Ilmiy-amaliy keonferensiyalar – ilmiy ish natijalari, ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini ommaviy muhokama etib, ularni amalga joriy etishga oid qarorlar qabul qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Shu o‘rinda konferensiyalar aniq mavzular, muammolar, yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilib, o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligini ta’kidlash zarur.
Pedagogik o‘qishlar – ayni zamonda dolzarb bo‘lgan muammolarni ommaviy tarzda muhokama qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Pedagogik o‘qishlarda eng dolzarb va maqbul yechim berilgan deb tan olingan ma’ruzalar viloyat, respublika pedagogik o‘qishlarga tavsiya qilinadi. Respublika miqyosida tan olingan ma’ruzalar esa ilg‘or tajribalar sifatida umumlashtirilib, amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |