IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
182
etilgan. Bundan tashqari Imom an-Navaviyning Payg‘ambar hadislariga bag‘ishlangan "Riyoz
us-solihiyn" nomli 4 jildli asarini, Imomi A‘zamning "Fiqh al-akbar", "Nur ul-basar", "Aqoid
islomiya", "Hizb al-A‘zam", at-Termiziy qalamiga mansub "Kitob ash-shamoil an-Nabaviya"
kabi kitoblarini o‘zbek tiliga o‘girdi.
Ko‘p yillar vatandan uzoqda ijod qilib yashagan bo‘lsada, u vatanini ko‘p qumsardi. U
1991 yil 23 iyunda 98 yoshda Madina shahrida vafot etdi. Toshkent shahrida uning qizi va
Yangiyo‘l tumanida bir o‘g‘li yashaydilar. Qolgan farzandlari Madina shahrida istiqomat
qiladilar
10
. O‘zbekcha tarjimalar haqida keyingi bo‘limda batafsil ma‘lumot berilgani uchun
olimning tafsirig to‘xtalmadik.
Bunday tahlikali davrda yurtimizdan yana bir yetuk olim yetishib chiqdi. Asli
Tataristonlik Muti‘ulloh Sunnatulloh o‘g‘li 1891 yilda tavallud topgan. Ko‘p yillar TASSR
Nurlat-Oktabr shahri, Zapadnaya ko‘chasida istiqomat qilgan. 1959 yildan boshlab umrining
oxirigacha Toshkentda yashab ijod qilgan
11
.
U Qur‘oni karimni ma‘naviy tarjima qilgan bo‘lib, Qur‘oni karim ma‘nolarini boshqa
tildagi tafsiri deyiladi. Uni o‘zi yozishicha, u o‘z tafsirini Qozon shahrining Oqsuv rayonida
1963–1967 yillarda yozgan. Uning haqiqatda ham mazkur tafsirni o‘zi yozganligi,
qo‘lyozmaning egasi ham o‘zi ekanligini tasdiqlovchi hujjat ham bo‘lib, ushbu hujjatni
Tatariston ASSR mutasaddilari yozma ravishda tasdiqlaydilar.
Muallif tafsirini nihoyasiga yetkazganidigan so‘ng, uni nashr qilishga so‘rab 1966 yil
dekabr oyida KPSS Markaziy komitetida bosh kotibi Brejnev nomiga ariza bilan murojat
qiladi va 1967 yil 24 yanvarda Bosh kotib bilan uchrashadi. Bosh kotib tavsiyasi bilan uni
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasiga boradi. U yerda asarga yuqori baho
berildi. Ammo bunday davrda din asoslarini o‘zbek-tatar tilida nashr etishga ijozat berilmas
edi. Muftiy tarjimonga xat yozib, tafsir eski adabiyotlardan foydalinib yozilganini bahona qilib
uni nashr etishdan bosh tortadi. SSSRning Yevropa qismi va Sibir musulmonlari idorasi ham
ko‘rib chiqib yuqoridagi xulosani beradilar. Keyinchalik Tatariston nashriyotlari ham arabcha
shirift yo‘qligini bahona qilib, asarni chop etishdan bosh tortadilar.
1971 yil 24 avgustda olim ikkinchi marta Brejnevga ariza bilan murojaat qiladi. U yerdan
SSSRning din ishlari vazirligiga, u yerdan esa, Toshkentga yuboriladi. Toshkentdagi
Respublika din ishlari bo‘yicha kengash tavsiyasi bilan Toshkent shahar Navoiy ko‘chasi 30
uyda joylashgan nashriyotga boradi. Olimni bu yerda ham vaqti zoe ketadi. Nashriyot rahbari
Moskovadan rasmiy xat talab qiladi. Muallif bir necha yil qimmatli vaqtini sarf qilib yozgan
asarini nashr qila olmay, 1986 yili Toshkentda vafot etadi
12
. Bunga mansabdor shaxslarni
bee‘tiborligidan emas, balki SSSR davltining johilona siyosati sabab bo‘lgan.
Tafsirni hajmi haqida Muti‘ulloh o‘z xatlarida uni 1460 sahifadan iboratligini ta‘kidlagan.
Ammo qo‘lyozmaning o‘zi esa, 1343 sahifani tashkil etadi. Bunga 514 sahifadan so‘ng, 642
sahifadan yozib ketilgani, oradagi raqamlar tashlab ketilganini sabab qilib keltirish mumkin.
Tafsir tatar tilida deyish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki, asarni o‘qigan kitobxon uni
10
Sayyid Mahmud ibn Sayyid Nazir at-Taroziy Oltinxon To’ra. Al-Qur’on al-karim ma’nolarining tarjimasi va sharhlar. –
T.: Fan, 2002 – –B.10.
11
Obidov R. O’rta Osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. –T.: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa
birlashmasi, 2009. –B. 34
12
Obidov R. O’rta osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. –T.: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa
birlashmasi, 2009. –B. 38.
Do'stlaringiz bilan baham: |