«ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi


-Mavzu: Mutaxassislik fanlarini o‘qitish bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi



Download 0,58 Mb.
bet34/75
Sana20.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#393793
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
МФУМ умк янги

5-Mavzu: Mutaxassislik fanlarini o‘qitish bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi

Reja:

1. O’quv muassasidan tashqari ishlarni tashkil etish.

2. Ta’lim texnologiyalari tizimi.

3. Metodik ishlarni tashkil etish.
Mavzuga oid tayanch so‘zlar: uslubiy ishlar, uslubiy faoliyat, yakka tartibdagi uslubiy ishlar, jamoaviy tartibdagi uslubiy ishlar, ilmiy kengash, uslubiy komissiya.
O’quv muassasalarida ilmiy-uslubiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun ayni vaqtda ham yaxshi pedagogik, mutaxassis bo‘lishi kerak. U mustaqil ravishda bilim olish va malaka oshirish kurslari orqali ilmiy-uslubiy ishlarning mazmuni hamda ularni tashkil etishga oid masalalar.

O’quv muassasalarida tashkil etiladigan ilmiy-uslubiy ishlarning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:



  • O’quv muassasasi pedagog va texnik xodimlarining ilmiy-g‘oyaviy saviyasini, pedagogik mahoratini oshirish;

  • talabalarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash mazmuni, shakl, metod va vositalarini takomillashtirish;

  • ta’lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarining birligi, umumilmiy, umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikning uzviyligini ta’minlash;

  • ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini, fan va texnika yutuqlarini o‘rganish, umumlashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishdan iborat.

Ilmiy-uslubiy ishlarda ishtirok etish o’quv muassasalaridagi barcha rahbarlar, o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglar uchun majburiy bo‘lib, ularning pedagogik faoliyatini ajralmas qismi hisoblanadi.

O’quv muassasalarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmuni, tashkiliy shakllari va ularga rahbarlik qilishga o‘rta maxsus, ta’lim jarayonitizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqadigan quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:



  1. G‘oyaviy yo‘nalganlik;

  2. Ilmiylik;

  3. Aniq bir maqsadga qaratilganlik va tizimlilik;

  4. Ijodiy yo‘nalganlik;

  5. Ta’sirchanlik va jozibadorlik.

O’quv muassasalarida metodik ishlarning mazmuni, yo‘nalishi, tuzilmasi kabilar metodik ish haqidagi Nizom bilan belgilanadi. Shu nizomga muvofiq jamoaviy va individual uslubiy ishlar olib boriladi.

Quyidagilar jamoaviy uslubiy ish shakllari sirasiga kiradi:


  • pedagogik kengash;

  • uslubiy komissiyalar;

  • ilg‘or tajriba maktabi, muammoli seminarlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalar, pedagogik o‘qish va turli uslubiy kengashlar.

Individual uslubiy ish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • Ta’lim jarayonidarahbarlari, o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglar va boshqa muxandis-texnik xodimlarning o‘z g‘oyaviy-siyosiy darajasi, pedagogik malakasi va kasbiy mahoratini oshirish yuzasidan olib boriladigan mustaqil uslubiy ishlari;

  • kollej rahbari (direktor), uning o‘rinbosarlari, katta usta, o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglar va boshqa muhandis-texnik xodimlar bilan olib boradigan individual uslubiy ishlari.

Uslubiy ishlar shakli va mazmuni bo‘yicha ham pedagogik xodimlarning turli guruhlarini qamrab olish bo‘yicha ham muvofiqlashtirilgan taqdirdagina yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Kasb-hunar kollejida uslubiy ishlarni umumiy mavzu asosida tashkil etish tajribasi bunday muvofiqlashtirish usullaridan biridir. Uslubiy ishni bunday tashkil etishning mohiyati shundan iboratki, O’quv muassasasima’lum bir vaqtga mo‘ljallangan umumiy mavzuni tatqiq etadi. Buning natijasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishning dolzarb muammolarini hal etishga muayyan hissa qo‘shadi, turli toifadagi pedagogik xodimlarning tayyorgarlik darajasi hisobga olingan holda, ularning pedagogik mahoratini oshirish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.

Ushbu mavzu o’quv muassasi ishining muayyan bosqichida uning uchun dolzarb bo‘lishi: kasbiy ta’limga oid avvalgi tajribalarga bog‘liq va ularning uzviy davomi bo‘lishi; ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasiga yangilik kiritilishi; daliliy materiallar bilan boyitishi, umuman ta’lim-tarbiya jarayonini sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilish kerak. Bunday mavzularga quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin:



  • Talabalarda dialektik dunyoqarashni tarkib toptirish;

  • tahsil oluvchilarning o‘quv-bilish faolligi va mustaqilligini tarkib toptirish;

  • ta’lim-tarbiya jarayonini maqbullashtirish;

  • ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning birligini ta’minlash;

  • predmetlararo aloqadorlikni ta’minlash;

  • ta’lim va tarbiya jarayonini individuallashtirish;

  • tahsil oluvchilarda mehnatga va jamoat mulkiga ongli munosabatni tarkib toptirish;

  • fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish talablari asosida kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish;

  • fanlar va kasblarning majmuaviy uslubiy ta’minlanishi;

  • darsning samaradorligini oshirish yo‘llari;

  • yangi pedagogik texnologiyalarini joriy etish;

  • ta’lim-tarbiya jarayonini faollashtirish.

Uslubiy ish o’quv muassasi istiqbol va joriy ish rejalarida mustaqil bo‘lim sifatida rejalashtirilishi kerak. Mustaqil ishlarning tashkil etilishi va samaradorligini tekshirish masalalari kasb-hunar kollejlarining ichki nazorat rejalarida o‘z aksini topadi. Uslubiy ishlarni rejalashtirishda quyidagi talablarga asoslanish maqsadga muvofiqdir.

  • kelajakdagi rivojlanishni ko‘zda tutish (bajarish muddatlari va vazifalari bo‘yicha);

  • rejalarni ta’lim-tarbiya va uslubiy ishning ahvoli va natijalarini har tomonlama chuqur o‘rganish hamda tahlil qilish asosida ishlab chiqish;

  • rejalarning ijodiy xarakteri, ya’ni ularni bajarishda ishtirok etuvchi xodimlarning tashabbusi va ijodkorligini namoyish etilishiga zarur imkoniyat yaratish;

  • uslubiy ishlarning jamoaviy va individual shakllarini uyg‘un qo‘shib olib borish;

  • tezkor tekshirish mumkinligi (yozuvlar va bajarish muddatlarining aniqligi ijrochilarning ko‘rsatilishi).

o‘qituvchilar va muhandis-pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishda ularning mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;



  • ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, o‘zi o‘qitadigan o‘quv predmetining o‘qitish vositalari bilan majmuaviy ta’minlash;

  • ilg‘or tajribalar, zamonaviy texnologiyalar, vositalarni o‘rganish hamda amalga joriy qilishda o‘qituvchilarga yaqindan ko‘mak berish;

  • uslubiy ishlarning borishi va natijalari haqida pedagogik kengashga hisobot berish kabilar.

O’quv muassasalarida uslubiy ishlar odatda yakka tartibda va jamoaviy shakllarda tashkil etilib, quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • Ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish maqsadida targ‘ib qilish;

  • pedagog va muhandis-pedagog xodimlarga uslubiy yordam ko‘rsatish;

  • axborot resurslari markazi imkoniyatlaridjan samarali foydalanish;

  • pedagoglar va muhandis-pedagoglarga o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlariga shart-sharoit yaratish;

  • ochiq dars tashkil etib o‘tkazuvchi o‘qituvchilarga ko‘mak berish;

  • pedagogik jamoani yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishtirib borish;

  • fan yutuqlarini amaliy tajriba-sinovidan o‘tkazish;

  • talabalarni olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlar va turli tadbirlarga tayyorlashga ko‘maklashish kabilardan iborat.

O’quv muassasalarida tashkil etilib, o‘tkaziladigan uslubiy ishlarga quyidagi talablar qo‘yiladi.


  1. Download 0,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish