bo‘lmish pravoslaviening rivojlanishi
jarayonida 15 ta mustaqil (avtokefal)
cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya,
quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, Polsha, CHexoslovakiya,
Amerika cherkovlari shakllangan.
O‘zining ahamiyatiga ko‘ra pravoslav dunyosida beshinchi bo‘lgan, lekin muxlislari soni
jihatidan birinchi bo‘lgan rus pravoslav cherkovi X-XI asrlarda vujudga kelgan. Uning paydo
bo‘lishi endigina shakllanayotgan feodal munosabatlarni himoya qilish uchun, yangi g‘oyaga
muhtoj bo‘lgan Kiev davlatining ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlarini qondirish uchun kerak edi.
Rusning xristianlashuvi darrov amalga oshgan ijtimoiy jarayon bo‘lmay, bir necha asr davom
etgan ziddiyatli tarixiy hodisa edi.
Pravoslaviening Markaziy Osiyo aholisi orasiga kirib kelishi XVI-XIX asrlarga to‘g‘ri
keladi. Avval savdo-sotiq, keyin bu mintaqa xalqlarini mustamlakaga aylantirishdan iborat
bo‘lgan harbiy harakatlar jarayonida u kirib kelgan. 1870 yili Pokrovsk monastiri koshida
missionerlik jamiyati tashkil qilingan. Jamiyat a’zolari mahalliy millatlarga mansub aholi
orasida, garchi jiddiy natijalarga ega bo‘lmagan bo‘lsa ham, xristianlik bilan bog‘liq katta
targ‘ibot ishlarini olib borganlar. SHu maksadda 1844 yili "Karomat ko‘rsatuvchi Nikolayning
hayot yo‘li" nomli risolani qirg‘iz tiliga tarjima qildilar va chop etdilar. 1872 yili Rus pravoslav
cherkoviga karashli Turkiston (keyinchalik Toshkent, O‘rta Osiyo) eparxial boshqarmalari
maxsus diniy maktablar ochildi.
Pravoslav cherkovi hozirgi kunda jamiyatimizning yuksalishi bilan bog‘liq tadbirlarni
qo‘llab-quvvatlamoqda, ayniqsa dindorlarni axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
borasidagi o‘zining rejalarini ishlab chiqmoqda. Bunda inson shaxsining qadr-qimmatini
ulug‘laydigan, oila asosini mustahkamlaydigan va mehnatga, butun jamiyatga nisbatan sofdil va
vijdonlilik ruhida bo‘lgan munosabatlarni qaror toptirish nazarda tutilgan. CHerkovning ichki
tartibini qayta qurishni amalga oshirishga, cherkov hayotini yangilashga, ruhoniylar orasida
uchraydigan ba’zi bir musulmonlarni bartaraf etishga juda katta e’tibor berilmoqda. 1988 yilda
bo‘lib o‘tgan rus pravoslav cherkovining ming yillik sanasini tantanavor, ulug‘vor nishonlanishi,
rus pravoslav cherkovining xalqaro obro‘sini ko‘tarilib borishiga ta’sir etdi. Muhim sanani
nishonlash bilan bog‘liq bo‘lgan tantanalar, bayramlar va boshqa turli-tuman tadbirlar ruhoniylar
uchun o‘zlarining faqatgina ilohiyotchilik, cherkovning ichki hayoti va tartibi bilan bog‘lanib
qolmadi; balki jahonda, xususan Osiyo mintaqalarida tinchlik uchun kurash, irqiy kamsitishlarga
barham berish, tabiatni muhofaza kilish, sog‘liqni saqlash, demokratik jarayonlarni rivojlantirish,
jamiyatda adolatli hayotni qaror toptirish bilan bog‘liq ko‘pgina masalalarni muhokama
qilmoqdalar. Ulug‘ bayram kunlari diniy e’tiqod va marosimchilik masalalarini hal qilishga ham
harakat qilmoqdalar.
Toshkent va O‘rta Osiyo eparxial boshqarmasi (unga 22 diniy jamoa bo‘ysunadi) ham
mustaqil jumxuriyatlarda vijdon erkinligi talablariga rioya kiladigan tadbirlar o‘tkazmokda,
xalqlar o‘rtasida osoyishtalik qaror toptirish uchun harakat kilmokda.
Pravoslav cherkovi ko‘p millatli mintaqada millatlararo va har xil yo‘nalishdagi dinlar
orasidagi munosabatlarga dindorlarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga va jamiyatni ma’naviy
jihatdan sog‘lomlashtirish uchun ko‘maklashishlarga aloxida e’tibor bermoqda. SHuningdek u
ilohiyotchilikka oid bo‘lgan qarashlar sistemasining ayrim elementlarida pravoslaviedagi boshqa,
shuni islom bilan bir-biriga tutash bo‘lgan umumiy aloqalarni izlamoqdalar va fan
namoyandalari va jamoatchilik vakillari bilan aloqalarni rivojlantirmoqdalar. Ular pravoslavlar
bilan musulmonlar diniy boshqarmalari o‘rtasidagi muloqotlarni rivojlantirishga qaratilgan
ko‘pgina yirik tantanali anjumanlar chaqirilishining tashabbuskori bo‘lmoqdalar.
Bundan tashqari rus pravoslavie cherkovi xayriya shaklidagi faoliyatlarga, chunonchi,
halok bo‘lgan jangchilarga yodgorliklar o‘rnatish, urushda jabr ko‘rgan baynalminalchi
jangchilar sog‘liklarini tiklash, tinchlik va bolalar uchun mo‘ljallangan jamg‘armalarii
ko‘paytirish va shu kabilarga katta e’tibor bermoqdalar.
Pravoslaviening ijtimoiy, siyosiy qarashlarini va dindorlarning diniy onglari bilan bog‘liq
hamma o‘zgarishlar ularning dunyoqarash mavqelarini majburan o‘zgartirishlariga olib
bormaydi. Zero, rusga xristianlik kirib kelishining ming yilligini tantanali tarzda bayram
qilinishining o‘zi jamoatchilikning keng doiralari orasida muayyan taassurot qoldirdi.
Protestantlik - bu ham xristianlikdagi yana bir yo‘nalish bo‘lib, katolitsizm va
pravoslaviedan farqli o‘laroq, diniy qarashlar hamda, cherkovlar orasidagi munosabatlar
jihatidan bir xil bo‘lmagan yo‘nalishlarni faqatgina kelib chiqishi jihatidan bir-birlari bilan, XVI
asrdagi yangilanish harakati bilan bog‘liq bo‘lgan kupgina diniy jamoalar, cherkovlar, mazhablar
yuzaga keldi.
Protestantlik umumxristianlik asoslari va qarashlarini e’tirof etish bilan bir qatorda, u
gunoxdan xalos bo‘lishning yangi usullarini ilgari surdi. Iso Masihning kishilar gunohini
yuvishga qaratilgan o‘zini-o‘zi qurbon qilishiga ishonch, dinga ishonuvchi barcha kishilarning
ruhoniy bo‘lishi mumkinligiga ishonch, Bibliyaning oliy nufuziga ishonch orqali xalos bo‘lish
ana shular jumlasiga kiradi. SHunday qilib protestantlik xudojo‘ylikning asosiy talabini dinda
odamning tashqi ko‘rinishidan ichki hayotiga olib o‘tdi va uni ixtiyoriy diniy ishonch bilan
bog‘ladi. Protesttantchilik Bibliyaga sig‘inishning o‘ziga xos shaklini qaror toptirdi. Bu bilan
protestant islohotchilari dastlabki xristianlikning oliy maqsadlarini, dindorlarni axlokyay jihatdan
tarbiyalashga va jamiyatni ma’naviy jihatdan sog‘lomlashtirish uchun ko‘maklashishlarga
aloxida e’tibor bermoqda. SHuningdek, u ilohietchilikka oid bo‘lgan qarashlar sistemasining
ayrim elementlarida pravoslaviedagi boshqa, shu qatorda islom bilan bir-biriga tutash bo‘lgan
umumiy aloqalarni izlamokdalar; fan namoyandalari va jamoatchilik vakillari bilan aloqalarni
rivojlantirmoqdalar. Ular pravoslavlar bilan musulmonlar diniy boshqarmalari o‘rtasidagi
mulokotlarni rivojlantirishga qaratilgan ko‘pgina yirik tantanali anjumanlar chaqirilishining
tashabbuskori bo‘lmoqdalar.
Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qilgan (faqatgana lyuteranlikda non
va vino bilan cho‘qintirishlar saqlanib qolgan). O‘lganlarga bag‘ishlab duo o‘qish, aziz-
avliyolarga sig‘inish, ular sharafiga turli-tuman bayramlar o‘tkazish, muqaddas murdalarga,
sanamlarga topinishlar bekor qilingan. Ibodat uylari ortikcha bezaklardan, mehrob, sanam,
haykallardan xoli qilingan, monostirlar va monaxlikdan ham voz kechilgan, ruhoniylarning
uylanmaslik sharti bekor qilingan. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi va uni sharhlash har bir
xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi.
Lyuteranlik, anabaptizm, anglikanlik, kalvinizm, svingchilik protestantlikning ilk shakllari
bo‘lgan. Keyinchalik "so‘ngti protestantlik" umumiy nomi bnlan ma’lum bo‘lgan bir qancha
diniy oqimlar, tashkilotlar paydo bo‘ldi.
Markaziy Osiyoda ham protestantlik muxlislari uchraydi. Lyuteran jamoalari a’zolari
Kirg‘izistonda, Qozog‘istonda va Tojikistonning Janubiy tomonlarida, Turkmanistonda,
O‘zbekistonda, chunonchi Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida yashaydilar. Bular asosan nemis
millatiga mansub bo‘lgan dindorlardir. Toshkentdagi lyuteranlarga, diniy toat-ibodatlarini
bajarishlari va umumiy diniy ehtiyojlarini qondirish uchun ular ixtiyoriga 30-yillarda qurilgan
Kirxa berilgan. Dushanbada ana shunday diniy maqsad uchun dindorlarning mablag‘lari xisobiga
va keng jamoatchilikning, jumladan xorijiy mamlakatdagilarning ishtirokida yangi Kirxa
qurilgan. Bu jamoada diniy hayot bilan bog‘liq cho‘qintirish, marhumga janoza o‘qish, balog‘at
yoshiga etganlarni dindorlar safiga qo‘shish va nikoh o‘qitish marosimlari o‘tkaziladi. Diniy
bayramlar muntazam nishonlanadi, diniy targ‘ibotlar, va’zlar o‘qiladi, diniy muloqotlar tashkil
qilinadi.
Markaziy Osiyoda boshqa protestant yo‘nalishlari ham mavjud bo‘lib, ular baptistlar,
adventistlar, iegovistlar, pyatidesyatniklar, menonitlar deb ataladi. Bu sektalar hozirgi
sharoitdagi tarixan o‘zgarishlar ta’sirini o‘zida muayyan tarzda ifoda etgan diniy jamoalar va
guruxlardan iborat. Ular kelib chiqishi jihatidan eski rus sektantchilik shakllariga,
protestantchilik harakatiga, pravoslaviyadagi eskicha marosimchilik va boshqa yo‘nalishlarga,
ya’ni 1917 yildan oldingi cherkovlar orasida ziddiyatlar kuchaygan sharoitlarga borib taqaladi.
Eski an’anaviy rus sektantchiliga Rossiyadagi krepostnoy sharoitlariga, uning g‘oyaviy
himoyachisi bo‘lgan hukmron pravoslav cherkoviga, chorizmga nisbatan keng dehqonlar
ommasining ijtimoiy noroziliklarini o‘zida ifoda etuvchi diniy harakatlar asosida XVII asr oxiri
va XVIII asr boshlarida vujudga kelgan duxobarlar, molokonlar, xristoverlar, subbotniklar,
ekopchilar, iegovist-ilinchilar va boshqalar kiradi. Ular sektantchilikning birinchi toifasini tashkil
qiladi.
An’anaviy rus sektantchiligining muxlislari ularni chor hukumati va pravoslav cherkovi
ta’qib etishi natijasida Stavropol o‘lkasiga (keyinchalik u erdan Kanadaga), Sibirga, Kavkaz
ortiga, Markaziy Osiyoga) ko‘chib ketganlar. Markaziy Osiyoda xristian sektantchiligining
paydo bo‘lishi va tarqalishi bu erlarni Rossiya chorizmi bosib olishi va pul-tovar
munosabatlarining rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Hozirgi kunlarda Qozog‘iston,
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hududlarida son jihatidan uncha ko‘p bo‘lmagan
molokan, duxobar, xristoverlar mavjud. Toshkentdagi molokan birodarlari jamoasi va
Jizzaxdagi jimturmas (prigun) molokanlar jamoalari respublikadagi eng katta jamoalar
hisoblanadilar. Molokanlarning katta bo‘lmagan guruxlari Samarqand, Xorazm, Farg‘ona
viloyatlarida ham bor.
Sektantchilikning ikkinchi toifasiga G‘arb mamlakatlarida kapitalizm taraqqiyotining turli
bosqichlarida vujudga kelgan va Rossiya imperiyasi hududida, jumladan, Turkistonda ham
burjua munosabatlari shakllanish jarayonida va faol missionerlik harakatlari natijasida qaror
topgan sektantchilik kiradi. O‘z muxlislarining soni jihatidan eng kattasi - baptistlar
(yunon. suv
bilan cho‘qintirish) birlashmasidir. O‘zbekistondagi xristian sektalarining 65 foizdan ko‘prog‘ini
baptistlar tashkil qiladi. Diniy ta’limot va marosimchilik borasida baptizm an’anaviy
protestantchilik asoslariga tayanadi va o‘zining yangi asoslarini ham yaratadi, ular balog‘at
yoshiga etganlarni yangitdan cho‘qintirishadi va o‘z saflariga qo‘shishib, bu marosimni tabiiy
suv havzalarda bajaradilar. CHo‘qintirish, non va vinoni tatib ko‘rish kabi sirli marosim sifatida
emas, balki ramziy marosimlar, harakatlar sifatida qabul qilinadi. Ibodat uylarini jihozlashda
xristianlikning ramziy belgilari ishlatilmaydi. Ibodat Bibliyani o‘qish va sharhlashdan iborat
bo‘lib, targ‘ibot va ashula aytishlar bilan qo‘shib olib boriladi.
1944 yili sobiq SSSR dagi baptistlar jamoalari injilchi-xristianlar bilan birlashganlar. 1945-
1947 yillarda bu birlashma ittifoqiga pyatidesyatniklar jamoasi, 1963 yili esa mennonitlar
jamoalari ham qo‘shildilar. Injilchi-xristian-baptist jamoalari sobiq SSSR da Injilchi-xristian
baptistlar kengashi tomonidan boshqarilib turildi. (Bu 1990 yilda injilchi-xristian baptistlarning
ittifoqi degan nom oldi). 60-yillarda bularga qarshi bo‘lgan markaz tashkil topdi va injilchi-
xristian baptistlar cherkovining kengashi degan nom oldi. Uzoq yillardan buyon bu markaz
norasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
O‘zbekistonda baptizm XIX asrning oxirlaridan beri mavjud bo‘lib, uning Toshkentdagi
jamoalari, shu jumladan, "Ettinchi kun" adventistlari Islohchi-adventist, pyatidesyatniklar,
menonchilik, injilchi-xristian baptistlar kengashi, iegova shohidlari kabi protestantchi jamoalari
mavjud.
Protestantlik boshqarmalarining Markaziy Osiyo rahbariyati o‘z diniy faoliyatlarini yanada
faollashtiradigan vositalarni muntazam tarzda izlamokda, shuningdek jamoalarning tuzilishlarini
mustahkamlaydigan jidsiy tadbirlar bilan shug‘ullanib targ‘ibot-tashviqot ishlariga alohida
e’tibor
qaratib,
diniy
g‘oyalarni,
ibodatlarni
hozirgi
sharoitga
moslashtirib,
zamonaviylashtirmoqda. Bu hol Markaziy Osiyo protestantlik yo‘nalishlaridagi jamoalar va
ularning muxlislari soni jihatidan birmuncha ko‘payishiga, dindorlar orasidagi muayyan
boshboshdoqlik kayfiyatlari yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lmokda.
Hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi protestantlik birlashmalari yangi mustaqil
respublikalarda demokratik o‘zgarishlarni muvofiqlashtirishga intilayaptilar va islohot
jarayonlarining rivojlanish to‘lqinlarida targ‘ibot ishlarini faollashtirmoqdalar, qolaversa
dindorlarning ijtimoiy jarayonlardagi faol ishtiroklarining o‘zlariga ma’qul shakllarini
belgilamoqdalar.
Ma’lumki, dinlar va dindorlar orasidagi o‘zaro xamfikrlik va muloqotlar jamiyat taraqqiy
etgan sari rivojlanib boradi. Dinlar orasidagi muloqotlar, hozirgi davrning asosiy
xususiyatlaridan biri bo‘lib, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan masalaga aylanmoqda. O‘rta Osiyo
dindorlari orasidaga aloqalar, munosabatlarning yanada chuqurlashuvi ular rahbariyati va oddiy
dindorlarning eng dolzarb ma’naviy-axloqiy muammolarini, tabiatni asrash va uni muhofaza
qilish, bolalar va qariyalar haklda g‘amxo‘rlik, tinchlikni saqlash va xayriya ishlari, jamiyatiing
demokratik jarayonlariga va uning ijtimoiy, siyosiy jihatdan rivojlanishiga ko‘maklashish bilan
bog‘liq masalalarni hal qilishga qaratilgan hamkorliklar asosida rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |