Ijodiy tajriba-sinov laboratoriyalari-kafedralar qoshida tashkil etiladi. Ularning asosiy vazifasi dolzarb va istiqbolli muammolarni ijodiy hal etishdan iborat. Ijodiy tajriba-sinov laboratoriyalarida har bir o‘qituvchi o‘z ijodiy ishlarini amalda ko‘rsatib berish imkoniga ega bo‘ladi va pedagogik jamoaning ijodiy faolligini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, o’quv muassasalarida an’anaviy va noan’anaviy uslubiy ishlardan uyg‘un holda foydalanish, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish, ta’limni jadallashtirish, samarali ta’lim texnologiyalarini amaliyotga keng ko‘lamda tatbiq etish kabilarga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |