«ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi


Magistrlik dissertatsiyasi



Download 0,58 Mb.
bet46/75
Sana20.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#393793
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
МФУМ умк янги

Magistrlik dissertatsiyasi magistraturada ta’lim olayotgan talabaning o‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.

Magistrlik dissertatsiyasining vazifasi olib borilgan tadqiqot mavzusi bo‘yicha olingan umumiy axborotni mustahkamlashni, manbalardan to‘plangan ilmiy va amaliy dalillarni tizimli tarzda izchil tartibga solishni nazarda tutadi. Magistrlik dissertatsiya ishining ilmiy va amaliy ahamiyatini isbotlaydi va tasdiqlaydi.

Magistrlik dissertatsiya mavzusi magistrant tomonidan muayyan mutaxassislik bo‘yicha magistrlik dissertatsiya mavzular bankidan mustaqil tarzda tanlab olinadi. Bunda magistrant o‘z tajribasiga va mazkur soha muammolarini bilishiga, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyatiga asoslanishi lozim.

Mavzu tanlashda magistrning keyingi ilmiy tadqiqot ishlari olib borishini nazarda tutgan holda magistrlik dissertatsiya mavzusini doktorlik dissertatsiyasi yozishda ham dolzarb bo‘lishiga erishish lozim.

Magistrlik dissertatsiya ishi mavzusi ishlab chiqarish, ta’lim, iqtisodiyot, fan-texnika, ijtimoiy sohalarning dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi, muayyan bir vazifaning ilmiy asoslangan yechimini topishga, tavsiyalar ishlab chiqishga, statistik ma’lumotlar tahliliga qaratilgan bo‘lishi shart.

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini aniq ifodalash jarayonida ilmiy izlanish yo‘nalishi va metodlari, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob’ekti va predmeti hisobga olinishi lozim.

Magistrlik dissertatsiya ishi mavzulari va ilmiy rahbarlar kafedra taqdimnomasiga muvofiq fakultet tavsiyasi asosida birinchi o‘quv yilining ikkinchi semestri boshlanguncha rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Tasdiqlangan dissertatsiya ishi mavzulari talabalarga birinchi o‘quv yilining ikkinchi semestri (ikkinchi yarmi) boshlangandan keyin ikki hafta davomida taqdim etiladi.

Dissertatsiya ishi mavzulari taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda ilmiy rahbar bilan birgalikda talaba (magsitrant)ning o‘rnatilgan shakldagi “Shaxsiy ish rejasi” ishlab chiqiladi va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.

Magistrlik dissertatsiyasi (MD)ni tanlash tamoyillari:

1. Ta’lim mazmuni asosida (takomillashtirish; uzviyligini ta’minlash; uzluksizligini ta’minlash; integratsiyalash; differensiallash);

2. Metodlar asosida (muammoli; aqliy hujum; rolliy o‘yinlar; ishbilarmonlik o‘yinlari);

3. Texnik ob’ektlar asosida (bolalar kiyimi (yosh guruhlari bo‘yicha); o‘smirlar; ayollar kiyimi; erkaklar kiyimi);

4. Tarbiyalash asosida (aqliy; axloqiy; estetik; mehnat; iqtisodiy; huquqiy; ekologik; jismoniy);

5. Shaxsiy va individual sifatlarini rivojlantirish asosida (qiziqish; motivatsiya; qobiliyat; xotira; diqqat);

6. Ta’lim shakllari asosida (jamoaviy; guruhli; yakka; korxonada o‘qitish; ishchiga biriktirib o‘qitish; ekskursiya);

7. Ta’lim vositalari asosida (didaktik vositalar; kompyuter vositalari; virtual stendlar).

Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari banki oliy ta’lim muassasalari mutaxassislik kafedralari tomonidan mazkur yo‘nalishning rivojlanishi; fan, texnika va texnologiya iqtisod va madaniyatdagi zamonaviy yutuqlar; kadrlar buyurtmachisi talablari; ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilab berilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari; kafedraning fundamental hamda kasb-huna kollejlari uchun kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha olib borayotgan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi inobatga olingan holda yaratiladi.

Magistrlik dissertatsiyalari bankida mavzu; mavzuga qisqacha annotatsiya; mavzu bo‘yicha magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik qilishga tavsiya etilayotgan professor (dotsent)ning ismi, familiyasi hamda uning ilmiy izlanishlari yo‘nalishlari keltirilgan bo‘lishi lozim. Agarda tavsiya etilayotgan mavzuga ilmiy rahbarlikka bir nechta nomzod ko‘rsatilsa, magistr talaba nafaqat mavzuni, balki ilmiy rahbarni ham mustaqil tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Magistrlik dissertatsiyalari mavzular bankini yaratishda mutaxassislik kafedrasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, boshqa oliy ta’lim muassasalari professorlarini jalb etishlari mumkin.

MDlari bankiga O‘zR FA ilmiy-tekshirish institutlari, oliy ta’lim muassasalaridan tashqi taqriz olingandan so‘ng mutaxassislik kafedrasi tomonidan Institut Ilmiy Kengashida tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.

MDning bajarilishi asosan shu ixtisoslik bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga ega (yoki) ixtisoslik kafedra bo‘yicha professor ilmiy unvoniga (istisno tariqasida fan nomzodi ilmiy darajasi va dotsent ilmiy unvoniga) ega pedagog rahbarligida amalga oshiriladi. Maslahatchi sifatida akademiya va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarishdan yuqori malakali mutaxassislar taklif qilinishi mumkin.

MD mustaqil ilmiy-tadqiqot ish hisoblanadi, chunki uning asosini ilmiy yoki ilmiy texnikaviy masalalarning haqiqiy holatini modellashtirish hamda loyihalashni nazarda tutgan konkret maqsad va vazifalar aniqlaydi.

MD muallifi ilmiy tadqiqotni mustaqil olib borishi, ta’limiy muammolarni topishi va ularni hal qilishning umumiy metod va qoidalarini amalda qo‘llay bilishi, tahlil qila olishi, natijaning samaradorligini ko‘rsata bilishi kerak.

Dissertatsiyaning yozilishi, tayyorlanishi va ochiq himoya qilinishi magistrantning mutaxassisligi bo‘yicha tanlagan mavzusi negizida nechog‘lik mustaqil tadqiqot olib borish tajribasiga ega bo‘lganligini aniqlab beradi.

MDni bajarish jarayonida magistr turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlar, DTS, texnologik ko‘rsatma va me’yoriy hujjatlardan foydalanishni o‘rganishi, mustaqil ravishda hisob-kitob va loyihalash ishlarini bajara olishi va andozalar ishlab chiqa olishi, fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini nazarda tutib muammoni yechishning eng samarador usullarini, yangi asbob-uskuna va jihozlarni tanlashi hamda pedagogik jarayonni loyihalay olishi lozim.

Magistrning umumiy tavsifiga ko‘ra magistr har tomonlama bilimdon, fundamental ilmiy asosga ega, ilmiy ijod uslubiyoti, zamonaviy axborot texnologiyasi, ilmiy ma’lumotlar qabul qilish, ulardan foydalanish va saqlash usullarini biladigan, ilmiy-tadqiqot (ilmiy-texnik) va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyor bo‘lishi lozim.

MDni bajarishga tayyorgarlik jarayoni talabaga tanlangan mavzuning o‘rganilganlik darajasini baholashga yordam beruvchi adabiyotlar, monografiya va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar bilan tanishishdan boshlanadi.

Talaba o‘z ishida hujjatlarning ishonchliligini tekshirib ko‘rishi, uni tuzuvchilarda kimning qarashlari ifodalanganligi, qanday maqsadlarda va u yoki bu tadqiqotchilarning ushbu hujjatlari to‘g‘ri qo‘llanilganligini hisobga olishi lozim.

Manba va adabiyotlar o‘rganilib bo‘lgach esa, MDning to‘liq rejasini tuzishi va uni ilmiy rahbar bilan, zarur hollarda esa ilmiy maslahatchi bilan kelishishi lozim. Ushbu rejaga ish jarayonida aniqlik kiritish mumkin. Uning oxirgi varianti asosiy manba va adabiyotlar bilan ishlab bo‘lgach tuziladi va u ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlanib, muhim hujjatga aylanadi, unga kiritiladigan o‘zgarishlarni faqat rahbar roziligi bilan amalga oshirish mumkin.

Magistr magistrlik dissertatsiyasining kirish va boshqa bo‘limlari hamda xulosalarni tayyorlashi bilan uni ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchiga taqdim etadi. Ular ko‘rsatgan kamchilik va takliflarni MDni tayyorlash jadvalida ko‘rsatilgan muddatgacha qayta ishlab chiqadi.

MDni o‘z vaqtida va sifatli bajarish talabaning o‘z mustaqil ishini tashkil etish qobiliyatiga bevosita bog‘liq. MDni bajarishni talaba taqvim reja tuzishdan boshlaydi. Taqvim reja asosida boblar va paragraflar bajarilish ketma-ketligi va muddatlari ko‘rsatiladi.

Taqvim rejada talaba bajaradigan quyidagi ishlar aks ettirilishi lozim:



  • Mavzu bo‘yicha adabiyotlarni tanlash va tanishib chiqish;

  • MDning dastlabki rejasini tuzish;

  • Tanlab olingan adabiyotlarni chuqur o‘rganish va yig‘ilgan materiallarni qayta ishlash;

  • MDning oxirgi variantdagi rejasini tuzish;

  • MDning matnini yozish;

  • MDni rasmiylashtirib, dastlabki himoyaga olib chiqish.

MDni bajarish uch bosqichda amalga oshirish texnologiyasi bo‘yicha bajarilishi mumkin:

1. Tayyorlov bosqichi

- MD mavzusining dolzarbligini asoslash;

- MD muammosini, uning predmeti va ob’ektini shakllantirish;

- qaror taxminini oldinga surish;

- MD vazifalarini belgilash;

- ma’lumotlar manbalarini aniqlash;

- tadqiqot usullarini tanlash.

2. Bajarish bosqichi:

- tadqiqotni amalga oshirish;

- xulosalar;

- tadqiqot natijalarini aniqlash, ularni yanada rivojlantirish uchun yangi muammolarni belgilash.

3. Natija bosqichi:

- olingan natijalarni taqdim etish va muhokama qilish;

- MDga tashqi ekspert bahosi.
7-mavzu: Mutaxassis kadrlarda ma’naviy-kasbiy sifatlarni


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish