir.
U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga
kelgan. U choryorlarning to‘rtinchisi Ali tarafdorlarini birlashtirgan. U juda ko‘p sektalarga
bo‘linib ketgan. Bular orasida ismoiliylar hozir 35 millionga yaqin tarafdoriga ega bo‘lib, hozir
ham islom drirasida, katta rol o‘ynamoqda.
SHialar Arabistonda paydo bo‘lgan teokratik davlat-xalifalikdagi oliy hokimiyat uchun
olib borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan.
SHia yo‘nalishi islomiy ibodiy, zaydiy, druz, ja’fariy mazhablarini o‘z ichiga oladi.
«SHiy’a» so‘zi lug‘atda, «tarafkash» ma’nosini anglatadi. Islom olamida esa, hazrati Aliga
tarafkashlik oqibatida ko‘pchilik musulmonlardan ajralib, alohida yo‘l tutgan toifaga aytiladi.
Aslida shiy’a mazhabining kelib chiqishiga siyosiy ixtiloflar sabab bo‘lgan.
Uchinchi xalifa hazrati Usmon roziyallohu anhu vafotlaridan so‘ng kelib chiq-qan qarama-
qarshiliklarning bir tarafida hazrati Ali ibn Abu Tolib karramullohu vajhahu bo‘ldilar. U kishiga
tarafdor bo‘lganlardan ba’zilari keyinchalik shiy’a mazhabini keltirib chiqardilar. Hazrati
Alining o‘zlari bu gaplardan bexabar o‘tganlar.
Xulosa shuki, shiy’achilik avvaldan o‘ylab, rejalashtirib tuzilgan harakat yoki mazhab
emas, balki siyosiy tarafkashlik oqibatida muxolif tarafga zid o‘laroq asta-sekin shakllangan bir
mazhabdir.
Tarixchilardan ba’zilari bu mazhabning boshlanish davri sahobalar o‘rtasida sodir bo‘lgan
mashhur «Siffiyin» urushiga to‘g‘ri keladi, deydilar.
Keyinchalik shiy’alar ko‘plab firqalarga bo‘linib ketgan. Hozirgi kunda Ahli sunna val jamoa
mazhabiga muqobil va yaqin sanaladigan, eng asosiy shiy’a mazhabi «imomiya» yoki «isna
ashariya» deb nomlanadi. YA’ni, ular o‘n ikki imomga e’tiqod qiladilar, shuning uchun mazkur
nomni olganlar. Ularni fiqhiy e’tibordan imom Ja’far Sodiqning ergashuvchilari bo‘lganlari
uchun «Ja’fariylar» ham deyiladi.
Imomiya mazhabidagi shiy’alar e’tiqod qiladigan imomlar quydagilar:
Ali ibn Abi Tolib, roziyallohu anhu.
Hasan ibn Ali, roziyallohu anhumo.
Husayn ibn Ali, roziyallohu anhumo.
Ali Zaynul Obidiyn ibn Husayn.
Muhammad al-Boqir ibn Ali Zaynul Obidiyn.
Ja’far as-Sodiq ibn Muhammad al-Boqir.
Muso al-Kozim ibn Ja’far as-Sodiq.
Ali Rizo ibn Muso al-Kozim.
Muhammad al-Javod ibn Ali Rizo.
Ali al-Hodiy ibn Muhammad al-Javod.
Hasan al-Askariy ibn Ali al-Hodiy.
Muhammad al-Mahdiy ibn Hasan al-Askariy.
SHiy’alarning o‘n ikkinchi imomi, Muhammad al-Mahdiy to‘rt yoki sakkiz yoshida Sorra
man ra’o degan joyda otasining hovlisida bir g‘orga o‘xshash joyga kirib ketganu bir kuni qaytib
chiqadi, deb e’tiqod qilinadi. SHuningdek, ularning aqiydasi bo‘yicha imomlik yagona diniy
rahbarlik bo‘lib, u avvalgi imomning vasiyati ila keyingi imomga o‘tadi.
Misol uchun, Payg‘ambar alayhissalom o‘zlaridan keyin imomlikni hazrati
Aliga vasiyat qilganlar, o‘z navbatida, hazrati Ali, imom Hasan va Husaynga va hokazo.
SHiy’a mazhabidagi musulmonlarning e’tiqodi bo‘yicha, imom gunohlardan pok,
to‘liq ilm sohibi bo‘ladi. Payg‘ambardan farqi vahiy tushmasligida, xolos. Imomlar mo‘‘jiza
sohibi ham bo‘ladilar.
Ular har kuni shom namozidan keyin imom Mahdiy kirib ketgan, deb e’tiqod qilinadigan
g‘or og‘ziga bir ulovni olib borib, to yulduzlar ko‘ringuncha, imomning ismini aytib
chaqiradilar, so‘ngra ertaga qaytib kelamiz, deb tarqalishadi.
Ular imom chiqsa, er yuzini adolatga to‘ldiradi, shiy’alarning dushmanlaridan o‘ch oladi, deb
e’tiqod qiladilar.
Imomiya shiy’alarining eng mashhur aqiydalaridan biri «taqiyaya» dir. YA’ni, bu–inson
o‘zini saqlash uchun ba’zi hiyla va aldovlarni ishlatishi mumkin, degan gap. Imomiya
mazhabidagilar huzurida «ta-qiyya» dinning aslidan hisoblanadi, kim unga amal
qilmasa, namoz o‘qimagan bilan barobar bo‘ladi. Kim uni tark qilsa, dindan chiqadi.
Bu gaplariga o‘zlarining beshinchi imomlari Ja’far Sodiqning:
«Taqiyaya mening va otalarimning dini, kimning taqiyayasi bo‘lmasa, iymoni ham yo‘qdir»,
degan gapini dalil qilib keltiradilar.
Imomiya shiy’alarini mashhur qilgan sabablardan biri «mut’a» nikohidir. YA’ni, lug‘atdagi
ma’nosi mazza qilish uchun uylanish.
Bir ayol bilan kelishib, haqqini berib, ma’lum muddat, kun yoki soatga nikoh qilib olish.
Ular mut’a nikohini eng yaxshi ibodat, qurbat hosil qilishning afzal yo‘li, deb e’tiqod qiladilar.
SHiy’alardan mutaassiblari ko‘pchilik sahobalarni, ayniqsa, uch xalifa: Abu Bakr Siddiq,
Umari Odil va Usmon Zunnuraynlarni la’natlashadi. Uch xalifa zulm bilan Alidan xalifalikni
tortib olishgan, deb ayblashadi. Ular, shuningdek, Oysha onamizni ham so‘kadilar.
SHundan kelib chiqib, ular hazrati Alidan boshqa sahobalar rivoyat qilgan hadislarni
qabul qilmaydilar.
Ba’zi mubolag‘aga ketgan shiy’a toifalari farishta Jabroil alayhissalomni ham so‘kadilar.
Ular u zotni vahiyni adashib Aliga emas, Muhammadga olib tushgan, deb ayblaydilar.
SHiy’alarning o‘zlariga xos bayramlari bor. Ulardan biri «G‘adiyr hayiti». U zulhijja oyining
18-kuni nishonlanadi va katta hayit, deb nomlanadi. Ularninng e’tiqodi bo‘yicha bu hayit
qurbon va ramazon bayramlaridan ham ulug‘ hisoblanadi. SHiy’alarning aytishlaricha, xuddi shu
kuni payg‘ambar alayhissalom hazrati Aliga xalifalikni vasiyat qilgan emishlar. Muharram
oyining birinchi o‘n kuni shiy’alar uchun motam kunlari hisoblanadi. Ular o‘sha
kunlari Imom Hasan, Imom Husayn va boshqalarga motam tutadilar. Ulardan ba’zi bir haddidan
oshgan toifadagilarining e’tiqodlari bo‘yicha o‘sha kunlari kim o‘zini ko‘proq qiynasa, shuncha
ko‘p savob oladi. Imomiya shiy’alarining Ahli sunna val jamoa mazhabiga nisbatan eng katta
aqiydaviy xiloflaridan biri u dunyoda mo‘minlar Allohning jamolini ko‘rmaydilar, deb e’tiqod
qilishlaridir. Fiqh bo‘yicha
ham
bir
qancha
ixtilofli
masalalar
bor.
Ba’zi misollar keltiradigan bo‘lsak, shiy’alar tahorat qilganlarida, oyoqlarini yuvmaydilar. Balki,
oyoqlariga mash tortadilar. SHuningdek, peshin va asr hamda shom va Xufton namozlarini
qo‘shib
o‘qiydilar.
