Eng katta boylik-bu aql zakovat va ilm, eng katta meros-bu yaxshi tarbiya,eng katta qashshoqlik-bu bilimsizlikdir!



Download 0,81 Mb.
bet1/13
Sana21.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#834972
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Diffur Tojiakbarov Nozimjon.


KIRISH.
“Eng katta boylik-bu aql zakovat va ilm,
eng katta meros-bu yaxshi tarbiya,eng
katta qashshoqlik-bu bilimsizlikdir!”
Sh.Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonning matematika fani boʻyicha salohiyati dunyo miqyosida tan olinganini, funksional tahlil va differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli maktablarimiz shakllanib faoliyat yuritayotganini, yetti nafar matematik olim Butunjahon fanlar akademiyasi aʼzosi ekanini alohida taʼkidladi.
Koʻplab xorijiy ilm-fan markazlari, xususan Bonn,Kembrij,Parij,Seul kabi yirik shaharlardagi yetakchi ilm dargohlari bilan birgalikda qoʻshma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi matematika taʼlimi va fanlarini yanada rivojlantirishga oid qarorining ijrosi doirasida poytaxtimizdagi Talabalar shaharchasida fanlar akademiyasining matematika instituti uchun zamonaviy talablar asosida yangi bino barpo etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev matematikada ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan bogʻlash, raqamli iqtisodiyot uchun mustahkam poydevor yaratish borasidagi dolzarb vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.
Yoshlarda matematika faniga qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli bolalarni seleksiya qilib, ixtisoslashtirilgan maktablar va keyinchalik oliy taʼlim muassasalariga qamrab olish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish kerakligi taʼkidlandi. Bolalar uchun mazkur fandan oddiy va tushunarli tilda yozilgan ommabop darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratish, matematik ongni kerak boʻlsa bogʻchadan boshlab shakllantirish vazifasi qoʻyildi.
Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli boʻlib oʻsadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi,dedi Prezident.
Har bir tuman markazida bittadan matematika faniga ixtisoslashgan maktab tashkil qilib, ularda ishlaydigan oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustama haqlar toʻlash boʻyicha koʻrsatma berildi. Ushbu muassasalarda oʻquv jarayonni ilmiy-metodik taʼminlash uchun fanlar akademiyasining matematika instituti hamda xalq taʼlimi vazirligi masʼul etib belgilandi.
Matematika fani boʻyicha oʻquvchi, talaba va oʻqituvchilar oʻrtasida turli tanlovlar oʻtkazib,gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish,olimpiada tizimini takomillashtirgan holda sovrindorlarga beriladigan mukofotlarni koʻpaytirish muhimligi qayd etildi. Oʻqitish sifatini yangi bosqichga koʻtarish, matematika fanidan bilimlarni baholash boʻyicha milliy sertifikatlash tizimini joriy etish zarurligi aytildi. Bunday sertifikat egasiga oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirishda matematika fanidan maksimal ball beriladi. Yuqori malakali pedagoglar va ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi samarasini oshirish, Matematika institutida ilmiy daraja beruvchi kengashga toʻliq mustaqillik berish lozimligi koʻrsatib oʻtildi. Mutasaddilarga ilm-fan sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish,unda oʻrta va uzoq istiqbolga moʻljallangan ilm-fan,texnologik va innovatsion taraqqiyot asoslarini belgilash vazifasi qoʻyildi.Davlatimiz rahbari olimlar va yoshlar bildirgan takliflar yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.
Prezident - matematikani o‘qitishning yangi tizimi to‘g‘risidaToshkentdagi talabalar shaharchasidagi matematika institutining yangi binosiga tashrifida ushbu fanni eski uslubini tanqid qilib,matematikada raqobat muhitini yaratish maqsadini qo‘ydi. Endilikda Matematika instituti bolalar bog‘chalari, maktablar va OTMlarda matematikani o‘qitishni muvofiqlashtiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 12-iyun kuni O‘zbekiston fanlar akademiyasining matematika institutiga tashrif buyurdi.Prezident bu yerda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.Yangi imoratda 7 ta ilmiy laboratoriya va “Yosh matematiklar” markazi faoliyat yuritadi. Binoning shinam qavatlarida axborot-resurs markazi va seminar xonalari,akademik va tadqiqotchilar uchun kabinetlar, kutubxona,majlislar zali,oshxona joylashgan.Xonalar eng ilg‘or texnika va uskunalar bilan jihozlangan.“Bu zamonaviy institut barcha olimlar uchun ma’rifat markazi bo‘lishi kerak. Matematika ko‘p fanlarga yo‘l ochadi.Uni Talabalar shaharchasida barpo etganimiz bejiz emas. Bu institut ta’lim va ilm-fan o‘rtasida uzviylikni ta’minlashi, mamlakatimiz rivojiga zamin yaratishi kerak”-dedi Shavkat Mirziyoyev.
“Matematika fanining tamal toshini Al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug‘ bobolarimiz qo‘ygan. Bu bizning qonimizda bor. Lekin oxirgi yigirma yilda matematikadan bilim darajasi pasayib ketdi. Chunki o‘qituvchilarga kerakli e’tibor, munosib oylik berolmadik, pirovard maqsad qo‘ya olmadik. Buning oqibati hozir ko‘pdan-ko‘p sohalarda sezilyapti. Bugun bu fanni rivojlantirishdan maqsadimiz -matematika bo‘yicha raqobat muhitini yaratish, sanoat muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash”, -dedi prezident.
Davlat rahbari 2020-yil 31 may kuni olimlar bilan uchrashuvda matematik ongni bog‘chadan boshlab shakllantirish zarurligini ta’kidlagan edi. Shundan kelib chiqib,Matematika institutida maktabgacha ta’lim, maktablar va oliy o‘quvyurtlaridagi darslarni muvofiqlashtiradigan tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu boradagi taqdimot bilan tanishar ekan prezident “matematika o‘qituvchilarining bilim va malakasi bo‘yicha har bir tuman kesimida tahlil bormi?Moddiy va tashkiliy jihatdan yana nimalar qilishimiz kerak?” deya savollar qo‘ydi. “Kechagi dars berish uslubi bilan matematikani jadal rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu bois avval amalda yaxshi natija bergan xorijiy metodika asosida ta’lim dasturlariyaratib,o‘qituvchilarni qayta tayyorlash zarur. Metodika shunday bo‘lishi kerakki, u bolalarda matematikaga muhabbat uyg‘otsin. Buning uchun o‘quvchilar bu fan hayotda, har bir sohada o‘ziga kerakligini anglashi zarur. Yoshlar imtihondan o‘tish uchun emas, bilimli mutaxassis bo‘lish uchun o‘qishi lozim” deb ta’kidladi davlat rahbari.Oxirgi besh-o‘n yilda matematika yo‘nalishi bo‘yicha universitetlarni bitirgan yoshlarni topib, xohishiga qarab qayta tayyorlab,maktablarga fan nomzodlarini esa oliy ta’lim muassasalariga ishga jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish