Xristianlikning SHarqqa tomon tarqalishi, O‘zbekistonda xristian cherkovining
tutgan o‘rni.
XI asrning oxirida xristianlikniig SHarqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy
tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar SHarqning ayrim viloyatlariga ilgariroq
kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Merke) da xristian cherkovlari qurilgan bo‘lib,
Samarqandda (301 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va
Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida episkoplik, kafedra, missiyalar, keyinchalik
Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (558 yillar) 6-12 episkopliqsan iborat diniy hududiy
jamoalar, birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar buddistlar, zardushtiylar,
moniylar bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qaram
erlarda ta’qib qilinganlar.
O‘rta Osiyo hududida islom tarqatilgan davrlarda bu din bilan xristianlik o‘rtasidagi
kelishmovchiliklar keskinlasha boshlagan. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent
viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan. Haggo Beruniy yashagan davrda ham (973-
1050) Marvda pravoslav mitropoliyasi bo‘lgan.
Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshlagan. Armaniston (301 yil) va
Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylangan. Kavkaz Albaniyasi hududida esa (hozirga
Ozarbayjon va Janubiy Dog‘iston xududi) IV-VIII
asrlarda hukmron din hisoblangan.
O‘sha davrdagi ko‘pdan-ko‘p va bir-biriga qarshi kurashayotgan dinlar orasidaga
SHarqning hukmronlari tomonidan eng ko‘p homiylik ko‘rsatilgan din xristianlikning sharqiy
yo‘nalishi bo‘lmish nestorianlik bo‘lgan. Xalif saroylarida nestorianlik patriarxlariga butun sharq
xristianligining homiysi sifatida qaralgan, patriarxning qarorgohi esa Konstantinopoldan
Bag‘dodga ko‘chirilgan. Nestorianlar xristianlikni Turkistonda, Amurgacha bo‘lgan SHimoliy va
g‘arbiy Xitoyda targ‘ib qilganlar. Nestorianlikning Markaziy Osiyodagi tayanchi va islomga
karshi kurashdagi markazi 1257 yildan so‘nggina o‘z faoliyatini to‘xtatgan Samarqand
mitropoliyasi bo‘lgan.
Hozirgi mustaqil O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat yashaydi. Bular orasidagi
dindorlar 17 konfessiyaga, ya’ni diniy uyushmaga e’tiqod qilishadi. Bular doirasida islomdan
so‘ng 2-o‘rinni xristianlikning pravoslavie oqimi egallaydi. Uning bir necha cherkovi va
markaziy uyushmasi, chunonchi baptist, iegovist, adventist kabi sektalari bor.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib ishlab chiqilgan vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi yangi tahrirda e’lon qilingan konunga asosan respublikadagi
barcha diniy uyushmalar erkin, oshkora, teng huquqli tarzda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bu huquq
va erkinliklar qonun bo‘yicha kafolatlangan.
Respublikamizdagi barcha konfessiyalar orasida totuvlik. hamjihatlilik mavjud bo‘lib,
xalqimizni tarbiyalashga, tinch va xavfsizlikni saqlashga xristianlik jamoalari ham salmoqli hissa
qo‘shmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |