“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


-modda. YUridik shaxs tomonidan ekstremistik



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

10-modda. YUridik shaxs tomonidan ekstremistik
faoliyat amalga oshirilishiga 
yo‘l qo‘ymaslik
to‘g‘risidagi taqdimnoma
YUridik shaxs tomonidan uning faoliyatida ekstremizm belgilari mavjudligi to‘g‘risida 
dalolat beruvchi qonun buzilishi sodir etilgan taqdirda, prokuror yoki ekstremizmga qarshi 
kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining boshqa mansabdor shaxsi 
mazkur yuridik shaxsning mansabdor shaxsiga ko‘rsatib o‘tilgan qonunbuzarliklarga 
yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi va ularni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. 
Agar ushbu qonunbuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, shuningdek taqdimnoma 
kiritilgan kundan e’tiboran bir yil ichida ekstremizm belgilari mavjudligi haqida dalolat beruvchi 
yangi faktlar aniqlansa, prokurorning yoki ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni 
amalga oshiruvchi davlat organi boshqa mansabdor shaxsining taqdimnomasiga asosan yuridik 
shaxsning faoliyati olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turiladi yoki O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudining qarori bilan taqiqlanadi. 
Ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida o‘ziga taqdimnoma 
kiritilgan shaxs undan norozi bo‘lgan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 
faoliyatni amalga oshiruvchi yuqori turuvchi davlat organiga, uning mansabdor shaxsiga yoki 
sudga ushbu taqdimnoma ustidan shikoyat qilishga haqli. 
11-modda. Ekstremistik materiallarni
olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish
va namoyish etishni taqiqlash
O‘zbekiston 
Respublikasining hududiga 
ekstremistik 
materiallarni, 
ekstremistik 
tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va 
namoyish etish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiya 
tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish va namoyish etish 
taqiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, 
tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, shuningdek ommaviy axborot vositalarida yoki 
telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida 


tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan materiallar qonunhujjatlarida belgilangan tartibda 
ekstremistik materiallar deb topiladi. 
Ekstremistik materiallar, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilari 
belgilangan tartibda yo‘q qilinishi yoki olib tashlanishi kerak. Ommaviy axborot vositalarida 
yoxud telekommunikatsiyalar tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida 
joylashtirilgan ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy 
belgilarini yo‘q qilish yoki olib tashlash imkoni bo‘lmaganda ulardan foydalanish cheklanadi. 
Ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining 
ekstremistik materiallarni yo‘q qilish, olib tashlash yoki ulardan foydalanishni cheklash 
to‘g‘risidagi talabining telekommunikatsiya tarmoqlariga va Internet jahon axborot tarmog‘iga 
kirish bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi shaxs tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish