Mavzu: Globallashuv jarayonlarining salbiy va ijbiy jihatlari Reja: Globallashuv keng qamrovli jarayon



Download 34,65 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi34,65 Kb.
#346333
  1   2   3
Bog'liq
Globallashuv, haqida


Mavzu: Globallashuv jarayonlarining salbiy va ijbiy jihatlari

Reja:

  1. Globallashuv - keng qamrovli jarayon.

  2. Inregratsiyaning hozirgi kundagi ko’rinishi

  3. Globallashuvning sharoitida ma’naviy tahdidlar va

ularga qarshi kurash

  1. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Globallashuv - keng qamrovli jarayon.

So´nggi yillarda globallashuv jarayoni dunyo taraqqiyotining keyingi rivojini belgilab beruvchi asosiy omillardan biriga aylandi. Bugungi kunda har qanday davlat o´zining tashqi va ichki siyosatini belgilashda bevosita ushbu jarayonning namoyon bo´lishi va u keltirib chiqarayotgan oqibatlarni inobatga olishga majbur bo´lmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov globallashuv jarayoniga quyidagicha ta´rif bergan edi: "Bugun biz tez sur´atlar bilan o´zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o´ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta´riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma´lum ma´noda haqiqat, ratsional mag´iz bor. Chunki ularning har biri o´zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko´pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg´otmoqda".

Bu borada alohida ahamiyat kasb etadigan siyosiy globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar va mintaqalar o´rtasidagi siyosiy aloqalarning kengayishini, o´zaro bog´liqligini ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning birlashuviga olib keladi. Bunda o´ziga xos siyosiy munosabatlar - ko´lamiga ko´ra global va barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi1.

Bu jarayonda milliy davlatchilik suverenitetiga xavf tug´dirishi mumkin bo´lgan bir qancha holatlar mavjud. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:


birinchidan, jahon siyosiy sahnasida transmilliy korporasiyalar, nodavlat hamda

xalqaro tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy sub´ektlar shakllanmoqda. Ular siyosatning an´anaviy sub´ekti - milliy davlatchilik suverenitetining ikkinchi darajaga tushib qolishiga sabab bo´ladi;


ikkinchidan, globallashuv xalqaro huquq asoslariga sezilarli ravishda ta´sir etayapti. Bu esa davlatlarning o´z hududida huquqiy suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. Natijada milliy davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil yechish imkoniyatlari chegaralanmoqda. Ma´lum bir davlatning ichki siyosatini tashkil etadigan muammo (ichki ixtilof, siyosiy kurash, saylov jarayonlari va boshqalar) bugungi kunga kelib, global ahamiyat kasb etib,

boshqa davlatlarning manfaatlariga ham daxldor bo´lib qolmoqda;


uchinchidan, kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy omil globallashuv samarasi o´laroq, o´zining an´anaviy ahamiyatini yo´qotmoqda va tabiiy ravishda davlat hokimiyati mavqeiga ham putur etmoqda;
to´rtinchidan, butun dunyo bo´ylab bir qator G´arb davlatlari rahnamoligida "demokratiyalashuv" jarayoni jadallashmoqda va buning natijasida ayrim mamlakatlarning o´ziga xos demokratik taraqqiyotiga chetdan kuchli ta´sir o´tkazilayapti. Ya´ni bu jarayondan o´z manfaatlari yo´lida foydalanishga urinayotgan globalizm g´oyasi asoschilari boshqa mamlakatlarning siyosiy boshqaruv tizimini o´z qo´llariga olishga urinmoqdalar. Masalan, Afrika va Osiyo mintaqalaridagi bir qator davlatlarda 2009-2013 yillarda yuz bergan "inqilob"lar siyosiy globallashuv mahsuli bo´lib, ushbu jarayon asoratlarining qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi1.

Ushbu voqealar shundan dalolat beradiki, yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar boshqa davlatlarning suvereniteti va ichki ishlariga aralashmaslik prinsipini pardalangan shaklda buzmoqda. Bunda siyosiy globallashuv jarayonining yana bir mahsuli - nodavlat tashkilotlarning resurslari va nufuzidan

________________________

1 Jurnal “Vostok (Oriens)” 2014 № 2. Ct.80.
niqob sifatida foydalanish dunyo bo´ylab keng tarqalmoqda1.
Muxtasar qilib aytganda, milliy taraqqiyot uchun globallashuv jarayoni siyosiy jihatlarining xavfli tomoni juda katta. Yosh, mustaqil davlatlarga zamonaviy texnika, fan va texnologiya yutuqlari bilan birga, tabiiyki, rivojlangan davlatlarning ma´naviy-axloqiy va siyosiy qadriyatlari ham kirib kelmoqda. Bu, o´z navbatida, har birimizdan hozirgi paytda dunyoda ro´y berayotgan voqea-hodisalar mazmun-mohiyati va maqsadini anglay bilishni, teran fikr yuritishni taqozo etadi.

Sir emas, hozirgi davrda globallashuv xalqaro va mintaqaviy taraqqiyotning asosiy jabhalarini qamrab olmoqda. Dunyodagi ko'plab davlatlar xalqaro integratsiya jarayonlarida faol ishtirok etish orqali o'zlarining barqaror taraqqiyotini ta`minlashga intilmoqda.

Rossiyalik olim, falsafa fanlari doktori, professor Yuriy Kosovning aytishicha, “ Globallashuv” tushunchasi 1980 yillar boshida zamonaviy fan istilohiga kiritilgan edi. Bugun globallashuv zamonaviy davlatlar hayotining barcha muhim sohalarini qamrab olmoqda. Xalqaro integratsiyaviy jarayonlarga qo'shilish, xalqaro tashkilotlarga kirish ko'plab davlatlar iqtisodiyotining o'sish sur`atlarini jadallashtirish bilan bir qatorda ularning barqaror rivojlanishiga imkon berayapti.

Bugun “globallashuv” eng ommaviylashgan tushuncha darajasiga ko’tarildi. U kirib bormagan va qo’llanilmagan soha qolmadi. Birovlar unga insoniyatning taraqqiyoti va farovonligini ta’minlovchi omil sifatida qarasa, boshqa birovlar boy davlatlarning yanada boyishiga, kam taraqqiy etgan mamlakatlarning ularga tobe bo’lib qolishiga olib keladi deb hisoblaydilar.

Bugun globallashuv tushunchasiga turli ta’riflar berish va uni yanada takomillashtirish davom etmoqda. Bu tabiiy hol. Chunki uning jahon iqtisodidagi

o’rni borasida ma’lum bir ijobiy fikrlar shakllangan bo’lsa ham, inson, shaxs, millat, xalq va mavjud umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’liq jihatlarini o’rganish hamon oxiriga yetmagan. Globallashuv jarayonining barcha sohalardagi ko’lami, salohiyatini dunyo va xalqlar hayotini o’zgartirishdagi qudrati, kuchini o’tmishda xalqlar va mamlakatlar hayotida bo’lib o’tgan inqiloblar bilan tenglashtirish mumkin1.




Download 34,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish