13-MAVZU. DINIY FANATIZM VA DINDORLIK
Reja
1. Diniy mutaassiblik (fanatizm), ekstremizm, aqidaparastlik (fundamentalizm), xalqaro
terrorizm tushunchalarining mazmuni va reaksion mohiyati.
2. Terrorizmning
tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy
bag‘rikenglikka tahdidi.
3. O‘zbekiston Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishning
huquqiy va tashkiliy asoslari.
Mutaassiblik (
fanatizm – fransuzcha-«ibodat») muayyan g‘oyalarning to‘g‘ri
ekaniga
qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilish, «o‘zgalar» va «o‘zgacha» qarash va g‘oyalarga
murosasiz munosabatda bo‘lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etish.
Ekstremizm
tushunchasi
muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy
ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat,
vaziyatni
hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga urinishdir. Qisqa va lo‘nda qilib
izohlaganda
ekstremizm
(
lotincha extremus – o‘ta) – ijtimoiy – siyosiy xarakterdagi
muammolarni hal etishda o‘ta keskin
chora- tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va
amaliyotdir.
Diniy ekstremizm esa bu har qanday dinning teskari uslubda namoyon etilishi, boshqa din
yoki mazhab vakillariga nisbatan murosasizlik, noto‘g‘ri talqin etilgan diniy aqidalardan siyosiy
qurol sifatida dunyoviy davlat va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qo‘llash, diniy nizo va qarama-
qarshiliklar keltirib chiqarish orqali davlat suvereniteti va hududiy
daxlsizligini buzish yoki
davlat hokimiyatini kuch bilan egallash yoxud mavjud tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishdir.
Bizningcha, diniy ekstremizm jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan diniy
adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash yoki tarqatish yoxud tarqatish maqsadida
saqlash, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish
yoki tarqatish, kontrabanda, diniy ekstremistik, fundamentalistik ruhdagi g‘ayriqonuniy nodavlat
notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar tashkil etish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish
yoxud ular faoliyatida qatnashishga undash, diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish, diniy
adovat qo‘zg‘atish, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish bilan ifodalanuvchi ijtimoiy xavfli
qilmishlardir.
Diniy aqidaparastlik esa dindagi
muayyan aqida yoki qoidalarni, o‘rinli yoki
o‘rinsizligidan qat’i nazar, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va mutlaqlashtirishga intilishdir. Aqidaparastlik
barcha dinlarda turli mazhab va yo‘nalishlar orasida keskinlik, nizo va to‘qnashuvlar keltirib
chiqarishga sababchi bo‘lgan. Aqidaparast guruhlar
haqiqatni tushuntirish, ishontirish kabi
usullar orqali targ‘ib etishni tan olmaydi. Ular o‘z g‘oyalari bid’atli, g‘ayriinsoniy bo‘lishiga
qaramasdan, o‘ta johil va boshqalarga nibatan murosasiz munosabatda bo‘ladilar. O‘zini shak-
shubhasiz haq deb bilish,
haqiqatni faqat men bilaman, degan qarashga asoslangan manmanlik
esa zo‘ravonlikni yuzaga keltiradi. YA’ni, aqidaparastlik ekstremizmning paydo bo‘lishiga
zamin yaratadi. Ekstremizm turli ko‘rinishlarda bo‘lib, terrorchilikni ham hamz ichiga oladi.
Ekstremistlar qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, o‘z davlatini barpo qilishga intiladi. Bu maqsadga
ular o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish va zo‘ravonlik orqali
erishishni ko‘zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: