Inregratsiyaning hozirgi kundagi ko’rinishi
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jahon miqyosida fan, texnika va texnologiya taraqqiyotining oldingi bosqichiga nisbatan yuksak rivojlanish darajasiga ko’tarilishi, kompyuter, internet, uyali telefon va boshqa texnik vositalar xizmat ko’rsata boshladi. Natijada bu – dunyodagi barcha mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan tabiiy yaqinlashuvi o’rniga taraqqiy topgan mamlakatlarning butun dunyoda ustuvor darajaga ko’tarilishi oqibatida yagona iqtisodiy makon shakllanish jarayoni tezlashuviga olib keldi. Yagona iqtisodiy makonning ma’nosi shuki:
Bu davrga kelib asrlar davomida tabiiy tamoyillar, ya’ni barcha mamlakatlar manfaatlariga xizmat qiluvchi tabiiy integratsiyalashuvning o’rnini taraqqiy qilgan mamlakatlarning o’z yuksak iqtisodiy salohiyatiga asoslanib, turli nayranglar va uslublarni qo’llash yo’li bilan jahon iqtisodiyoti ustidan nazorat qilishi darajasiga yetib kelishi;
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy hayoti tabiiy yaqinlashuvidan farqli o’laroq, o’z taraqqiyoti manfaatlaridan kelib chiqqan holda jahon iqtisodiy hayotiga kirib borishiga majbur bo’lish holati yuzaga kelishini bildiradi. Chunki hamma mamlakatlarda dunyoning taraqqiy qilgan mamalakatlari darajasida fan, texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish imkoniyati ham, o’zlarini to’la ta’minlay oladigan resurslarning yetarli darajada bo’lmasligi ham, borlaridan esa samarali foydalanish uchun zarrur bo’lgan zamonning o’sib oborayotgan ehtiyojlariga javob beradigan intelektuallarning yetishmasligi ham rivojlanayotgan davlatlarning obyektiv ravishda jahonda shakllanayotgan yagona shakllanayotgan yagona iqtisodiy makonga kirishga majbur etadi;
Yagona iqtisodiy makondan taraqqiy qilayotgan mamalakatlar qanchalik katta manfaat ko’rmasin, baribir undan asosiy manfaatdorlar yuksak
taraqqiy qilgan mamlakatlar hisoblanadi1.
Ko’rinib turibdiki, ba’zi taraqqiy qilgan davlatlar o’z moddiy manfaatlari ortidan rivojlanayotgan davlatlarga turli vositalar orqali ta’sir o’tkazishga urinmoqda. Bu esa rivojlanayotgan davlatlardan hushyorlik, shunday tahdidlarga qarshi kuchli immunitetni shakllantirishni talab etadi.
To’g’ri, “integratsiya” tushunchasi jahon mamlakatlari iqtisodiy hayotining o’zaro yaqinlashuvini ifoda etuvchi atama sifatida qo’llanib kelinmoqda. Ammo bugun u o’zining an’anaviy mohiyatini yo’qotib bo’ldi, degan fikr mavjud. Nima uchun? Gap shundaki, “integratsiyalashuvdan” bir tomon, xususan, juda katta moddiy imkoniyatga ega bo’lgan, katta fan, texnika va texnologiya salohiyatiga ega bo’lgan mamlakatlar asosiy manfaatni ko’rmoqdalar. Shu ma’noda ham bugungi “integratsiyalashuv” mohiyati va qamrovi jihatidan inqilobiy tus olgankuchga asoslanib, yuksak taraqqiy qilgan mamlakatlarning, rivojlanayotga va nisbatan qoloq mamlakatlar resusrlariga egalik qilishga xizmat qiluvchi globallashuv ta’sirida yuzaga kelgan yagona iqtisodiy makonni niqoblovchi yangi “superintegratsiyalashuv” deyish mumkin. Shu o’rinda bu fikrni tasdiqlash ma’nosida amerikalik mashhur sotsiolog, AQSH prezidentining sobiq yordamchisi Zbignev Bzejinskiyning quyidagi fikrlarini keltirish o’rinli bo’ladi. U Amerika Qo’shma Shtatlari globallashuvining negativ samarasini yumshatish uchun nima qilish kerak, degan savolga quyidagica javob bergan: “Boshida, muhimi, asoslanmagan imtiyozlardan voz kechishga tayyorlik, shuningdek, iqtisodiy munosabatlarda, uchinchi dunyo ishchilariga ahloqiy munosabatlarda insoniy
bo’lishning zarurligi. Globallashuvni iqtisodiy ustunlikka erishish yo’lida insonlarni siquvga olishda suiiste’mol qilish kerak emas. Aksincha, globallashuv jahon aholisining katta qismi duch kelayotgan davr talablaridan o’rin olgan dunyo ijtimoiy siyosatining ajralmas qismi bo’lmog’i zarur”2
______________________
1 S. Otamurodov. Globallashuv va milliy ma’naviy xavfsizlik. T., 2014. 64-bet
2 O’sha manba
Ko’rinib turibdiki, bugungi kunda globallashuv omili AQSH kabi yuksak taraqqiy qilgan mamlakatga xizmat qilayotganligi Zbignev Bzejinskiydek mashhur siyosatchi va sotsiolog tomonidan e’tirof qilinmoqda hamda uning barcha insonlarga xizmat qilish zarurligi ta’kidlanmoqda. Shunday qilib, iqtisodiyotning bunday integratsiyalashuvi o’zining mohiyatini o’zgartirib, globallashuv ta’sirida faqat bir tomonning, ya’ni yuksak taraqqiy qilgan mamlakatlar manfaatlarini ifoda etuvchi omilga aylandi, deyishimiz mumkin bo’ladi. Uning shiddat bilan rivojlanishi, butun insoniyat va jahon taraqqiyotida amaliyot darajasiga ko’tarilishi globallashuvni inqilobiy mohiyatini o’zida ifoda ettiradi.
Xulosa shuki, har qanday global muammolarni bartaraf etish uchun insoniyatning barcha qatlamlari va guruhlari muayyan mushtarak manfaatlar asosida jipslashishi zarur - bu birinchidan; ikkinchidan, insoniyatning barcha taraqqiyot bosqichlarida to’plagan tajribalarga asoslangan holda o’z taraqqiyot yo’lini belgilab olish; uchinchidan, insoniyatning mushtarak manfaatlari qolgan har qanday manfaatlardan ustuvorligini e‘tirof etish; to’rtinchidan, hozirgi integratsion muhitni hisobga olgan holda, yagona iqtisodiy makonga moslashish, uning talablariga javob bera oladigan davlatlar uchun muhim hisoblanuvchi dasturlar ishlab chiqilishi bu esa o’z navbatida hozirda bo’layotgan ta’sirlarga qarshi tura olishda muhim tayanch bo’lib xizmat qiladi; beshinchidan, bugungi kunda rivojlanib borayotgan globallashuv jarayoniga to’g’ri baho bera olish. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, globallashuvning inqilobiy mohiyati nafaqat dunyoning yagona siyosiy makon darajasida birlashuv jarayoni, balki uni harakatga keltiruvchi vositalar va omillar taraqqiyoti darajalarining yuksakligida, ularning insoniyat hayot tarzini jadallashtirishdagi qudratida o’z ifodasini topadi. Bugun amal qilayotgan globallashuv jarayoni insoniyat taraqqiyotidagi yangi bosqich hisoblanadi. Chunki u tarixda o’tmishda amal qilgan “integratsiyalashuv”, “hamkorlik” kabilardan tubdan farq qilib, insoniyat tafakkuri taraqqiyotining mahsuli bo’lgan fan-texnika, texnologiya va turli kommunikatsiyalar sohasida erishilgan yutuqlarni qisqa muddatda moddiy kuchga aylantirmoqdaki, hali unga tarixiy taraqqiyot davomida insoniyat erisha olmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |