4-Mavzu: Mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi va o‘quv ustasining o‘quvchilar o‘quv mehnati faoliyatida tutgan o‘rni
Reja:
1. O’quv ustasi shaxsiga qo’yiladigan talablar.
2. O’quv ustasi vazifalari, huquq va burchlari.
3. Ta’lim oluvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash.
Mavzuga oid tayanch so‘zlar: kasb ta’limi o‘qituvchisi, o‘quv ustasi, faoliyat, komponent, tarbiya, uslub, bilim, ko‘nikma, malaka.
Bo‘lajak o‘qituvchilarining pedagogik faoliyati deganda ularning kasb – hunar kollejlarida mehnat qilishidagi pedagogik faoliyati tushuniladi. Pedagogik faoliyat integrativ tusda bo‘lib, u ikki komponentni o‘z ichiga oladi: pedagogik injener-texnik va ishlab - chiqarish texnologik faoliyatni. Bu faoliyatni maqsadi – shaxsni yuqori malakali kasbiy foliyatga tayyorlash (kasbga o‘rgatish va kichik mutaxassis shaxsini shakllantirish)dan iborat. Bu yerda o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati «Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» kursini o‘rganishda ko‘riladi.
Buni amalga oshirish uchun aniq pedagogik faoliyati xizmat qiladi. O‘qituvchining ish faoliyatidagi predmeti o‘quvchi (talaba) shaxsini kasbiy sifatlarini shakllantirish, takomillashtirishdir.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatiga qo‘yilgan talablar bakalavr tayyorlashning DTSda beriladi. Lekin bakalavrning hamma xususiyatlari uning professiogrammasida to‘liq aks etadi. Professiogramma kasbiy faoliyatning shart – sharoitlarining va mazmunining umumlashtirilgan tavsifi, hamda uning shaxsiga qo‘yilgan talablarni aks ettiruvchi hujjatdir.
Injener - pedagogni kasbiy tayyorlashni takomillashtirish maqsadida pedagogik faoliyati bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish uchun bashorat qilish (prognostik) va metodik turdagi professiogrammalashtirish quyidagi savollarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Faoliyat mazmuni.
Shaxsga kasb bo‘yicha faoliyatni psixologik va psixofiziologik
sifatlariga qo‘yiladigan talablar tavsifi.
Bu ishda metodik turda professiogrammalashtirish masalalari to‘liq yoritilgan. Shu bilan birga mustaqil Respublikamizda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da qo‘yilgan vazifalarni hisobga olgan holda keyingi yillarda pedagogni metodik tayyorlash professiogrammasining tarkibiy qismlari ishlab chiqildi va u amalga oshirildi. Professiogramma o‘qituvchini kasbiy faoliyatini aniqlash va uni amalga oshirishda yordam beradi
Faoliyat turlari maqsad va ob’ektdan tashqari kasbiy - pedagogik vazifalar turkumi bilan tavsiflanadi. Pedagogik vazifalarni ketma-ketlikda yechilishi quyidagicha:
Pedagogik vaziyatni tahlil qilish, tashxislash, natijalarini loyihalash va uning ta’sirchanligini rejalashtirish;
O‘quv - tarbiyaviy jarayonni konstruksiyalash va amalga oshirish;
Pedagogik jarayonga o‘zgartirishlar kiritish;
Yakuniy hisobot olingan natijalarni baholash va yangi pedagogik vazifalarni aniqlash.
Bularning hammasi «Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi» fanini o‘rganishda ham qo‘llaniladi, lekin albatta bu fanning xususiyatlari hisobga olinadi.
Bu xususiyatlar quyidagilar: mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi faniga texnikaga oid fanlar, ishlab chiqarish ta’limi kiradi; oldin dars o‘tishning umumiy metodikasi o‘qitiladi, keyin talabalarning malakasini shakllantirish uchun laboratoriya amaliy mashg‘ulotlar o‘tiladi. Bu vazifalar pedagogik faoliyatni umumlashgan ikkinchi darajasini hosil qilib, kasbiy metodik malaka tarkibini aniqlash uchun asos bo‘ladi. O‘qituvchini pedagogik faoliyat tarkibi rasmda keltirilgan.
Bu komponentlar pedagogik kasbiy funksiyalarini ajratish uchun asos bo‘ladi:
motivatsiya;
maqsadlar bo‘yicha ta’lim berish, tarbiyaviy rivojlantirish;
texnikaviy, ishlab chiqarish, texnologik va tashkillik.
Ularning mazmuni esa quyidagicha:
Ta’limiy funksiya - pedagogni ish faoliyatida eng asosiy funksiyalardan hisoblanadi.
Uning ijtimoiy ma’nosi – ta’lim oluvchilarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini shakllantirishdir.
O‘qituvchisini faoliyati asosan mutaxassislikni amaliy egallash uchun nazariy asosini tashkil etuvchi texnika texnologiya bilim va malakalarni shakllantirishga qaratiladi.
Maxsus fan o‘qituvchisi va ishlab chiqarish ta’limi ustasining
faoliyati bir maqsadga, ya’ni o‘qituvchilarning bir butun kasbiy
faoliyatining shakillantirishga hamda malakali kichik mutaxassis
tayyorlashga qaratilishi lozim.
Tarbiyaviy funksiya - o‘quvchilarni kasbiy tarbiyalashni qamrab oladi, o‘qituvchilarni tarbiyaviy ish olib borishdagi, eng asosiysi, bu o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishini shakillantirishni: kasbiy mehnatdagi ehtiyoji, ijobiy mustahkam mehnat motivlari, kasbiy faoliyatga ishtiyoqi va qiziqishi.
Rivojlantiruvchi funksiya – o‘qituvchi shaxsining psixik rivojlanishini ko‘zda tutadi: ularni kirish motorli, aqliy, hayajonli - irodaviy tomonlari bu funksiyani ahamiyati ikki faktor bilan asoslanadi. Birinchisi - o‘quvchilarning xotira va texnik tafakkurini rivojlantirish. Ikkinchisi o‘quvchi shaxsining nisbiy muhim xususiyati va sifatlarini shakllantirish.
Rivojlantirish kasbiy faoliyatni samarali o‘zlashtirishning garovidir. Shu bilan birga keyingi pedagogik faoliyat funksiyalariga quyidagilar kiradi: metodik, ishlab chiqarish - texnikaviy, tashkiliy, tashxisli.
Metodik funksiya - o‘quv - tarbiyaviy jarayonni tayyorlashga, tahlil qilish va ta’minlashga qaratilgan.Kasbiy ta’lim beruvchi o‘qituvchilar ilmiy - texnikaviy axborotlarni ajratib olishi, metodik qayta ishlashi, uni o‘quv materialiga aylantirishi, uni rejalashtirishi, o‘qitishning samarali shakli, metod va vositalarini tanlashi kerak. Ko‘pchilik O’quv muassasasio‘qituvchilari o‘z fani bo‘yicha o‘quv jarayonini loyihalashtiruvchi deb hisoblanadi. Bu funksiya o‘quv - tarbiya jarayoniga shakl, metod va vositalarni samarali pedagogik ta’sirini anglashni taqozo etadi. Metodik funksiya o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatini muntazam takomillashtirishga intilishini vujudga keltiradi, uni bajarishda yangi tartibdagi usulni hosil bo‘lishga undaydi reproduktiv faoliyatdan, ijodiyga, pedagogik mahoratga o‘tishga imkon beradi.
Ishlab chiqarish-texnikaviy funksiya. Bu funksiya o‘zida nimani namoyon etadi? O‘qituvchi faoliyatini quyidagilar tashkil etadi: o‘quv-namoyish jihozini sozlash, hisob-analitik ishlarni bajarish, ratsionalizatorlik, ishchi uslub va operatsiyalarni namoyish etish nazariy ta’lim berishda; mashinalarni sozlash, nuqsonlarni bartaraf etish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash (laboratoriya, amaliy mashg‘ulotda). Bu funksiya o‘qituvchi va ustaning kompleks mehnat turidir, ya’ni injener, malakali mutaxassis va uslubiyotchi mehnatini birlashtiradi. U o‘qituvchining quyidagi faoliyatlarida namoyon bo‘ladi: darsni tayyorlash va rejalashtirishda, o‘quv xonalarni jihozlash, ilmiy- texnikaviy axborotlar bilan tanishish, texnik ijodiyotga rahbarlik qilish, texnika sohasidagi yutuqlarni targ‘ibot etish.
Tashkiliy funksiya – tarbiyaviy o‘quv jarayonini amalga oshirishda quyidagi hollarda namoyon bo‘ladi: dars o‘tishda, o‘quvchilarni bilish faoliyatini tashkil etish, darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar guruhini boshqarish, o‘quvchilar mehnatini va xordiq chiqarishini tashkil etish, o‘quvchilarni ilmiy texnik ijodiyotiga rahbarlik qilish.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi eng muhim funksiyalaridan biri - tashxisdir.
O‘quvchini bilish metodikasini egallash o‘qituvchini kasbiy mahorati asosini tashkil etadi. O‘qituvchi tomonidan bu funksiyani yuqori metodik darajada egallanishi o‘quvchilarni xususiyat va sifat ko‘rsatgichlarini to‘liq o‘rganishga imkon beradi.
Tarkibiy - funksional tahlil metodikasidan foydalanib ishlab chiqilgan harakatlar tizimi bu talablarga javob beradi. Pedagogik faoliyat funksial ahamiyatga ega bo‘lgan aniq elementlar tarkibini yig‘indisi deb qaraladi. Funksiya elementlaridan bittasini bir - biriga nisbatan, hamda bir butun tizimda munosabatini ahamiyati sifatida qaraladi.
Talabalar bilimga ega bo‘lib, harakatlar majmuini tanlab funksiyalarni amalga oshirsa didaktik faoliyatni egallagan bo‘ladi.
Shu bilan birga pedagogik amaliyotni loyihalash va uni samarali amalga oshirish uchun o‘qituvchi kasb - hunar kollejida o‘tiladigan mashg‘ulotlar turini yaxshi o‘zlashtirib olgan bo‘lishi kerak (10 - rasm).
Bularninghammasi o‘qituvchiga pedagogik faoliyatni talab darajasida amalga oshirishga yordam beradi.
“Usta-talaba” tizimidagi o‘zaro munosabatlar muhim pedagogik shartlardan biri bo‘lib, bo‘lajak kichik mutaxassislarni tarbiyalashning asosi hisoblanadi. Ishlab chiqarish ta’limi ustasining tarbiyaviy ishlar sohasidagi bilim va mahorat darajasi faqat ularning pedagogika, psixologiya, ishlab chiqarish ta’limi uslubi bo‘yicha savollarga bergan javobi bo‘yicha baholanadi. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda ishlab chiqarish ta’limi ustasi faoliyatida tarbiyaviy yo‘nalish inobatga olinmagan va o‘quv rejasida ham bunday fan yo‘q.
Nazariy jihatdan u yoki bu faoliyat tayyorgarligini baholash quyidagi komponentlar asosida amalga oshiriladi. Bular motivatsiyali, yo‘naltiruvchi ijtimoiy-psixologik va jarayonli komponentlardan iborat.
Ishlab chiqarish ta’limi ustasining motivatsiyali komponenti tarbiyaviy ishga ijobiy munosabatni, tarkib toptirish, rivojlantirish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. “Tarbiyaviy ishda motivatsiya” deganda tarbiyaviy faoliyat mazmunini, yo‘naltirilganligi va tavsifini aniqlovchi motivatsiyalar, to‘plami tushuniladi.
Tarbiyaviy faoliyatning tashqi motivatsiyalari mavjud bo‘lib, ularga ta’lim muassasasidagi ishning ustuvorligi, pedagog sifatida shaxsiy va kasbiy o‘sish imkoniyati, tarbiyaviy motivatsiyalarga ishlab chiqarish ta’limi ustasi faoliyatining jarayoni va natijasini kiritish mumkin. Shuningdek, motivatsiya sifatida va boshqaruv motivatsiya ham mavjud bo‘lib, bular ishlab chiqarish ta’limi ustasi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikdagi harakatida yuzaga chiqadi.
Ustaning yetakchi tarbiyaviy motivatsiyasi bo‘lib, talaba shaxsining bo‘lajak malakali kichik mutaxassis sifatida shakllanishiga g‘amxo‘rlik qilish hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishga tayyorgarlikning yo‘naltiruvchi komponenti ishlab chiqarish ta’limi ustasining kasb faoliyati xususiyatlari va sharoitlari to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarini o‘z ichiga oladi va qiziqish, yondoshuvchanlik, dunyoqarash, ishonch hosil qilish, ko‘zlangan maqsad orqali kasbiy yo‘naltirilganligini ifodalaydi.
Qiziqishi asosan yo‘naltirilganlikning birinchi shakli hisoblanib, o‘rta maktabda shakllanishni boshlaydi. Tarbiyaviy ishga qiziqish bir qancha talablarga ega bo‘lib, insonlarning o‘zaro ta’siri bilan bog‘liqdir. Qiziqish shuningdek tarbiya sohasidagi ma’lum bilimlarga bo‘lgan talabni ham ifodalaydi. Maktabda olingan bilim tarbiyaviy ishga bo‘lgan qiziqishga asos bo‘lishi mumkin.
Qiziqish mehnat faoliyati sifatida talabalarni ma’lum yo‘nalishda harakatlanishlariga majbur qiladi.
Tarbiyaviy ishga bo‘lgan qiziqish “Bilimga chanqoqlik”ni keltirib chiqarsa, yondoshuvchanlik- “Faoliyatga chanqoqlik”ni yuzaga keltiradi. Yondashuvchanlikni bo‘lajak ishlab chiqarish ta’limi ustasining o‘qitish va tarbiyalash jarayonida doimo rivojlantirib borish zarur.
Ma’lumki, dunyoqarash dunyo haqidagi uning qonuniyatlari haqidagi, insonni o‘rab turgan mavjudotlar, tabiat va jamiyat haqidagi qarashlar va tasavvurlar tizimini bildiradi.
Tarbiyaviy faoliyatga nisbatan kasbiy dunyoqarash, qiziqish va yondoshuvchanlikdan farqli ravishda tarbiyaviy ish haqida to‘liqroq integratsiyalangan tasavvurni beradi.
Kasbiy dunyoqarash, fikrlash va iroda bilan birga asta-sekin shakllanib va rivojlanib boradi. Tarbiyaviy ishda kasbiy dunyoqarashni shakllantirish-ishlab chiqarish ta’limi ustasini tayyorlashdagi bosh vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy-psixologik komponent – ishlab chiqarish ta’limi ustasining talabalar bilan muomala va o‘zaro hamkorlik qilishdagi adekvat faoliyatini ta’minlaydi.
Jarayonli komponent ishlab chiqarish ta’limi ustasining tarbiyaviy uslub va usullarini egallashida, ularni bajarish uchun bo‘lgan bilim, ko‘nikma va mahoratni sintez qilishda ifodalanadi.
Tarbiyaviy faoliyat – darsdan tashqari ishlarni, ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlaridagi tarbiyaviy yondashuvlari, talabalar bilan faol ishlashni, guruhiy ishlarni shakllantirishni, psixologo-pedagogik tashxis o‘tkazishni, talabalardan shaxs sifatida shakllanishini, ota-onalar bilan ishlashni o‘z ichiga olishi mumkin.
Demak, ishlab chiqarish ta’limi ustasi pedagog kabi bo‘lib, uning vazifasi bo‘lajak mutaxassisni shaxsini tarbiyalash va shakllantirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |