IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
186
kitobxonlar oldida paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarini ma‘lum darajada yengillashtirsa ajab
emas, degan umiddamiz
25
‖.
Yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, bugun mustaqillik havosidan erkin nafas olib ijod
qilayotgan mutarjimlar bir nechani tashkil etmoqda. Ular haqida so‘zlashda davom etamiz.
Navbatdagi tarjimon xalq ichida ―Shayx‖ nomi bilan mashhur bo‘lib borayotgan yetuk
olim Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdir. U 1952 yilda Andijon viloyati
Buloqboshi tumanida tug‘ilgan
26
. 1946-1971 yillarda Buxorodagi Mir Arab madrasasida
o‘qigan. Keyinroq 1971-1975 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom insitutida
tahsil olgan. ―Sovet Sharqi musulmonlari‖ jurnalida o‘zbek tili bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan.
1976 yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi tavsiyasi bilan Liviyadagi ―Islom
Da‘vati Oliy‖ universitetiga o‘qishga boradi
27
. 1980-1982 yillarda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston
musulmonlari diniy idorasining ―Xalqaro aloqalar‖ bo‘limida ishlaydi. Keyingi yetti yil
davomida Toshkent islom insitutida avvaliga rektor o‘rinbosari keyinchalik rektor lavozimida
faoliyat yuritadi. 1989 yildan boshlab O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi
muftisi etib tayinlanadi.
Olim islom ilmlari bo‘yicha bir qator kitoblar ta‘lif etib kelmoqda. Jumladan, ―Iymon‖,
―Tasavvuf haqida tasavvur‖, ―Ixtiloflar haqida‖, ―Din nasixatdir‖, ―Vasatiylik hayot yo‘li‖,
―Shoyadki taqvodor bo‘lsangiz‖, ―Tafsiri hilol‖, ―Aqoid‖, ―Usulul fiqh‖ kabilarni misol qilish
mumkin. Bundan tashqari, bir necha o‘n jildlik ―Hadis va hayot‖ (Muhammad (s.a.v.)ning
hadislari to‘plami sharhi) asarini ham alohida ta‘kidlash lozim.
28
Bu asarlar bugungi kunda rus,
tojik, qirg‘iz, qozoq, ozarbayjon, uyg‘ur kabi tillarga tarjima qilinmoqda
29
.
Olimning eng katta ishlaridan biri bu ―Tafsiri hilol‖ nomli ko‘p jildli asarni yaratishidir.
Mustaqillikning ilk yillaridadayoq xalqimizning iltimosiga va ―Islom Olami uyushmasi‖
rahbarlarining tavsiyalari bilan Qu‘roni karimni so‘nggi juzlarini tarjima qilib chop ettirdi.
Bugun hanafiy mazhabi bo‘yicha yetuk olimlar diyorimizda ko‘payib bormoqda. Ularga
ustozlik vazifasini ko‘p yillardan buyon bajarib kelayotgan olimlarimizdan biri ―Qur‘oni karim
ma‘nolarining tarjimasi‖ asarini yozib, xalqimizning duo va olqishlariga sazovor bo‘lib
kelayotgan, Shayx Abdulaziz Mansur Dadajon o‘g‘li haqida gapirish fursati keldi. U 1944-yil
14-aprelda Farg‘ona viloyatining Mindon qishlog‘ida tavallud topgan
30
. Yoshlikdan ilmga
chanqoq bo‘lib o‘sdi. O'n yillik o'rta ta'lim maktabini bitirgach, ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda viloyatning ko‘zga ko'ringan olimlari huzuriga qatnab islomiy fanlardan ta'lim olgan.
1975-1979 yillarda ―Imom Buxoriy nomidagi‖ Toshkent islom institutida tahsil oldi. Ilm
izlashda davom etgan talaba Sudan Arab Respublikasining ―Ummi Do‘rmon‖ islom
universitetida ikki yil o‘qib izlandi. Asosiy ish faoliyatini 1982- yilda Musulmonlar idorasining
fatvo va masjidlar bo‘limida boshlagan. Keyinchalik nashriyot direktori lavozimida ishlagan.
1997-1998 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada bo‘lim
25
Qur’oni karim. Tarjima va ilmiy-tarixiy izohlar muallifi M.Usmonov. I-kito–B. –T.: Fan nashriyoti, 2004. –B. 1.
26
Muxtorov A. Markaziy Osiyoda islom ilmi rivojida Toshkent islom insitutining o’rni. –T.:Fikr, 2010. –B. 38.
27
Muxtorov A. Markaziy Osiyoda islom ilmi rivojida Toshkent islom insitutining o’rni. –T.:Fikr, 2010. –B. 38.
28
Obidov R. O’rta osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. –T.: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa
birlashmasi, 2009. –B. 54.
29
Muxtorov A. Markaziy Osiyoda islom ilmi rivojida Toshkent islom insitutining o’rni. –T.:Fikr, 2010. –B. 39.
30
Obidov R. O’rta osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. –T.: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa
birlashmasi, 2009. –B. 56.
Do'stlaringiz bilan baham: |