Imom
yo‘qolgani
sababli
imomlikka
munosib
shaxs
yo‘qligidan jamoat namozini o‘qimaydilar va hokazo.
Imomiya shiy’alarining asosiy markazi Erondir. Tarixchilar buning asl sababi Imom
Husayn roziyallohu anhuning Erondan uylanishlari bo‘lgan, deydilar. SHu tufayli siyosiy
janjallarda eronliklar Imom Husayn tarafini oladilar va u kishini kelib, o‘zlariga rahbarlik
qilishga
chorlashadi.
Imom
Husayn
shu
chaqiriqqa
binoan
kelayotib,
Karbaloda shahid bo‘ladilar. SHuningdek, imomiya shiy’alari Iroq, Quvayt, Pokiston va
Livanda sezilarli darajada tarqalganlar.
Sobiq Sovet Ittifoqini nazarda tutadigan bo‘lsak, Ozarbayjon aholisining ko‘pchiligi
shiy’adir. SHuningdek, SHimoliy Qofqozning Ozarbayjon chegarasiga yaqin joylarida
yashaydigan aholi ham shiy’alardir. Bizning O‘zbekistonda Samarqand va Buxoroda ota-
bobolari qadimda Erondan kelib qolgan shiy’a mazhabiga mansub kishilar yashashadi.
Ularning mahalliy aholisi asli Erondan bo‘lgani uchun eroniylar ham deb ataydilar.
Hozirgi kunda o‘zlarining masjidlari bor, ba’zi kitoblarini ham chop etdilar. Oxirgi
paytlarda sunniy va shiy’iy mazhablari orasida yaqinlashish ishlari bo‘yicha faoliyat olib
borilmoqda. Har mazhab o‘zining ta’limotlarini tutishi bilan o‘zgani hurmat qilish va mushtarak
manfaatlar yo‘lida hamkorlik qi-lish harakatlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Eronda «Islomiy
mazhablarni yaqinlashtirish» deb atalgan katta muassasa ish-lab turibdi. Har yili ilmiy
anjumanlar
o‘tkazilmoqda.
Hozirgi paytda imomiy shiy’alar bilan ahli sunnalar orasida munosabatlarni yaxshilashga
harakatlar bo‘lib turibdi. Sahobalarni so‘kmaslik, bir-birini yomonlamaslik, har kim o‘z
mazhabini ushlagan holida ittifoq qilingan masalalarda hamkorlik qilish kabi bir qancha ishlarga
kelishildi. Imomiya mazhabidagi shiyhalarni kofir deyilmaydi. Sizlarga ular haqida gap gapirgan
odam oshirib yuboribdi. Sizlar imom bo‘lsangiz, birga namoz o‘qisangiz bo‘ladi. Ammo ehtiyot
bo‘lish va ularning mazhabiga o‘tib ketmaslik lozim.
Xorijiylar. (Al-xavorij) Bu oqimning nomi, «chiqing», «qarshi bo‘lish», «isyonchilar»
ma’nolarini anglatuvchi arabcha «haraja» so‘zidan olingan. Bu oqim islomdagi ilk sektalardan
hisoblanadi. Islom olamini 1% ni tashkil etadi. U Ali bilan Muoviya o‘rtasida xalifalikning oliy
lavozimini qo‘lga kiritish uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida paydo bo‘lgan.
Xorijiylar 661 yili Alini o‘ldirishgan. Muoviya hukmronligi yillarida (661-680) va undan
kyoyin xorijiylarning yirik qo‘zg‘alonlari bo‘lib o‘tgan.
Garchi ilk xorijiylar er bilan yakson etilgan bo‘lsa-da, xorijiylikning o‘zi yashab qoldi. O‘z
aqidasiga ko‘ra, u shialikning teskarisiga aylanib ketdi. U har qanday meros qilib olingan yoki
xarizmatik rahnamolikni rad etar, dindorlar jamoasi rahnamosini tayinlashda taqvodorlik asosiy
mezon bo‘lishi kerakligini ta’kidlar edi. Bu hol o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan jo‘n bir mezon
bilan baholanar edi: ilk xorijiylar taqvo masalasida, har bir muslim uchun eng katta gunoh
kufrdir, degan keskin aqidasi bilan juda qattiqqo‘l edi. Takfir (musulmonlarni islomdan
tashqarida deb e’lon qilish) tushunchasi xorijiylar guruhlariga Xuzistonning olis tog‘ tumanlariga
vaqtincha ko‘chib chiqish va umaviylar hokimiyatini qabul qilgan musulmon turarjoylariga
hujum qilib turish imkonini berardi. O‘sha hujumlar paytida xorijiy bo‘lmaganlar qilichdan
o‘tkazilar, bu hol Al-Hajjoj ibn YUsuf singari bag‘ritosh umaviy amirlarning shafqatsiz javob
choralarini ko‘rishiga sabab bo‘lar edi. Biroq xorijiylarning hujumlari, ahvoli bir qarashda
nochor ekaniga qaramasdan, davom etaverardi. Xalifa Ali roziallohu anhuni Nahravon jangidan
omon qolgan Ibn Muljam halok etadi. Hadis olimi, sunanning eng mo‘‘tabar to‘plamlaridan biri
muallifi Imom an-Nasai ham 303/915 yili Damashqda xorijiy mutaassiblar tomonidan xuddi shu
tariqa o‘ldiriladi.Islom boshqa jahon dinlari orasida davlat va huquqqa nisbatan juda yaqin
aloqada bo‘lib bu shariat shaklida mavjud bog‘liqlikning uzviyligini ta’minlash uchun xizmat
qiladi. SHariat-islom diniy huquq qonun-qoidalarning mavjudligidir. Ammo shariatni dinning
huquq majmuidan kengroq tushuncha deb bilish lozim. CHunki bu diniy huquqdan
tashqari ahloqiy va diniy marosimchilik talablarining majmuini o‘z ichiga oladi.
Qur’onda bo‘lmagan yoki bo‘lsa ham noaniq holda tasvir qilingan hatti-xarakatlar yoki
ta’qiqlarni shariat aniq va ravshan qilib belgilashi ham uzoq muddatlar davomida undan
foydalanib kelishga zamin bo‘lgan.
Islomdagi diniy huquqiy mazhablar va ularning asoschilari, himoyachi va
oqlovchilariga oid tartib qoidalari, qasam ichish, va’da berish va qasamyod qilish, qarzni
uzish, kafillik, kafolat berish, omonat saqlash tahlili va ularga mansub tartib - qoidalar
shariatning asosiy bo‘limlaridan hisoblanadi. SHariat musulmonlarnipt ichki hayoti, e’tiqodi va
diniy vijdonini bevosita nazoratga oluvchi diniy va ahloqiy qoidalarni qamrab oladi.
XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda vujudga kelgan
siljishlar ayniqsa islom keng tarqalgan hududlarda yuzaga kelgan ilg‘or fikrlarning davlat
taraqqiyotidan orqada qolayotgan g‘oyalarga qarshi kurashda ko‘zga tashlanadi. Bu jarayon
islomga nisbatan qarashlarda ham o‘z aksini topgan. Bunga quyidagilarni misol keltirish
mumkin. Islom modernizmi - islomning diniy ta’limotidagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va
ijtimoiy muammolarga taalluqli aqidalarni yangi zamon sharoitlariga muvofiklashtirish,
zamonaniylashtirish orqali taraqqiyotning yangi yo‘llarini ishlab chiqishdir.
Islom traditsionalizmi oqimining tarafdorlari o‘rta asr aqidalariga qattiq amal qilib, ularni
o‘zgarmas deb hisoblagan holda dinni har qanday isloh qilishga: modernizmga qat’iy qarshi
chiqqanlar va hozir shunday qilayotirlar. Islomga e’tiqod qiluvchi har bir mo‘min, qaysi millatga
mansubligidan qat’iy nazar, o‘z hayotida islom aqidalariga amal qilishi, ularni og‘ishmay
bajarishi, islom traditsionalizmining asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Islom fundamentalizmi esa «sof» islomni tiklash harakati asosida Markaziy Osiyo
musulmonlari, ko‘pincha yosh musulmonlar orasida paydo bo‘lgan diniy oqim. Ushbu mavzuga
bag‘ishlaigan - diniy fundamentalizm, ekstremizm haqida alohida ma’ruzalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |