«Terrorizm
atamasi esa (lotincha. terror – qo‘rquv, dahshat) – ma’lum yovuz maqsadlar
yo‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan g‘oyaga asoslangan
zo‘ravonlik usuli. Terrorizm siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy maqsadlarda aholini
qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga ruhiy tazyiq o‘tkazishga qaratilgan
zo‘ravonliklar sodir etishda u yoki bu dinni, mazhabni o‘ziga niqob qilib oladi. Qo‘rqitish va
dahshatga solish orqali o‘z hukmini o‘tkazishga urinish terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy,
siyosiy, diniy, g‘oyaviy, irqiy, milliy, gruppaviy, individual shakllarda namoyon bo‘lishi
mumkin. Ta’qib, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorchilikning har qanday ko‘rinishi
uchun umumiy xususiyat bo‘lib, gumanizm, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir. SHuning
uchun terrorizm qanday “bayroq” ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan insoniyatga,
taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir».
Iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlovchi va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni maqsad qilib olgan
terrorchilik keng tarqalgan. Unda raqiblarini yoki ularning yaqinlarini jismoniy yo‘qotish,
o‘g‘irlab ketish, zo‘ravonlik, tajovuz bilan qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishga urinish,
boyliklarini o‘zlashtirib olish yo‘llaridan foydalaniladi. Keyingi yillarda intellektual va ommaviy
axborot sohalarida terrorchilik elementlaridan foydalanilmoqda. Muayyan mafkuraviy
poligonlarning muttasil tarqatayotgan axborotlaridagi yovuz va zararli g‘oyalar oqimi,
teleekranlar orqali doimiy namoyish etiladigan jangari filmlar, bolalarga mo‘ljallangan,
buzg‘unchi g‘oyalar asosida ishlangan o‘yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan
chiqaradigan “viruslar”ni tarqatish bunga misol bo‘la oladi. O‘zlarining yovuz niyatlariga
erishish uchun hokimiyatni qo‘lga kiritishni ko‘zlovchi kuchlarning zo‘ravonligi va
qo‘poruvchiligi siyosiy terrorga misol bo‘ladi. Siyosiy terrorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar,
hatto ba’zi reaksion agressiv ruhdagi rasmiy siyosiy doiralar va kuchlar tomonidan uyushtirilishi
va qo‘llanishi ham mumkin.
Ekstremizm mazmuniga ko‘ra - diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘ra-hududiy,
mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistik qarashlar juda chuqur ildizlarga ega
bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tan olmagan. Dunyoviy
ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lgani holda, diniy
ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Diniy ekstremistik ruhdagi qarashlarni
katoliklar, protestantlar, provoslavlar orasida ham uchratish mumkin. Bunday holat sobiq
sho‘rolardan qolgan makonda ham kuzatildi.
75
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan. Diniy ekstremistlar qaerda faoliyat
ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi islom davlatini barpo qilish bo‘lib, bu maqsadga o‘zaro nizolar,
ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish va zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydilar.
Bu esa, mustaqillikka ham, jamiyat taraqqiyotiga ham katta g‘ov bo‘ladi. Ekstremistik
guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo‘lga olish bo‘lib, bu yo‘lda ular eng jirkanch
usullardan foydalanadilar.
Ma’lumki diniy ekstremizm oxir oqibatda diniy fundamentalizga olib boradi. Bunday holat
dunyoning barcha dinlarida kuzatilgan. Hozirgi kunda dunyo afkor ommasining diqqat marazida
turgan harakat islom fundamentalizi bo‘lib, bu mohiyatiga ko‘ra – Qur’on va hadislarni so‘zma-
so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan o‘z aqidalarini keng targ‘ib qiluvchi, diniy
konservativ ruhdagi yo‘nalishga nisbatan ishlatiladigan atama. Aslida «fundamentalizm» so‘zi
20-asr boshida amerikalik protestantlarning bir guruhiga berilgan nom bo‘lsa-da, oxirgi paytlarda
jahon matbuotlarida mutaasib islom jangarilarini fundamentalistlar deb atash odat tusiga kirdi.
Islom fundamentalizmi turli-tuman yo‘nalish va kayfiyatdagi guruhlarni o‘z ichiga oladi.
ularning ba’zilari siyosiy jabhada, inqilobiy va hatto terroristik usullar bilan qonuniy
hokimiyatga qarshi kurashda o‘zlarini namoyon etsalar, boshqalari targ‘ibot-tashviqot ishlari,
diniy ta’lim, turli jamoat tashkilotlari, maktab, universitet, ommaviy axborot vositalariga kirib
borish, ayniqsa, foydalanish oson bo‘lgan audio-video kassetalarni tarqatish bilan shug‘ullanadi.
Islom fundamentalizmi uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar - go‘yoki dinsiz yoki «sof islomdan
chekingan» davlat rahbarlarini jismonan yo‘q qilish, va nihoyat, ularning ta’biri bilan aytganda,
islomda «shirk» (butparastlik)ka barham berishdir.
Diniy ekstremizm tarafdorlarining xususiyatlaridan biri boshqalarga nisbatan o‘ta radikal
kayfiyatda bo‘lishdir. Hozirgi kunda radikalizmning o‘ng, so‘l va mo‘‘tadil ko‘rinishlari mavjud
bo‘lib, o‘ng radikalizm hayotni zudlik bilan qayta qurish, bunda eskini butunlay yo‘qotish, faqat
yangiga tayanish lozim deb hisoblasa, so‘l radikalizm jamiyat taraqqiyotida eskiga, oldingi
davrlarga qaytish, yangiliklardan ko‘ra aqidalarga tayanish zarur degan qarashni ilgari suradi.
Mo‘‘tadil radikalizm ko‘proq reformistik g‘oyalar tarafdori bo‘lganidan, jamiyat hayotida pishib
etilgan muammolarni hal qilishda ishni paysalga solmaslik lozim degan tamoyilga tayanadi.
Afsuski, radikalizm ko‘proq mo‘‘tadil holda emas, balki o‘ng va so‘l shakllarda uchraydi.
Fundamentalistlarning ta’biriga ko‘ra, diniy qonunlarga asoslanmagan har qanday jamiyat,
g‘ayritabiiygina emas, balki Olloxga qarshi qilingan jinoyat hamdir. Bu ham "hokimiylik"
tamoyillari bilan asoslanadi. SHuni ham ta’kidlash joizki, ushbu (yoki unga o‘xshash boshqa bir)
atama islomda keng tarqalmagan. Biror-bir musulmon muallifi tarafidan uning qo‘llanishi esa,
hech bo‘lmaganda, uning islom fundamentalizmi nazariy asoslariga xayrixoxligi,
moyilligini anglatadi. hattoki "Musulmon birodarlar" ham bu tushunchaga bir xil munosabatda
bo‘lmaydilar.
"Hokimiylik"ning moxiyati shundan iboratki, Olloh tomonidan yaratilganlardan hech kim
o‘z qonunlarini joriy qilishi, o‘rnatishi mumkin emas. CHunki ularni faqatgina Ollohning o‘zi
joriy qiladi, o‘rnatadi. Boshqacharoq qilib aytganda, odamlar qonun chiqaruvchi emas, balki ijro
hokimiyatigagina egadirlar. "Hokimiylik"ni e’tirof etish bir qator oqibatlarni keltirib
chiqaradi. Bu tamoyil teokratiyadan tashqari, siyosiy hokimiyatning har qanday shaklini,
diktaturani ham, demokratiyani xdm birday inkor etadi. Mamlakat hukumati xuddi xalqi kabi
qonun chiqarish hokimiyatidan mahrumdirlar. qonun tizimi ulargacha joriy qilib bo‘lingan va u
abadiydir. SHariatdan boshqa har qanday qonun kuchga ega emas. Ularga bo‘ysunish esa -
gunoxdir. YUqoridagalardan ma’lum bo‘ladiki, sharoitga zvd bo‘lgan qonunlar va hodisalarni
joriy etuvchi hukumat Ollohga xos bo‘lgan sifat - "xuquqni" o‘zlashtirib olgan hisoblanadi.
Demak, ular "g‘ayridin" bo‘lib, musulmonlarga rahbarlik qilish huquqiga ega emaslar.
Ushbu g‘oya o‘zining ko‘rinishlarida ko‘plab islomiy (bunda noqonuniylikni yodda tutish
kerak) tashkilotlar faoliyatining asosini tashkil etadi. U yoki bu ko‘rinishdagi teokratik
boshqaruv shaklini o‘rnatish; shariat qonunlariga asoslangan huquqiy tizimni kiritish; davlat
qurilishining dunyoviy shakllarini faol ravshsda rad etish talablari ham shundan kelib chiqadi.
SHuni ham ta’kidlash joizki, ilmiy va publitsistik adabiyotda "fundamentalizm", "qayta
yaralish" deb nomlanayotgan oqimlarni islomda "as-Salafiyya" tushunchasi bilan izoxlaydilar.
Salafiy (arabcha - ajdodlar) deganda islom tarixining turli davrlarida ilk musulmonlik
jamiyati turmush tarzi va e’tiqodi, "taqvodor ota-bbobolar" ("as-salaf as-salihin") hayotidan
namuna olishga chaqiruvchi ulamolar tushuniladi. Ular islomning ilk davridan keyin kiritilgan
barcha yangiliklarni bid’a, yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lmagan holat sifatida baholaganlar.
Bunga qur’onni ramziy-majoziy talqin qilish usullaridan terrorni keng qo‘llovchilar
hisoblanmish "Islom demokratlari", "Ekstremistlar" kabi uch g‘oyaviy yo‘nalishi farqlanadi.
Ekstremizm tarfdorlari keskin choralarga moyil, maqsadga erishish usullari, jumladan,
zo‘ravonlik usulini belgilovchi mazmuni va hajmiga ko‘ra juda asoslangan bo‘lib, ularni keng
miqyosda amalga oshirishga kodir maxsus "jangovar" guruxlarning mavjudligi bilan
ifodalanadi. Aslida transformatsiyalashuv uchun bir qancha istiqbollari bo‘lgan har qanday diniy-
ekstremistik guruh (tashkilot) ham terrorchilik tashkiloti deb tasviflanavermaydi.
Terror – lotin tilidan olingan bo‘lib, qo‘rquv, dahshat degan ma’noni anglatadi. Terrorizm
– aholini qo‘rqitish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq o‘tkazish orqali
jinoiy, siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy maqsadlarni ko‘zlash jarayonidir.
Terrorizm olamida 3 ta asosiy ko‘rinish bor:
1.
Terrorchilik harakatlarining jangarilik yo‘li (qurol ishlatish yo‘li).
2.
Jinoiy yo‘li.
3.
Ijtimoiy-siyosiy yo‘llar bilan amalga oshirishdir.
Terrorizm so‘zi birinchi marta 1793-94 yillarda Fransiya inqilobi davrida istifoga kiritilgan
edi. Hozirgi ma’nosidan farq qilgan holda u paytda ushbu atama ko‘proq ijobiy ma’no kasb
etgan. Terror tizimi yoki rejimi respublikaning ta’sirchan vositasi bo‘lib, hukumatning inqilobga
qarshi dahshat solishga qaratilgan sa’y-harakatlarini jamlashga yo‘naltirilgan edi.
XIX asrning ikkinchi yarmi boshida industrial rivojlanish bilan bog‘liq ulkan ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda yangi mafkuraviy oqimlar paydo bo‘ldi. Ular
ta’sirida terrorizmning yangi davri vujudga kelib, bunga inqilobiy aqidalar va davlatga qarshi
qaratilgan mafkura asos qilib olindi.
Terrorchilar O‘zbekiston xalqining ham tinchligini buzdi. 1999 yilning 16 fevral kuni soat
10-55da Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasi binosi poyida va shaharning besh joyida kuchli
portlashlar yuz berdi. Bu qo‘poruvchilik xurujlari o‘nlab begunoh kishilarning hayotiga zomin
bo‘ldi, lekin bu ma’shum voqealar mamlakatimiz hayotini izdan chiqara olmadi, xalqimiz
qalbiga vahima va sarosima sololmadi. Vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 16 fevral
voqealarini sodir etgan bir guruh kimsalar qo‘lga olinib tegishli jazoga hukm etildilar. Lekin
terrorchilar o‘zlarining yovuz niyatlarini amalga oshirish maqsadida yana 1999 yilning avgustida
Qirg‘iziston respublikasining Botkent viloyatida paydo bo‘lib, respublikamizning Surxondaryo
va Toshkent viloyatlarining chegara tumanlarida qurolli hujumlar uyushtirdilar. Qurolli
kuchlarimiz va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining tezkor harakatlari tufayli
tinchligimizni buzishga intilgan yovuz terrorchilar guruhi yakson qilindi.
Terrorizm xavfsizlikka va ijtimoiy–siyosiy barqarorlikka doim tahdid soladi. Unga qarshi
kurash olib borishda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy va qolaversa maxsus chora-tadbirlar
ko‘rilishi lozim.
Bu kurashning muhim elementi – bu terrorizmning oldini olishga qaratilgan harakatlardir.
Bu masala mamlakatimiz uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. CHunki, O‘zbekiston aholisi
terrorizmni boshdan kechirdi.
2000 yil iyul oyining oxirlarida bir guruh terrorchilar Surxondaryo viloyatining Sariosiyo
tumaniga suqilib kirdi. Jangarilar O‘zbekistonga Tojikiston hududi orqali kirib, baland tog‘larga
joylashib qo‘poruvchilik harakatlarga tayyorgarlik ko‘rdilar va Sariosiyoda sodir bo‘lgan
xunrezliklarga sababchi bo‘ldilar. Ular O‘zbekiston islom harakati (O‘IH) deb atagan jinoiy,
terrorchilik tashkilotiga mansub bo‘lgan shaxslar bo‘lib, milliy kelib chiqishi bo‘yicha o‘zbek,
tojik, afg‘on, chechen va boshqalardir.
Terrorizm – so‘nggi yillarda siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy maqsadlarda aholini
qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga ruhiy tazyiq o‘tkazishga qaratilgan
zo‘ravonlikning haddan tashqari kuchayib ketishining xavfli ijtimoiy-siyosiy hodisasiga aylandi.
Terrorchilik harakatlari, ya’ni odamlarni garovga olish, davlat va jamoat arboblari, diniy
yoki boshqa guruhlar hamda xorijiy davlatlar va tashkilotlar vakillarining hayotiga tahdid solish,
yirik ob’ektlarni egallab olish, portlatish, odamlarning sog‘lig‘iga, hayoti va mulkiga tahdid
solish kabi harakatlar mamlakat tinchligiga putur etkazadi.
Mamlakatimiz hududida o‘ndan ortiq nomdagi diniy-siyosiy ekstremistik oqimlar va
harakatlar noqonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatib keldilar. Masalan, ularning «Hizbut-tahrir»,
«Akromiylar», «Tablig‘», «Uzun soqol», «Vahhobiylar», «Islom lashkarlari», «Adolat
uyushmasi», «Tavba», «Nur» kabi norasmiy tashkilotlari mavjud.
Hanbaliya mazhabi negizida XVIII asrda Markaziy Arabistonda vahhobiylik oqimi paydo
bo‘lgan. Bu Arab mamlakatlari va YAqin SHarqda tug‘ilgan islomparast fundamentalizm bilan
birgalikda diniy ekstremistik harakat-vahhobiylik nihoyatda kuchli rivojlandi. Bu harakatni
Afg‘onistondagi «Al-Qoida» tashkiloti moddiy moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu
oqimning yo‘lboshchisi Abd-al Vahhob 1703 yilda Arabistonda qozi oilasida tug‘ilgan. U diniy
ta’lim olgan bo‘lib, Ollohdan o‘zga ma’budning yo‘qligi, uning yagonaligini targ‘ib qildi.
Vahhob avliyolar, muqaddas ruhlar, mozorlarga sig‘inishni, zohidlikni turli tabaqalarga
bo‘linishni qoralaydi. Vahhobiylik oqimi g‘ayri-dinlarga qarshi kurash olib boradi. Abd-al
Vahhob o‘z maqsadi yo‘lida Angliya razvedkasi bilan hamkorlik qiladi. Vahhobiylik ta’limoti
o‘sha davrda Markaziy Arabiston uchun qo‘l keldi.
Amir Muhammad ibn Saud Abd-al Vahhob bilan birlashib, uning ta’limotidan Arabistonni
birlashtirish maqsadida foydalandi. SHundan keyin Vahhobiylar ta’limoti keng tarqalib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |